Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə31/57
tarix26.09.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#64180
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi

I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:

III. Yangi mavzu bayoni:
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:



A

01000001

M

01001101

B

01000010

O

01001111

D

01000100

R

01010010

H

01001000

T

01010100

K

01001011

U

01010101

I

01001001

X

01011000

Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o'rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni 28 =256 ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli


boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.
KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010

K I T O B


Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu trtibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha b'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog'liq bo'lgan holatdir.


Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi
raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi.
ASCII kodlash jadvali








Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin