Luvenskiy usuli. Klaster ichidagi aloqa sonlarini maksimallashtirish va klasterlar orasidagi aloqalarni minimallashtirish yo’li bilan grafda (masalan, ijtimoiy tarmoq) klasterlarda identifikatsiyalovchi usul. Bu ikki shartni qanoatlantirilgani modulyarlik deyiladi, yuqoriroq modulyarlilik klasterlarga yanada optimalroq ajratish beldisidir. Usul ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda lokal sathda modulyarlilikni optimallashtirish yo’li bilan “kichik” jamlanmalarni qidirish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta klaster tugunlari agregatlashadi (jamlanma) va katta masshtabdagi yangi tarmoq quriladi, keyin bu bosqich modulyarlilikni maksimal darajasiga erishilmaguncha qaytariladi. Shunday qilib, har bir bosqichdan so’ng yanada kattaroq klasterlar shakllanadi.
Soddalik va samaradorlik Luvenskiy usulini tarmoqni klasterlash uchun mashhur yechim qiladi. Biroq u o’zining cheklovlariga ega. Klasterlarni umumlashtirish iterativ jarayoni ahamiyatli lekin katta bo’lmagan klasterlarni yutulib ketilishiga olib kelishi mumkin. Klasterlarga optimal ajratish to’sib qo’quvchi yoki biriktirilgan klasterlardan iborat tarmoqlar uchun qiyin bo’lishi mumkin.
PageRank. Tarmoqda ustun tugunlarni aniqlovchi algoritm. Bu algoritm aloqalar soniga, hamda ularning kuchi va manbasiga asoslanib, tugunlarni ajratadi. Bunday tugunlar klasterlarni bu tugunlar atrofida shakllangan o’zaro aloqalarni yuqori konsentartsiyasini belgilaydi.
PageRank usuli Googla tomonidan veb saytlarni guruhlash uchun foydalanilingan. Vazifa: berilgan shablonlarni bashoratlash uchun foydalanish. O’qitish uchun: o’qituvchi bilan. Bashoratlashda prediktlar orasidagi ichki o’zaro aloqalarni tuzilmasini ochish yoki ularni chaqiruvga ta’sir kuchini qiyosiy baholash maqsad qilib olinmaydi. Asosiy vazifa – belgilarga ta’sir ko’rsatuvchi kuzatiladigan variatsiya qiymatlari asosida erishilishi kerak bo’lgan belgi qiymatini bashorat qilishdir. Bashorat kerak bo’lganda o’qituvchi bilan o’qitish algoritmlari, ya’ni allaqachon mavjud bo’lgan shablonlarga asoslangan bashoratlash algoritmlari foydalanilishi mumkin (6-jadval).
O’qituvchi bilan o’qitish algoritmlarini ko’rib chiqamiz.