30
Savollar:
1.
CPU kesh xotirasi qanday vazifani bajaradi?
2.
Operativ xotiraning vazifasi?
3.
Monitorlar turlarini ayting.
4.
MiniATX onaplatasing o‘lchami qancha?
5.
Birinchi superkompyuterlar qachon yaratilgan?
2.2. Mavzu: Kompyuter dasturiy ta’minoti
Reja:
1.
Tizimli dasturiy ta’minot. Biznes dasturiy ilovalari.
2.
Dasturiy ta’minot majmuasi va integrallashgan paketlari.
3.
Web brauzerlar
va boshqalar
4.
Elektron pochta, tezkor xabar tizimlari va veb-bloglar.
Dasturiy ta’minot deganda – kompyuterning (hisoblash
tizimining) shu modelida bajarilishi mumkin bo‘lgan dasturlarni o‘z
ichiga olgan majmua dasturiy hujjat larini o‘z ichiga olgan majmua
(komplekt-yig‘ma) ni tushunamiz.
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish
bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa
dasturiy
interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro
bog‘lanish
apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
apparat interfeysi
dasturiy interfeys
apparat-dasturiy
Kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni
insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson
kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan
muloqotda
bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturing inson bilan o‘zaro muloqoti
foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Hisoblash mashinalarining turli modellari turli arxitekturaga,
ma’lumotlarni kodlashtirishning turli usullari turli komandalar tizimiga
egadir. Shuning uchun ham, bir kompyuter modeliga mo‘ljallangan
dastur, ko‘pincha boshqa kompyuter modelida bajarilmaydi. Shunday
qilib, aniq model yoki dastur jihatdan
mutanosib mashinalar oilasi
dasturiy ta’minoti haqida gapiriladi.
31
Dastur bilan birgalikda hujjatlar majmuasi ham xarid qilinadiki,
unda dastur vazifasi, imkoniyatlari, kompyuterning apparat vositalariga
bo‘lgan texnik talablar (zaruriy operativ tashqi xotira hajmi, maxsus
qurilma mavjudligi va h.k.) dasturni o‘rnatish
usullari va dasturni
boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari
dasturlarda, ularning bevosita bajarilish vaqtida ham murojaat qilish
mumkin bo‘lgan Help-yordam tizimi mavjud.
Barcha
dasturiy
vositalar
va
ularga
zarur
kattaliklar
(ma’lumotlar)ni software (dasturiy ta’minot),
apparat vositalar
yig‘indisini
hardware (apparat ta’minot) deb ham ataydilar. Ixtiyoriy
kompyuterda aniq apparat va dasturiy vositalar to‘plami va shu bilan
birga turli ma’lumotlar to‘plami mavjudki, ular kompyuter resurslarini
tashkil etadi. Demak kompyuter resurslari deb,
hamma apparat
vositalaridan hamda hamma dasturlari va uning operativ va tashqi
xotirasida joylashgan ma’lumotlarning yig‘indisiga aytiladi. O‘zaro
bog‘langan dasturlar guruhi,
bir-biriga yaqin, ma’lumotlarga ishlov
beruvchi, ularga zarur yordamchi ma’lumotlar bilan birgalikda
dasturlar paketi yoki dasturiy tizim deb ataladi.
Ommaviy tarzda
ko‘paytiriladigan dastur yoki dasturlar paketi dasturiy mahsulot deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: