Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
 
 
 


20 
1.4. O’zbekistonda yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish kontseptsiyasi 
Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy 
iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
YAgona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda 
vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan 
kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, 
jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratishning 
asosiy shart-sharoitlari va zaruriyati shundan iboratki, mavjud vazirlik idoralar va 
moliyaviy sohalar ishonchli axborot bilan ta’minlanib iqtisodiy o’sishni ta’minlashi 
zarur. Bu o’z navbatida yagona keng ko’lamli to’lov balansi bazasini amalga 
oshirishni ta’minlab beradi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki O’zbekiston 
Respublikasi to’lov balansining tashkil qiluvchi axborot bazasini asosan quyidagi 
vazirlik, tashkilot va idoralar ta’minlab beradi. Buni O’zbekiston Respublikasi to’lov 
balansining axborot bazasi yaqqol ko’rsatib turibdi (1.1- rasm). 
Ko’rsatilgan manbalar axborot bazasini birlamchi axboroti hisoblanib, bunda 
Moliya vazirligi asosiy axborot etkazib beruvchilardan hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish 
kontseptsiyasi, bizning fikrimizcha, quyidagi vazirlik va idoralarda yagona iqtisodiy 
axborot tizimini yaratish asoslarini taqozo qiladi va bular qatoriga quyidagilar kiradi: 
- Iqtisodiyot vazirligi (IV); 
- Moliya vazirligi (MV); 
- Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilishi vazirligi (MAIHV); 
- Davlat soliq qo’mitasi (DSQ); 
- Davlat bojxona qo’mitasi (DBQ); 
- Davlat statistika qo’mitasi (DStQ); 
- Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (TIAA); 
- Markaziy bank (MB). 
Iqtisodiyot vazirligida yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish respublikada 
yagona axborotlashtirish milliy tizimini hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyot 
vazirligi 
yaqindagina 
tashkil 
topgan 
tashkilot 
bo’lib, 
makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qaytadan tashkil qilish natijasida vujudga 
keldi. 
Iqtisodiyot vazirligi respublikamizdagi barcha vazirliklardan, idoralardan 
axborotni qabul qilib, olingan axborotni tahlili asosida qarorlar qabul qilish uchun 
shart-sharoit yaratib bermoqda. 
Mamlakatdagi asosiy axborot bazasi tadqiq qilinib, tahlillar bu sohada bank 
sektori etakchi ekanligini ko’rsatmoqda (1.2-rasm). YAgona iqtisodiy axborot 
tizimini iqtisodiyot vazirligida yaratish, axborotni tezkor ravishda olib, bu sohada 
ishlovchilarni hisobotlar yig’ishdagi mashshaqqatli mehnatlariga amaliy yordam 
beradi.
2000 yildan boshlab O’zbekiston Moliya vazirligida global integrirlashgan 
axborot-analitik tizimi ishga tushib respublikamiz byudjetiga oid faoliyatni axborot 
bilan
 
ta’minlab, quyidagi ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 

respublika byudjeti (RB) xarajatlarini shakllantirish; 


21 

respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash; 

respublika byudjeti bo’yicha rejalashtirish va indeksatsiyani aniqlash; 
32%
12%
14%
23%
19%
МВ
ДБҚ
МАИҲВ, ТИАА, 
ТИВ, ДМҚ, ОТВ
МБ
ИВ ва ДСтҚ
1.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi to’lov balansi axborot bazasi tarkibi 
1.2-rasm. Iqtisodiyot vazirligi axborot bazasshsh tashkil qiluvchilar 

pul mablag’lari bilan moliyalashtirish; 

maqsadli moliyalashtirish sxemalari bo’yicha hisob olib borish; 

respublika byudjeti g’azna va haqiqiy xarajatlarini hisoblash; 

mahalliy byudjet tushumlarini hisoblash; 

respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash va bashorat qilish; 

byudjet tashkilotlari o’rtasida qisqa muddatli sudalar, 
subventsiyalar va o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish. 


22 
Global integrirlashgan axborot-analitik tizimi yordamida har kuni 
respublikamiz Moliya vazirligiga 214 ta tijorat banklaridan, valyuta birjasidan, 
Markaziy bankdan axborot uzatilib, Moliya vazirligidan esa bu tashkilotlarga qayta 
ishlangan axborot va ma’lumotlar yuboriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, 
republikamiz moliya tizimi yagona iqtisodiy axborot tizimini qurishga har tomonlama 
tayyor turibdi[17,18]. 
1997 yildan boshlab mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi yagona 
iqtisodiy axborot tizimi sohasidagi ishlarni boshlab yuborgan. Respublikamiz 
aholisini nafaqa bilan ta’minlashda ma’lumotlar bazasi shaklllantirilgan, nafaqalar 
hajmini hisoblash va ularni indeksatsiyasi to’lov hujjatlari shakllari bir me’yorga 
keltirilgan. 
Bu vazirlik tashkilotlarining axborot ta’minoti bo’yicha o’zaro aloqalari 
hozirgi kunda aloqa kommutatsiya kanallari orqali modemlar yordamida amalga 
oshirilmoqda. Vazirlikdagi mavjud kompyuter vositalarini yangilash, modernizatsiya 
qilish va ularning sonini ko’paytirish zarurdir, chunki yagona iqtisodiy axborot tizimi 
talablari shuni taqozo etadi. 
Davlat soliq qo’mitasida axborotni qayta ishlash uchun shu sohaning yagona 
kompyuter tizimi mavjud. Hozirgi kunda davlat soliq qo’mitasi tizimida 6000 tadan 
ortiq kompyuter va 300 tadan ortiq kompyuter serverlari iqtisodiy axborotni, yuridik 
va jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotni qayta ishlashda xizmat qilib kelmoqda. 
Bundan tashqari lokal axborot hisoblash tarmoqlari bu soha barcha bo’limlari 
faoliyatida ishlatilib, sputnik tizimi asosida ishlovchi telekommunikatsiya 
vositalaridan soliq axborotini o’zaro almashinuvida foydalanib kelinmoqda. 
Davlat soliq qo’mitasining joylardagi bo’linmalarida 25 ta maxsus yaratilgan 
dasturlar majmui va modullari axborotni saqlash qayta ishlash, uzatish va arxivlash 
jarayonlarini amalga oshirmoqda. 
SHunga qaramasdan bu sohada echimini kutayotgan masalalar, muammolar 
juda ko’p. Hozirgi paytda soliq axborotini qayta ishlash vazifasini bajaruvchi texnik 
vositalarning 50 foizdan ko’prog’i ma’naviy eskirganligi sababli yagona iqtisodiy 
axborot tizimi talablariga javob bera olmaydi. SHu sababli bu sohaga qo’shimcha 
zamonaviy kompyuterlarni jalb etish masalalari hozirgi kunning dolzarb 
muammolaridan biridir. Respublikamizdagi davlat soliq qo’mitasida ishlatilayotgan 
100 dan ortiq lokal hisoblash tarmoqlari eskirganligi sababli ularni yangilash 
zaruriyati tug’ilmoqda. 2004 yilda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan eksport-import 
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi axborot tizimi mavjud bo’lib, 
Markaziy bank, Moliya vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va tijorat banklari 
axborot resurslarini integratsiya faoliyatini mujassamlashtiradi. 
Hamkorlik 
bitimlari 
shartlari 
asosida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
foydalanuvchilar uchun zamonaviy web texnologiyalar asosida o’zining markaziy 
axborot resurslarga kirishni ta’minlay oladilar. O’tkazilgan tadqiqotlar natijalari 
shuni ko’rsatadiki, tashqi savdo yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish jarayoni 
quydagi ishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi: 

turli xildagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini elektron xabarlar 
bo’yicha o’zaro bog’liqligini ta’minlash; 


23 

vazirlik va idoralar axborot resurslari yordamida tashqi savdo ma’lumotlar 
bazasi bo’yicha yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish. 
Keyingi bosqichlarda esa, tizimni shakllantirish jismoniy shaxslar bilan 
ishlash, birja va barter bitimlarini rasmiylashtirish hisobotini amalga oshirish 
jarayonlari bilan bog’liq ravishda olib boriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo’mitasida hozirgi kunda 15 ta lokal hisoblash tizimlari va 203 ta alohida 
kompyuter tarmoqlari faoliyat yuritmoqda. Ular 3 pog’onali korporativ hisoblash 
tarmog’idan tashkil topib, tarmoqlar o’rtasida axborot ayirboshlash ichki elektron 
pochta yordamida bajariladi. 
Mazkur tarmoqda ham hisoblash uskunalarini yangilash zaruriyati mavjud 
bo’lib, bu tarmoq uchun bitta xodimga bitta kompyuter to’g’ri kelishi shart. 
Taxminlarga ko’ra har bir tuman bo’limiga yana 3 tadan kompyuter, 
Qoraqalpog’iston statistika boshqarmasiga va Toshkent viloyati, Toshkent shahri 
statistika tashkilotlariga 30 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o’rnatish zarurdir. 
SHundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi 
qoshida yagona iqtisodiy axborot tizimini joriy qilish uchun 120 dan ortiq 
zamonaviy kompyuterlar ajratish kerak bo’ladi. Statistika sohasida tumanlar bo’yicha 
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida kompyuterlarning kichik tarmoqlari va 
terminal majmualar yaratilishi darkor. 
Respublika axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishda Markaziy bank 
yagona 
iqtisodiy 
axborot 
tizimini 
yaratish 
zaruriyati 
eng 
dolzarb muammolardan bo’lib, bu sohadagi tijorat banklari ham eng 
yirik axborot etkazib beruvchilardan hisoblanadi. Ularning bank sektori axborot 
bazalaridagi ulushi 1.3-rasmda keltirilgan. 
Hozirgi paytda Markaziy bank tomonidan elektron to’lovlar tizimi to’laqonli 
ishlab turibdi. Bu tizim banklar o’rtasida axborotni yuqori darajada o’tkazish 
layoqatliligi, hujjatlarni tezkor qayta nshlash qobiliyati bilan dong taratgan. 
Respublikamizdagi barcha tijorat banklari Markaziy bankning axborot markazi 
bilan bank telekommunikatsion tarmog’i orqali ulangan. Markaziy bank tomonidan 
bank axborotini uzatish tarmog’i yaratilgan bo’lib

u raqamli va kommutatsiya 
paketlari tarmoqlari majmuasidan iborat. Ushbu telekommunikatsiya tarmog’i 
Toshkent shahrida 1996 yildan beri samarali faoliyat ko’rsatib kelyapti. Tarmoq 
yordamida tijorat banklarining barcha filiallaridan Markaziy bankning bosh 
axborotlashtirish markaziga 64 Kbit/sek tezlikda ma’lumotlar uzatilib, tizim raqamli 
optik tolali va radioreleli aloqa tarmoqlari yordamida faoliyat yuritadi. Ushbu tarmoq 
Markaziy bank va Jahon tiklanish va taraqqiyot banklari mablag’lari hisobidan 
moliyalashtirilgan. YUqoridagi qayd etib o’tilgan dalillar bank va moliya tizimini 
ham yagona iqtisodiy axborot tizimiga o’tish uchun tayyor ekanligini ko’rsatib 
turibdi. 
Axborotlashtirish milliy tizimini yaratishning asosiy maqsadi va vazifasi 
yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich iqtisodiyotga joriy qilishdan 
iborat. 


24 
1.3-rasm. Vazirliklar va idoralarni ta’minlovchi bank sektori axborot bazalari 
YAgona iqtisodiy axborot tizimini qurish barcha qatnashuvchilar uchun 
quyidagilarni nazarda tutadi: 

axborotni qayta ishlashning avtomatlashgan tizimini tashkil qilish; 

axborotni olish va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish; 

olinadigan va uzatiladigan axborotni o’z vaqtida qayta ishlash; 

hisobotlarni uzatish va olishda insonlar ishtirokini kamaytirishni. 
Qurilayotgn yagona iqtisodiy axborot tizimiga turli xildagi talablar qo’yiladi va 
bu talablarni eng muhim shartlaridan biri tizimni tashkil qilishda boshqaruvchilar 
tomonidan to’g’ri echim qabul qilishdir. Tizim uchun shunchaki dasturlar kerak 
emas, balki amaliy dasturlar, kompyuterlar, kommunikatsiya uskunalari, aloqa 
kanallaridan iborat bo’lgan yaxlit texnologiya kerak. 
Tizim axborot ta’minoti to’g’risida so’z yuritadigan bo’lsak, bu tizim 
ma’lumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topishi kerak: 

tijorat banklari hisobotlari ma’lumotlar bazasi (MB); 

tijorat banklari (TB); 

tilla va valyuta zahiralari bo’yicha ma’lumotlar bazasi; 

bank tizimini kadrlar bilan ta’minlash ma’lumotlar bazasi; 

Markaziy bank hujjat aylanishi tezkor ma’lumotlar bazasi; 

tizim administratori ma’lumotlar bazasi; 

soliq tashkilotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga 
oluvchi ma’lumotlar baza; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlari byudjet va nobyudjet fondlari bilan o’zaro 
munosabatlari ma’lumotlar bazasi; 

yagona ma’lumotnoma; 

import va eksport bo’yicha Davlat soliq qo’mitasi bitimlari ma’lumotlar 
bazasi; 

avtomobil vositalarini davlat ro’yxatiga oluvchi ichki ishlar vazirligi
ma’lumotlar bazasi; 


25 

ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga olish bo’yicha adliya vazirligi 
ma’lumotlar bazasi; 

mahalliy ijro etuvchi hukumat tashkilotlaridagi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning ro’yxatga oluvchi ma’lumotlar bazasi va boshqalar. 
Bundan tashqari boshqa vazirliklar va idoralar ham yagona iqtisodiy axborot 
tizimiga ulanish uchun o’z ma’lumotlar bazasini yaratishlari lozim. 
Respublika yagona iqtisodiy axborot tizimining to’laqonli faoliyati uchun 
quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim: 

axborot harakatini tarkibiy qismlariga qo’yiladigan tlablar; 

axborot harakati qo’shma tizimlariga talablar; 

tizimdagi axborotni yig’ish va qayta ishlash texnologiyalariga talablar; 

tizimni tashkil qiluvchilar o’rtasida ma’lumotlar bazasini uzatishga 
bo’lgan talablar; 

texnik va dasturiy ta’minotga bo’lgan talab; 

texnik va dasturiy vositalarning nosozlik jarayonlari; 

ma’lumotlar bazasining yaxlitligini tiklashga talablar. 
Yagona iqtisodiy axborot tizimi uchun hozirgi kunda lokal hisoblash tizimi va 
telekommunikatsiya ta’minoti juda muhim hisoblanib, quyidagilarni amalga 
oshirishni talab qiladi: 

respublika apparatida 200 dan kam bo’lmagan kompyuterlarni birdaniga 
ulanishi va 10 dan kam bo’lmagan foydalanuvchilarning quyi tizimlarda 
mavjud bo’lishi; 

tarmoq uskunalari sifatida zamonaviy yuqori tezlikdagi tarmoq 
texnologiyalaridan foydalanishning tashkil qilinishi; 

virtual tarmoqlar bo’yicha trafiklarni uzatish holati; 

lokal hisoblash tarmog’i ishtirokchilarini global tarmoqqa 64 Kbt/s. dan 2 
Mbt/s. gacha tezlikda ulanish imkoniyati; 

hududiy taqsimlangan tarmoq va lokal hisoblash tarmog’i yordamida 
ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’mmnlanishi. 
SHunday qilib, yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich 
iqtisodiyotga joriy qilish – milliy axborot tizimini yaratishga olib keladi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin