Axborotlar va ularning xossalari



Yüklə 118,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü118,72 Kb.
#204676
  1   2   3
Axborot va uning turlari Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini



 
 
 
 

 
 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
 
SIRTQI BO’LIM 
 
Iqtisodiyot yo’nalishi 
1- kurs 23-40 guruh talabasi 
 
Tojimamatov Xushnutbekning 
Iqtisodiyotda AKT fanidan 
 
Mustaqil ish


Axborot va uning turlari. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlarini 
tushuntiring. 
 
Reja: 
 
 
1. Axborot haqida asosiy tushunchalar va ta’riflar.
2. Axborotlar turlari 
3. Axborotlarning aynan moslik shakllari 
4. Axborotni fan uchun axamiyati va xususiyatlari 


1. Xalq xo’jaligini, xususan qishloq xo’jalik ishlab-chiqaripshni 
boshqarishda axborotning ahamiyati katta bo’lib, axborot inson uchun suv va 
xavodek zarurdir. 
Faraz qilib ko’ring, siz yopiq yorug’liksiz butunlay siniq yuzalik fazoga 
tushib qoldingiz. Bu erda o’zingizni juda noqulay sezasiz. Voqelikni o’rab turgan 
vaqt, fazo xaqidagi axborotning yo’qligi inson uchun notabiiydir. Inson ko’radi, 
eshitadi, xidlarni sezadi. Insonning sezgi a’zolari tashqi dunyo xaqida axborot olish 
uchun xizmat qiladi. 
Axborot-bu ob’ektivlikning, voqelikning jarayoni, xususiyati va xolati 
xaqida xabar bo’lib, inson miyasi tomonidan o’zlashtiriladi. Masalan, yosh go’dak 
biror issiq narsani ko’rsa, dastlab ko’rmasdan o’shlaydi, lekin qo’li kuygandan 
so’ng, bu narsani umrbod yodida saqlaydi va ikkinchi bor bunday qilmaydi. 
Insonning butun faoliyati u yoki bu xolda axborotni olish va foydalanish 
bog’langan. Кitobni o’qiyotganda, rasmni qarab chiqayotganda biz eslab qolamiz 
va yig’amiz. Har qanday masala echayotganimizda biz axborotni ishlaymiz, ya’ni 
masala shartida keltirilgan ma’lumotlarni o’rganib, uni echamiz. Axborot termini 
lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, bayon qilish, xabar berish 
ma’nosini anglatadi. Materialistik falsafa nuqtaiy nazaridan axborot mavjud 
dunyoni xabarlar, bildirishlar yordamida yoritishdir. Xabar-bu axborotlarning so’z, 
matn, tasvir, sonli ma’lumot, grafik va jadval ko’rinishidagi shaklidir. Кeng 
ma’noda axborot-bu odamlar o’rtasida xabar almashishni, signallarni tirik va 
notirik tabiat, odamlar va qurilmalar o’rtasida almashishni o’z ichiga oluvchi 
umumilmiy tushunchadir. 
Axborot-atrof muxit xodisalari va ularning o’lchamlari, xossalari va 
xolatlari xaqidagi xabarlardir. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda 
ma’lumotlar ham ishlatiladi. Axborotlar va ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi. 
Ma’lumotlar - qandaydir sabablarga ko’ra ishlatilmaydigan faqat saqlanadigan 
belgilar yoki yozilgan kuzatishlar sifatida qaraladi. Nimadir xaqida noaniqliqlarni 


kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni ishlatish zaruriyati paydo bo’lgan xolatda 
ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun ham ishlatiladigan ma’lumotlarni 
axborot deb tasdiqlash mumkin. 
2. Jamiyat tarraqqiyoti o’zgaruvchan va uzluksiz harakterga ega. Demak, 
hamma narsa o’zgarib turadi. Bu jarayonlarni bayon etuvchi axborotlar ham 
uzluksiz va diskret ko’rinishda bo’ladi. Masalan: uzluksiz kattalikni harakterlovchi 
kattalik inson tanasining temperaturasi, yo’lning ma’lum qismida ma’lum vaqida 
avtomobilning harakat tezligi. O’zgaruvchi kattalikni harakterlovchi belgilar 
ketma-ketligi bu axborotlarning diskret shaklidir. Masalan: ishchi ish smenasining 
dastlabki bir soatida 20 ta, ikkinchi soatiada 25 ta, uchinchi soatida 20 ta detal 
ishlaydi. 
Atrofimizni o’rab turgan ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha guruxlash 
mumkin. Masalan: biologik, geografik, iqtisodiy axborotlar. 
Axborotlarning muxim turlaridan biri iqtisodiy axborotlardir. Uning 
farqli xususiyati - kishilar kollektivini, tashkilot va korxonalarni boshqarish 
jarayonlari bilan bog’liqligidir. Iqtisodiy axborotlar moddiy manfaat va xizmatlarni 
is’temol qilish va almashish, taqsimlash jarayonlarini kuzatadi. Uning anchagina 
qismi jamoat ishlab - chiqarishi bilan bog’langan va ishlab-chiqarish axboroti deb 
ham atalishi mumkin. 
Iqtisodiy axborotlar - ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish doirasida 
kishilar kollektivi va jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiluvchi hamda sosial-
iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar, xabarlar to’plamidir. 
3. Axborot bilan ishlaganda hamma vaqt uning manbai va is’temolchisi 
bo’ladi. Axborotlar manbaidan uning is’temolchilariga etkazishni ta’minlash 
jarayoni va yo’llari axborot komunikasiyasi deb ataladi. Axborot-is’temolchilari - 
uchun - juda - muxim kriteriyalardan - biri - uning - jarayonni - aynan - mos 
ravishda yoritishidir (adekvantnost). Bu real ob’ekt, jarayon, xodisa xaqida olingan 
axborot yordamida ob’ekt yoki jarayonga nisbatan aniq darajadagi moslikni 


yaratishdir. Xaqiqiy xayotda hamma vaqt ham jarayonni aynan o’ziday yorituvchi 
axborotlarga ega bo’lish juda qiyin masaladir. Hamma vaqt ham ma’lum 
darajadagi noaniqliqlar mavjud bo’ladi. Axborotlarning aynan mosligi uch shaklda 
bo’lishi mumkin: Sintaktik moslik, semantik(mazmunan) moslik va pragmatik 
moslik. Sintaktik moslikda axborotni formal-sxematik tavsifnomasini yoritib, 
ma’no va mazmuniga e’tibor berilmaydi. Semantik moslikda axborotlarning 
ma’nosi va mazmuni hisobga olinadi. Pragmatik moslikda axborot bilan uning 
is’temolchisi o’rtasidagi munosabat yoritaladi. Bunda axborotning qimmatbaholigi, 
aniqligi va sifatliligi hisobga olinadi. 
4. Uzunlik, massa, vaqt o’lchov birliklari bo’lgani kabi axborotlarning 
ham o’lchov birliklari mavjud. Axborotlar bitlarda o’lchanadi. Bir bitda 0 yoki 1 
belgisi bo’lishi mumkin. Sakkiz bit bir baytni tashkil etadi. Har bir bayt bir 
ma’noni yoki belgini anglatadi. Кompyuterda ishlatiladigan har bir belgi ikkilik 
kodlar yordamida ifodalanadi. 
Axborotlarni o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari quyidagi 
katgaroq birliklardan ham foydalaniladi. 
1 bayt - 8 bit 1 mbayt - 1024 kbayt 
1 kbayt - 1024 bit 1 gbayt - 1024 mbayt 
Biz fizik kattaliklarni o’lchashga o’rganib qolganmiz. Кilometr yoki 
kilogrammni darrov tushunamiz. Xuddi shuningdek Кilobayt, megobayt yoki 
gegobaytni tushunishga harakat qilamiz. Masalan darslikning bir betiga 50 taga 
yaqin satr, har bir satrga taxminan 60 belgi joylashadi. Shunday qilib, darslikning 
bir beti 3000 bayt xajmga ega bo’lishi mumkin. 200 saxifali darslik o’rtacha 550 
kilobayt xajmdagi axborotga ega bo’lishi mumkin. To’rt betlik ro’znomada 150 
kbaytgacha xajmdagi axborot bo’lishi mumkin. 1,5 soatlik rangli film 135 
gegobayt axborotga ega. 
5. Har qanday turkumlanish ham hamma vaqt nisbiydir. Har bir ob’ekt 
turli belgi va kriteriyalar bo’yicha turkumlanishi mumkin. Shunday xolatlar 
uchraydiki tashqi muxit sharoitlariga bog’liq xolda ob’ektni turli turkum 


guruxlariga qo’shish mumkin. Turkumlanish asosida 5 ta asosiy kriteriya yotadi: 
paydo bo’lish joyi, qayta ishlanish davri, tasvirlash, yoritish imkoniyati, 
barqarorligi, boshqarish funksiyasi. 
Paydo bo’lish joyi belgisi bo’yicha axborotlarni kiruvchi, chiquvchi, 
ichki va tashqi axborotlarga bo’lish mumkin. 
Qayta ishlanish davriga nisbatan axborotlar boshlang’ich, ikkilamchi, 
oraliq, natijaviy bo’lishi mumkin. 
Tasvirlash, yoritish imkonida axborotlar matn yoki grafik xolatda 
tasvirlanishi mumkin. 
Axborotlar barqarorligi jixatidan o’zgaruvchi va doimiy (shartli-doimiy) 
bo’lishi mumkin. 
Boshqarish funksiyasi bo’yicha odatda faqat iqtisodiy axborotlar 
turkumlanadi. Reja axborotlari - kelajak davr uchun ob’ektni boshqarish 
o’lchamlari xaqidagi ma’lumotlardir. Masalan: xo’jalikning maxsulot etishtirish 
rejasi, maxsulot etishtirishdan olinadigan daromad rejasi. Me’yoriy ma’lumotli 
axborot-turli me’yoriy va ma’lumot beruvchi xujjatlar xaqidagi ma’lumotlardir. 
Кo’pincha ular uzoq muddat o’zgarmaydi: 
Hisobot beruvchi axborotlar - bu xo’jalik faoliyatining ma’lum bir 
davriga tavsifnoma beruvchi axborotlar. 
Axborot 
texnologiyalari
maʼlumotlarni boshqarish 
va 
qayta 
ishlash
texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. 
Axborot 
texnologiyalari 
sohasida 
turli axborotni EHM va kompyuter 
tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar 
ustida ishlar olib boriladi. 
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy 
texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar 
qo’llaniladi. 
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham 
mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos 


xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va 
ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy 
iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot 
texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. 
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, 
ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil 
kiladi. 
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, 
ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi 
texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi 
axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari 
tizimlari misol bo’ladi. 
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan 
foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan 
iborat. 
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan 
va 
inson 
faoliyatining 
barcha 
soxalarini 
axborotlashtirish 
zarurligini 
ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat 
fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish 
jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish 
tushuniladi. 
Darxaqiqat, 
jamiyatni 
axborotlashtirish—inson 
xayotining 
barcha 
jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon 
xisoblanadi.
Jamiyatni 
axborotlashtirish 
respublikamiz 
xalqi 
turmush 
darajasining 
yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda 
fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin: 


Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks 
avtomatlashtirish. 
Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish. 
Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish. 
Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish. 
Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish. 
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter 
tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan 
qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter 
texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish 
standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, talabada 
ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o'stiradi, bilim berishga 
differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat 
qilishni yengillashtiradi, talabani o'quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi 
shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida; 
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda; 
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; 
·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal 
yetishda va x.k.
Mexnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va farafonlik darajasini 
ko’tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, 
tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson 
mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo’lmasa, butun halq 
xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayib ro’y berishi mumkin.


Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash 
vositalari bilan ta’minlangan..
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash 
insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim 
o’rin tutadi. 
Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir – 
biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil yetish ,o’z 
xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida 
ko’pdan - ko’p dadil va raqamlarga murojat qiladi. 
Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi 
nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi ,rivojlanmaydi ham. 
Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati 
to’g’risida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan yextiyojini 
qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga yega bo’lishdir . 
Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo’laveradi va biror -bir axborotli muxit doirasida 
qondiriladi. «Axborotli muxit» tushunchasiga xozirgi kunda ingformatika 
masalalarini o’rganishda muxim o’rin yegallaydi. Insoniyatni o’rab tturgan muxit 
o’z xizmatlariga ko’ra turlichadir – tabiy siyosiy, ijtimoiy, milliy va oylaviy ruxiy 
bo’lishi munkin. Aniqrog’i bular xar birimiz yash bir butun muxitninig 
tekisliklaridir.
Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muxit turadi va u barcha 
axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish 
vositalari – yenergetik tamonlarini to’ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli 
ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Axborotli muxitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini 
o’rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildak tuyiladi ammmo ular 
munosabatini chuqurroq o’rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa 
vositalar» o’rtasidagi bog’liqlik xususiyati borligini ko’ramiz.
Jamiyatda odamlar o’rtasidagi aloqa faktori bo’limlar o’rtasidagi «ko’prik» - 
bu axborotdir. Demak ,bilimni «o’zi uchun» axborotga aylantirish mexanizii 


axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida o’rin yegallaydi. +adimda axborotli 
muxit juda qashshoq bo’lib ,u tor doiradagi yeng kerak va chekli ma’lumotlar 
majmuasidan iborat yedi, bu xol odamlar orasidagi bog’liq doirasini ming yillab 
chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muxitidagi xissani kamaytirib 
yuboradi. 
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va 
rivojlangan bo’lib ,uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir. 
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu 
o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z 
navbatida, YEXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli 
muxitning kelajakda inson xayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha 
yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar qo’llamini kegaytirish 
talab yetiladi.. 
Respublikamizda axborotlashtirish keng yo’lga qo’yilishi bilan undagi xar 
bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari 
ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan 
jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (teleforin tarmog’i, modem va boshqalar) 
yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga yega bo’lmoqda. 
Insonning iqsodiy, yekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikirlash doirasining 
kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan o’zgari ,yangi xusiyatga 
ega bo’lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. 
Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbig’ yemas, rivojlanishning zarur 
vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajajasidagi holatini 
informatikasiz qo’llab bo’lmaydi. Axbortllarni tez, sifatli yg’ish saqlash, qayta 
ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati 
beqiyos yekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqsodiyotning boshqarishdagi 
o’zgarishlar, bozor munossabatlarga o’tish buxgalteriya xisobini tashkil qilish va 
olib berishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga o’tishi amalga 
oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakillarini ishlab chiqarishni talab qilad. 


Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning kompyuterda ishlab chiqarishning 
tashkil qilishning ananaviy shakillari katta o’zgarishlarga uchragan. Xisobchidan 
korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviiy taxlil 
usullarini yegallash, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish bozor jarayonlarida 
pul mablag’lar investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. 

Yüklə 118,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin