Axborot xavfsizligi


IX bob. OPERASION TIZIM HIMOYASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

IX bob. OPERASION TIZIM HIMOYASI 
 
9.1. Operasion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari 
 
 Himoyalangan operasion tizim tushunchasi. 
Axborotni himoyalashning 
aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir. Ularni bajarish uchun operasion 
tizim (OT) tomonidan madadlash talab etiladi. Operasion tizim ishlaydigan muhit 
ishonchli hisoblash bazasi
deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operasion 
tizimning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vositalarining, 
hatto tashikiliy muolajalarning axborot himoyasini ta’minlovchi elementlarning 
to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bularning ichida eng asosiysi himoyalangan 
operasion tizim hisoblanadi. 
Operasion tizim 
himoyalangan
hisoblanadi, agar u tahdidlarning asosiy 
sinfidan himoyalanish vositalariga ega bo‘lsa. Himoyalangan operasion tizim 
tarkibida foydalanuvchilarning OT resurslaridan foydalanishlarini cheklovchi 
vositalar, hamda operasion tizim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilarning 
haqiqiyligini tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari himoyalangan OT 
operasion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga qarshi ta’sir vositalariga 
ega bo‘lishi shart. 
Agar operasion tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qancha 
taxdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday OT 
qisman himoyalangan
deb yuritiladi. 
Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar. 
Himoyalangan operasion tizimni yaratishda ikkita asosiy yondashish mavjud 
– fragmentli va kompleks. 
Fragmentli yondashishda
avvalo bitta taxdiddan so‘ngra 
boshqa taxdiddan va h. himoyalanish tashkil etiladi. 
Fragmentli yondashish qo‘llanilganda OT himoyasi qismtizimi, odatda, turli 
ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa dasturlar to‘plamidan iborat 
bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni 
ularning o‘zaro uzviy bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari 
bunday qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada tizim 


240 
ishonchliligi keskin pasayadi. 
Kompleks yondashishda
himoya funksiyalari operasion tizimga uning 
arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Kompleks yondashish asosida yaratilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari 
axborotni himoyalashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar echilganida bir 
biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining alohida 
komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks yondashish asosida himoya 
qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto OT ishdan chiqqanda ham niyati 
buzuq shaxs tizimning himoya funksiyalarini o‘chira olmaydi. Fragmentli 
yondashishda himoya qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda 
kompleks yondashish asosida yaratiluvchi operasion tizimni himoyalash 
qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini almashtirish mumkin 
bo‘lsin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin