Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə36/57
tarix26.09.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#64180
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi

I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:

  1. Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.

  3. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi?



III. Yangi mavzuni o`rganish:
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma'lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi
haqida ma'lumot beriladi.
Internet tarixi
O'zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
Internet "sovuq urush" mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i asos bo'lgan.
ARPANet - buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma'lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Awaliga bu tarmoq maxfiv hisoblanean Kevinrhalik so'ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog'iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi bo'yicha kengash" tomonidan boshqariladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin