3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.
4. Tashkilotni boshqarishning avtomat-lashtirilgan axborot tizimlari.
1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.
Axborot texnologiyasi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
Axborot tizimi (AT) - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
ATlarni keng ma`noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, ta`lim sohasida, sog`liqni saqlash sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.

Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`yektni boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`yekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liqdir.