31
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud,
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.
Ammo, qaysi
bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va
axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. Axborot va axborot
tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni madadlaydi,
balki ularni
oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi xollarda esa yangi tijorat-
imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha
rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlarning
sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot
operatsion xavf-xatarlar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi
va kelajak xavf-xatarga
tayyor bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan
axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Axborot xavfsizligi arxitekturasi
jarayonlarni, inson rolini,
texnologiyalarni
va turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va
o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, axborot xavfsizligining
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‘liq
boshqa komponentlar va
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda
axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi,
kelgusidagi
ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual, mantiqiy va amalga
oshirish (texnologik). 1.3-rasmda bunday arxitektura keltirilgan bo‘lib, odatda
texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq
va quyilgan maqsadlarga
mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya, ya’ni quyilgan maqsadlarga
erishish uchun harakat yo‘nalishi mavjud.
Strategiya
– korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishini
ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro bog‘langan harakatlar
to‘plami. 1.4-rasmda arxitektura bilan strategiyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan.
Strategiya axborot xavfsizligi arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan
holda unga erishishning optimal yo‘lini belgilaydi.
32
1.3-rasm. Axborot
xavfsizligi arxitekturasi
1.4-rasm. Arxitektura bilan strategiyaning o‘zaro bog‘liqligi.
Ko‘pincha strategiya va arxitektura tushunchalarini farqlamay arxitektura
tavsifini o‘z ichiga olgan axborot xavfsizligi strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu
unchalik to‘g‘ri emas, chunki arxitektura, ya’ni maqsadlar vaqt o‘tishi
bilan
o‘zgarmasligi, bu maqsadlarga erishishdagi strategiya esa tashqi va ichki omillarga
bog‘liq holda jiddiy o‘zgarishi mumkin. Strategiya va arxitektura bitta xujjatda
tavsiflansa, strategiya o‘zgarganida arxitekturani ham o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: