Alignment – O`bekt tarkibidagi matn o`rnini gorizontal yo`nalish bo`yicha o`zgartirish. Undagi ko`rsatrichlarning vazifasi quyidagicha:
Ko`rsatkich
Vazifasi
taLeftJsirtify
Matn ob`ektning chap qismida
taRightJsirtify
Matn ob`ektning o`ng qismida
taCenter
Matn ob`ektning o`rta qismida
Anchors – forma hajmi o`zgarishiga qarab ob`ektning turgan joyini o`zgartirish (ko`rsatkich True bo`lgandagina aktivlashadi). Undagi ko`rsatrichlarning vazifasi quyidagicha:
Ob`ektning turgan joyi formani chap qismi bo`yicha o`zgarmaydi
taRight
Ob`ektning turgan joyi formani o`ng qismi bo`yicha o`zgarmaydi
taButton
Ob`ektning turgan joyi formani ostki qismi bo`yicha o`zgarmaydi
AutoSize – Ob`ekt hajmini o`zgaruvchan yoki o`zgarmas holiga keltirish. Ko`rsatkich True bo`lganida ob`ekt hajmi o`zgaruvchan, aks holda o`zgamas bo`ladi.
Amliy qism Yuqoridagi amallar bajarilgach, dastur ishga yuklanidan so`ng formaning istalgan qismida sichqonchaning chap tugmasi bosilsa quyidagi oyna hosil bo`ladi:
Yuqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki, qandaydir xodisa ro`y berganida javob olish mumkin ekan. Ko`pchilik dasturchilar bu vaqtda qanday jarayon bo`layotganligini tushunmay dastur tuzadilar. Shuni aytish mumkinki, har-bir xodisa ro`y berganida operatsion sistema bu xodisani aniqlaydi va dasturga xodisaning turi xaqidagi xabarni uzatadi. Misol qilib forma sirtida sichqonchaning chap tugmasi bosilganida ro`y beradigan xodisani ko`rishmuz mumkin. Buning uchu xodisa sahifasidan OnMouseDown xodisasi tanlanadi va dasturga quyidagi o`zgartirish kiritiladi:
procedure TForm1.FormMouseDown(Sender: TObject; Button: TMouseButton;
Shift: TShiftState; X, Y: Integer);
begin Canvas.TextOut(X, Y, 'X='+IntToStr(X)+' Y='+IntToStr(Y));
end;
Dasturni ishga yuklab forma sirtida sichqonchaning chap tugmasi bosilsa quyidagiga o`xshash natijani ko`rish mumkin:
Ko`rinib turibdiki, xodisalar bilan ishlash unchalik murakkab emas ekan. Yana bir misol sifatida quyidagi dasturni ko`rishimiz mumkin (OnKeyDown (tugmacha bosilganida) xodisasi):