135
VII-BOB. XAVFSIZLIK VA ETIKA MUAMMOLARI
7.1. Mavzu: Axborot texnologiyalarida xavfsizlik, etika va jamiyat
Reja:
1.
Xavfsizlik, etik va ijtimoiy-madaniy muammolar.
2.
Biznes
professionallarining
etik
javobgarligi.
Kompyuter
jinoyatchiligi. Boshqa muammolar. Ijtimoiy qarorlar.
3.
Axborot
texnologiyani
boshqarish
xavfsizligi.
Xavfsizlikni
boshqarish vositalari.
Umumjahon
axborot
globallashuvi
jarayonlari
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va
boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini
ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga
Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.
Axborot
xavfsizligini
ta’minlash
bo‘yicha
Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat
qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar
uzatish,
telekommunikatsiya
tarmoqlari,
teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini
ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat
siyosatini yuritish;
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy
hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar
bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot
xavfsizligi
siyosatini
ishlab
chiqish
va
amalga
oshirishga
ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini
ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan
tartibda taqdim etish;
telekommunikatsiyalar
tarmoqlarining
operatorlari
va
provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter
va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun
136
buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini
tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy
segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar
to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni
muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda,
axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga
oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi
hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish
maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
O‘zbekiston
Respublikasi
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Mazkur Markazning asosiy
maqsadi etib, “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari,
resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i
milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot
xavfsizligini ta’minlash belgilangan.
Axborot
xavfsizligi
deb,
ma’lumotlarni
yo‘qotish
va
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun‘iy xossali tasodifiy
vaqasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning
himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial
(maxfiy) xabarlar vahujjat larni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat
bo‘lsa, hozirgipaytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami,
elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat
so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish
faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot
zaxiralarining
yaxlitliligi,
ishonchliligi,
foydalanish
osonligi
vamaxfiyligini
ta’minlovchi
qat’iy
reglamentlangan
dinamik
texnologik jarayonga aytiladi.
|