AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi Axborot xavfsizligini ta‘minlash muntazam va majmuali tavsifga ega ko’p qirrali faoliyatni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Uni amalga oshirishda axborot xavfsizligidan manfaatdor taraflar oldiga qo’yiladigan vazifalarga alohida e‘tibor berish zarur. Ushbu
449
turli-tuman vazifalarni bir necha quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
1) axborotdan foydalanishni ta‘minlash, ya‘ni maqbul vaqt mobaynida axborot xizmatini olish hamda axborotni olishda ruxsatsiz taqiqlashni bartaraf etish;
2) axborot yaxlitliligini ta‘minlash, ya‘ni axborotning ruxsatsiz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini bartaraf etish;
3) axborot konfidensialligini ta‘minlash, ya‘ni axborotdan ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.
Axborot xavfsizligining huquqiy, texnik, moliyaviy, tashkiliy va boshqa resursli ta‘minoti bilan farqlanuvchi axborot xavfsizligi subyektlarining quyidagi to’rtta kategoriyaga bo’linadi:
butun bir davlat;
davlat tashkilotlari;
tijorat tuzilmalari;
alohida fuqarolar.
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini ta‘minlashdagi asosiy vazifalar qamrab olgan quyidagi keng spektrli masalalarni ko’rib chiqish lozim:
konfidensiallik;
yaxlitlik;
identifikatsiya;
autentifikatsiya;
vakolat berish;
foydalanishni nazoratlash;
mulklik huquqi;
sertifikatsiya;
imzo;
voz kechmaslik;
sanasini yozish;
olganligi haqida tilxat berish;
bekor qilish;
anonimlik.
Axborotning konfidensialligi – himoyaning eng kerakli vazifalaridan biri. Har bir insonda yoki tashkilotda shunday hujjatlar borki, ularning jamoa mulkiga aylanmasligi ta‘minlanishi shart. Bunday hujjatlarni saqlashda qog’oz, fotoplyonka ishlatilsa, konfidensiallik ma‘muriy usullar yordamida amalga oshiriladi.
Axborot kompyuterda ishlanib, ochiq aloqa kanali orqali uzatilsa, ma‘muriy usullar ojizlik qiladi va yordamga axborot xavfsizligini ta‘minlash usullari keladi. Konfidensiallikni ta‘minlash masalasiga binoan ma‘lumotlar shunday ko’rinishda uzatiladiki, hatto niyati buzuq eltuvchidan yoki uzatish muhitidan foydalana olganida ham himoyalangan ma‘lumotlarni ololmaydi.
Axborotning yaxlitligi. Ma‘lumotlar, ishlanishi va aloqa kanali bo’yicha uzatilishi jarayonida, tasodifan yoki atayin buzilishi mumkin. Axborot eltuvchida saqlanadigan joyidayoq buzilishi mumkin. Yaxlitlikni ta‘minlashga (yaxlitlikni nazoratlashga) binoan
o’zgarishi sezilmasdan qolmasligi zarur.
Identifikatsiya foydalanuvchini qandaydir noyob identifikator bilan aynanligini tasdiqlash uchun kerak. Undan so’ng identifikatorga yuklangan barcha harakatlarga ushbu identifikator biriktirilgan foydalanuvchi javobgar hisoblanadi.
Autentifikatsiya identifikatsiyaga zaruriy qo’shimcha bo’lib, u identifikatorni taqdim etgan foydalanuvchining haqiqiyligini (autentligini) tasdiqlashga mo’ljallangan. Anonim bo’lmagan foydalanuvchi autentifikatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgandagina ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi shart.
Vakolat berishga binoan birorta ham foydalanuvchi autentifikatsiyadan muvaffaqiyatli o’tmagunicha tizimdan foydalanmasligi va birorta ham foydalanuvchi, agar u maxsus ruxsatnoma bilan vakolatga ega bo’lmasa, resurslardan foydalanmasligi kerak.
Foydalanishni nazoratlash kompleks tushuncha hisoblanadi va resurslardan foydalanishni cheklashga mo’ljallangan usullar va vositalarni anglatadi.
Mulkchilik huquqi – foydalanuvchiga qandaydir resurslardan foydalanishga qonuniy huquqni va u istasa, ushbu resursni boshqa foydalanuvchiga o’tkazish imkoniyatini taqdim etishga mo’ljallangan. Mulklik huquqi, odatda, foydalanishni
Sertifikatsiya – foydalanuvchi ishonadigan taraf tomonidan qandaydir faktni tasdiqlash jarayoni. Ko’pincha sertifikatsiya ochiq kalitning muayyan foydalanuvchiga yoki shirkatga tegishli ekanligini tasdiqlashda ishlatiladi, chunki ochiq kalitlar infrastrukturasidan faqat sertifikatsiya tizimining mavjudligida samarali foydalanish mumkin. Sertifikatlar foydalanuvchilar so’rovi bo’yicha maxsus vakolatli tashkilot – sertifikatsiya markazi tomonidan, ma‘lum shartlar bajarilganida beriladi.
Imzo hujjat qabul qiluvchiga ushbu hujjatning aynan uzatuvchi tomonidan imzolanganligini isbotlashga imkon beradi. Bunda imzoni boshqa hujjatga o’tkazish va uzatuvchi o’zining imzosidan voz kechishi mumkin emas. Hujjatning har qanday o’zgarishi imzoning buzilishiga sabab bo’ladi va har qanday foydalanuvchi mustaqil tarzda imzoning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Voz kechmaslik – axborot almashish sxemasining xususiyati hisoblanadi. Unga binoan xabar qabul qiluvchining uchinchi tarafning xabar uzatuvchining kimligini tekshirishga jalb qilishi qobiliyatiga ega ekanligining isboti mavjud. Boshqacha aytganda, xabarni uzatuvchi mualliflikdan voz kechish imkoniyatiga ega emas.
Sanasini yozish ko’pincha imzo bilan birgalikda ishlatiladi va hujjat imzolangan paytni qayd etadi. Bu bitta hujjat bir necha foydalanuvchilar tomonidan imzolanganda, birinchilikni isbot qilishda foydali hisoblanadi, chunki har bir foydalanuvchi hujjat muallifligiga da‘vo qiladi. Undan tashqari sanasini yozish muddatli sertifikatlarda keng qo’llaniladi.
Olganligiga tilxat berish – qabul qiluvchidan uzatuvchiga uzatiladi va uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul qiluvchiga tilxatda ko’rsatilgan ondan kechikmasdan
o’tkazganligini isbotlashda ishlatilishi mumkin.
Bekor qilish – sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta‘sir kuchini bekor qilish. Agar axborot almashishda ishtirok etuvchi yoki unga tegishli kalitlar va guvohnomalar yaroqsiz holga kelsa, ushbu foydalanuvchini resurslardan foydalanishga yo’l qo’ymaslik va mos sertifikatlarga ishonmaslik zarur, chunki bu sertifikatlar yomon niyatli kimsalarga qo’l kelishi mumkin. Bekor qilish muolajasi sertifikatsiya markaziga nisbatan ham qo’llanishi mumkin.
Anonimlik kamdan-kam uchraydi. Hukumatlar va shirkatlar uchun foydalanuvchining axborot muhitida qandaydir harakatlarining anonim bo’lib qolishligi foyda bermaydi. Shu sababli, anonimlikni ta‘minlovchi loyihalar kamdan-kam uchraydi va odatda, uzoq yashamaydi. Kommunikatsiya vositalari ko’pincha u yoki bu xabarning uzatilishi marshrutini, uzatuvchini aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan vazifalar mavjud axborot dunyosi ehtiyojiga asosan tavsiflangan. Vaqt o’tishi bilan ba‘zi vazifalar o’z dolzarbligini yo’qotishi va aksincha, yechimini kutuvchi yangi vazifalar paydo bo’lishi mumkin.
Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafaqat jamiyat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir shaxs hayotida hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Shaxsning axborot muhitidagi manfaatlari inson va fuqaroning axborotdan foydalanishdagi konstitutsiyaviy huquqlarining amalga oshirilishini, qonun taqiqlamagan faoliyatni, fizik, ma‘naviy va intellektual rivojini hamda shaxsiy xavfsizligini ta‘minlashni ko’zda tutadi.
Jamiyatning axborot muhitidagi manfaatlari ushbu muhitda shaxs manfaatlarini ta‘minlashni, demokratiyani
mustahkamlashni, huquqiy ijtimoiy davlatni yaratishni, jamiyat inoqligiga erishish va uni madadlashni, mamlakatning ma‘naviy yangilanishini ko’zda tutadi.
Davlatning axborot muhitidagi manfaatlari inson va fuqaroning axborot olishidagi konstitutsiyaviy huquq va erkinligini ta‘minlashni, olingan axborotdan konstitutsiyaviy tuzumning mustahkamligini, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni hamda qonuniylikni va huquqiy tartibni, teng huquqli va o’zaro foydali xalqaro hamkorlikni ta‘minlash maqsadida foydalanishdagi shartsharoitlarni yaratish uchun axborot infrastrukturasining garmonik rivojini ko’zda tutadi.