11.4. Elektron tijorat va elektron to’lov tizimi Elektron savdo- sotiqning yaratilishiga 1970 yilda AQSH da ma’lumotlarni
kompyuter tarmoqlarida elektron ko’rinishda - EDI(Electronic Data Exchange) va
banklar orasida pullarni elektron almashishning paydo bo’lishi asos bo’ldi.
Internetni rivojlanishi xamma savdo- sotiq bilan shug’ullanadigan firmalarning
hamda mijozlarning bu texnologiyaga bulgan qiziqishi tezda ortdi. Internet sub’ekt
darajasida elektron savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Kichik korxonalar va
shaxslar, o’zlarining tijorat kelishuvlari va boshqa turdagi operatsiyalarini elektron
rejimda, yaьni aniq vaqt (on-line) rejimida – pul almashtirish bankomatining ishlash
rejimida olib borishadi. Bankomat bilan prossing markaz o’rtasida bo’ladigan
hamma operatsiyalar va xisob raqamlar bo’yicha tranzaktsiyalar real vaqt birligida
amalga oshiriladi.
Elektron savdo- sotiq asosida yangi savdo- sotiq korxonalarini –elektron
dukonlarni yaratmoqda, rakobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar
va tovarlar paydo bo’lmoqda.
Elektron savdo- sotiq asosiy momenti bo’lib tovarlarni Internetda aylanishi
xisoblanadi.
Tovarning aylanishi , uni sotishga muljallangan tuliq kompleks tadbirlar asosida
amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama
tadbirlari va shunga o’xshash tadbirlardir.
Tovarning Internetda aylanishining quyidagi usullari bor
Bannerlar orqali reklama
Offlayn reklama
Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama
Bannerlar orqali reklama. Banner (inglizcha banner – katta xarflar bilan yozilgan
sarlavxa) reklama beruvchining WEB-saxifasi bilan giperssilka orqali bog’langan
153
aniq ko’rinishga ega rasmdir.
Bannerlarning qo’yidagi o’lchovlari keng
tarqalgan: 468x60, 400x50, 88x31.