O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
“AXBOROTNI HIMOYALASHNING KRIPTOGRAFIK USULLARI”
FANIDAN
2-MUSTAQIL ISH
Mavzu:Elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amallar.
Bajardi: “Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 30-21-
guruh talabasi Abdualimov Akbar.
Tekshirdi:Baratov Jasur.
Jizzax-2023
1
Mavzu:Elliptik egri chiziq nuqtalari ustida amallar.
Mundarija:
1.
Kirish.
1.1.Mavzuning dolzarbligi.
1.2.Mavzuning maqsad va vazifasi.
2.
Asosiy qism.
2.1.Elliptik egri chiziq;
2.2.Elliptik egri chiziqda nuqtalari aniqlash va ular ustida amallar;
2.3.Elliptik egri chiziqlar kriptografiyada qo‘llanilishi;
3.
Yakuniy qism.
3.1.Xulosa;
3.2.Foydalanilgan adabiyotlar;
2
Elliptik egri chiziq.
Ko‘plab oshkora kalitli kriptografik mahsulotlar va standartlar deyarli
an’anaviy mavqeyga erishgan RSA va El Gamal algoritmlariga asoslangan.
So‘nggi vaqtlarda kriptotahlil usullarining va hisoblash texnikasining keskin
rivojlanishi tizimlarning ishonchli himoyasi uchun kalit bitlari sonining ham katta
bo‘lishiga olib keldi, bu esa an’anaviy tizimlarni qo‘llovchi tizimlar ilovasini
yuklanish vaqtining ortishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida katta tranzaksiyalarni
himoyalash talab etiladigan, elektron tijoratga ixtisoslashgan aloqa tugunlarida
ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Shu bois an’anaviy mavqeyga erishgan
tizimlarga raqib - elliptik egri chiziqlarga asoslangan kriptografiya vujudga keldi.
Elliptik egri chiziqlarga asoslangan kriptografik tizimlarning an’anaviy tizimlarga
nisbatan afzalligi, ularda foydalaniladigan kalit uzunligi razryadi kichik
bo‘lganda ham, ekvivalent himoya bilan ta’minlashidadir. Bu esa qabul qiluvchi
va uzatuvchi moslama protsessorlarining yuklanish vaqtini kamaytiradi. Hozirda
elliptik egri chiziqlarning kriptografiya sohasiga tatbiqi keng qo‘llanilmoqda.
1-ta’rif.
Biror K-maydonda olingan elliptik egri chiziq deb, quyidagi
Veyershtrass tenglamasi deb ataluvchi tenglik orqali aniqlanuvchi
egri chiziqqa aytiladi, bu yerda a
1
,a
2
,a
3
,a
4
,a
6
K.Elliptik egri chiziq odatda E yoki
E / K bilan belgilanadi va elliptik egri chiziqqa tegishli nuqtalar, yani (1) tenglama
yechimlari shu elliptik egri chiziqning affin nuqtalari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |