USB portga ulangan jismoniy xavfsizlik kaliti (U2F xavfsizlik kaliti) (masalan, Yubico yoki HyperFIDO xavfsizlik kaliti).
Dasturiy vositadan foydalanish
Doimiy ravishda tizimga kirish uchun odatiy bo`lgan login va parollarini kiritib Kirish tugmasi bosiladi. Natijada tizimga kirish uchun maxsus telegram botimizga xabar kealdi.
Maxsus telegram botga xabar kelish oynasi
Maxsus telegram botga xabar kelish oynasi
Ushbu jarayonda maxsus telegram botimizga kelgan kodni to`g`ri kiritadigan bo`lsak, mavjud tizimga kirish imkoniyati mavjud bo`ladi. Tizimga xar safar kirishda avtomatik ravishda telegram botga yangi tasdiqlash kodi yuboriladi.

XULOSA
Telegram boti orqali 2FAni amalga oshirish orqali tizimga qo'shimcha xavfsizlik qatlamini qo'shish imkoniyati mavjud. Bu xaker foydalanuvchining login maʼlumotlariga kirish huquqiga ega boʻlsa ham, akkauntga kirish uchun foydalanuvchining mobil qurilmasiga yuborilgan tasdiqlash kodini kiritishi kerakligini taʼminlaydi. Bu ruxsatsiz shaxslarning maxfiy ma'lumotlarga kirishini yoki zararli harakatlarni amalga oshirishini qiyinlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, ikki faktorli auteidentifikatsiya jarayonlari orqali himoya qilish rejimini telegram bot orqali amalga oshirish xavfsizlik parametrlarini yanada oshirish imkoniyatini beradi.