1.2. Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash usullari.
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi. Simsiz tarmoqlar butun dunyo bo’ylab kundan kunga keng tarqalmoqda.Bunga sabab bu texnologiyaning qulayligi, keng ko’lamligi va nisbatan arzonligidadir. Simsiz tarmoqlar tezlik, tarqalish radiusi, aloqa sifati vahimoyalanganlik kabi parametrlar bilan xarakteristikalanadi. Ma’lumki, simsiz tarmoqlar xafvsizligini ta’minlash ancha qiyin.Agarsimli tarmoqlarda hujumlar uyushtirish uchun avval shu tarmoq kabel sistemasiyoki ma’lum bir qurilmalariga fizik ruxsatga ega bo’lish kerak bo’lsa, simsizda bunga hojat yo’q. Chunki simsiz tarmoq havoda tarqaladi. Shu tarmoq tarqalish radiusida turib, ushbu tarmoqqa hujum uyushtirishi mumkin. LAN (Lokal Area Network) va MAN (Metropolitan Area Network) tarmoqlari standartlar oilasi IEEE 802 tarkibiga kiruvchi IEEE 802.11 standarti simsiz tarmoqlar standarti hisoblanadi. Bu standart hali to’liqligicha yakunlanmagan bo’lib, uning istida izchil izlanishlar olib borilmoqda va yangi yutuqlarga erishilmoqda:
802.11 – dastlabki 1 Mbit/s va 2 Mbit/s, 2.4 GHz (1997-yil);
802.11a – 54 Mbit/s, 5 GHz (1999-yil);
802.11b – yangilangan standart, 5.5 va 11 Mbit/s (1999-yil);
802.11n – yangi standart, 600 Mbit/s, 2.4-2.5 yoki 5 GHz;802.11a/b/g lar bilan moslik (2009);
802.11ac – yangi ishlab chiqarilayotgan IEEE standarti. Tezlik 1.3Gbit/s gacha, energiya iste’moli 802.11n ga qaraganda olti barobar kam. 802.11a/b/g/nlar bilan moslik. 2013-yil 1-fevral holatida 95% ga tayyor. Yangistandartda ishlovchi qurilmalar ishlab chiqilgan.
802.11ad – qo’shimcha diapazonli yangi standart, 60 GHz, 7 Gbit/s.
802.11as (taxminan) – yangi turdagi antennalardan foydalanishinazarda tutuilgan yangi standart, 135 GHz, 20 Gbit/s.
Simsiz tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash uchun dastlab ishlab chiqilganWEP (Wired Equivalent Privacy) standarti bir qator kamchiliklarga egaedi.Shuning uchun uning o’rnini WPA (Wi-Fi Protected Access) standarti.