Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga duchor bo’ladi:

Ma’lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.
Servisning to’xtatilishi.
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin.
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 1.1-rasmda korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo’yicha statistik ma’lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan.
1.1.-rasmda keltirilgan statistik ma’lumotlar tashkilot ma’muriyatiga va xodimlariga korporativ tarmoq va tizimi xavfsizligiga tahdidlarni samarali kamaytirish uchun xarakatlarni qaerga yo’naltirishlari zarurligini aytib berishi mumkin. Albatta, fizik xavfsizlik muammolari bilan shug’ullanish va inson xatoliklarining xavfsizlikka salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha choralar ko’rilishi zarur. Shu bilan bir qatorda korporativ tarmoq va tizimga ham tashqaridan, ham ichkaridan bo’ladigan xujumlarni oldini olish bo’yicha tarmoq xavfsizligi masalasini yechishga jiddiy e’tiborni qaratish zarur.