Axborot tizimlari


“Barchamiz bir xaqiqatni anglab etishimiz lozim – O’zbekiston bugun



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

“Barchamiz bir xaqiqatni anglab etishimiz lozim – O’zbekiston bugun 
xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz 
toboro kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko’magida 
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jixozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida va 
boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin”
, deb ta’kidlagan edi 
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov. 
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ko’p 
jixatdan uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishni taqozo etadi. YAngicha 
fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo’jalik yurita oladigan malakali
chuqur bilimli mutahassislarni, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan keng foydalana 
oladigan kadrlarni tayyorlash davr talabi bo’lib qolmoqda. 
2005 yil 2 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot 
texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 
Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorni qabul qilishdan maqsad kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida belgilangan vazifalarni bajarish, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy 
sohalari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutahassislar 
tayyorlash, shuningdek, zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida 
mutahassislar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari uchun oliy ma’lumotli 
pedagog kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va ularning sifatini oshirish 
hisoblanadi.
Ko’rsatib o’tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligini 
o’sishida telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot-texnologiyalarining faol roli 
oshishini, odamlarning faoliyat va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng



zamonaviy turlari bilan jixozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga 
muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi imkonini beradi. 
Demak, iqtisodiy mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarni davr 
talabiga javob bera oladigan etuk mutahassis, komil inson bo’lib tarbiyalanishlarida, 
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat
hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda
hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-
extiyojlarini yanada to’liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda
hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishda «Axborot 
tizimlari» fanini o’qitish katta ahamiyatga egadir. 
Prezidentimiz I.A. Karimov “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi 
Qarorida ta’kidlaganlaridek: 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin