• Tizim dizayni “Axborot tizimi muammoni echish uchun qanday ish tutishi kerak?”-degan savolga javob beradi. Bu bosqichning natijasi - yangi yoki o'zgartirilgan tizimning batafsil dizayni
• Tizim dizayni “Axborot tizimi muammoni echish uchun qanday ish tutishi kerak?”-degan savolga javob beradi. Bu bosqichning natijasi - yangi yoki o'zgartirilgan tizimning batafsil dizayni
• kirish, chiqish, interfeys;
• uskunalar, dasturlar, ma'lumotlar bazasi, telekommunikatsiya, xodimlar va protseduralar;
• ushbu komponentlar orasidagi aloqa va munosabatlar batafsil ko'rsatiladi.
• Tizimning amaliy yaratilish bosqichida dasturchilar ishga tushib, tizimni dastur holatiga olib kelishadi. Bu bosqichda, ma'lumotlar bazasi amalda yaratiladi, dastur dasturlash tillarida yoziladi, ma'lumotlar bazasi to'ldiriladi va sinovdan o'tkaziladi. Bu bosqichning natijasi to'la funksional dasturdir.

• Yaratilgan axborot tizimi ishga tushgandan keyin vaqt o'tgan sari o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bu bosqichda oldingi bosqichdagi ko'zga tashlanmagan xatolar to'g'rilanib tizim istalgan darajaga keltiriladi.
“Sharshara” modelida har bosqich tugagandan keyin ko'zdan kechiriladi va tekshiriladi. Agar biron bir xato aniqlansa, keyingi bosqichga mutloq o'tilmaydi, balki oldingi bosqich ko'rib chiqiladi.
An'anaviy model boshqaruv uchun juda ham qulaydir. Chunki har bosqichdan keyin hamma qilingan ishlar qayta ko'riladi va hujjatlanadi. Har qaysi vaqtda yaratilish jarayoni qaysi darajaga yetganligi yaqqol aniqlanadi.