Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari. Axborot o‘lchov birliklari



Yüklə 10,07 Kb.
səhifə3/3
tarix05.12.2023
ölçüsü10,07 Kb.
#172689
1   2   3
Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari. Axboro-hozir.org

1- jadval

O‘nlik son


Ikkilik son


Bayt

1

1

0000 0001

2

10

0000 0010


...

...

...

255

1111 1111


1111 1111


Bir bayt.


Baytning o‘zaro bog‘liq bitlar guruhi ekanligi haqidagi tushuncha elektron hisoblash texnikasining birinchi namunalari bilan birga paydo bo‘ldi. U uzoq vaqt davomida mashinaga bog‘liq bo‘lib qoldi, ya’ni turli xildagi hisoblash mashinalari uchun baytnig uzunligi turlicha edi. Faqat 60-yillarning oxirlarida bayt tushunchasi universal va mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tushunchaga aylandi.
Amaliyot va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik hollarda 8 razryadli emas, balki 16,24,32, va undan ortiq razryadli kodlashtirishni ishlatish maqsadga muvofiqdir. O‘zaro bog‘langan 16 bit (o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki bayt) dan iborat guruh informatikada so‘z deb ataladi. Shundan kelib chiqib, o‘zaro bog‘liq to‘rtta bayt (32 razryadli)dan iborat guruhdan ikkilangan so‘z, 8 bayt (64 razryad)dan iborat guruhlar to‘rt karrali so‘z deb ataladi.
Ma’lumotlarni o‘lchashning turli xil tizimlari mavjud. Har bir ilmiy fan va inson faoliyati sohasi o‘ziga ma’qul va qulay bo‘lgan yoki an’anaviy shakllangan o‘lchov birliklaridan foydalanishi mumkin.
Informatikada ma’lumotlarning ikkilangan universal tasvirga egaligi haqidagi dalildan foydalanadilar va shuning uchun ana shunga asoslangan o‘z ma’lumot birliklarini kiritadilar.
Eng kichik o‘lchov birligi bayt hisoblanadi. Odatda, bir bayt bilan matn axborotining bitta belgisi kodlashtirilishi sababli matn hujjatlar uchun baytlardagi o‘lcham belgilarda ifodalangan leksik hajmga muvofiq, mos miqdorda bo‘ladi (UNICODE universal kodlashtirish hozircha bundan mustasno).
Kattaroq o‘lchov birligi kilobayt (Kbayt)dir. Shartli ravishda 1 kilobaytni taxminan 1000 baytga teng deyish mumkin. Shartlilik shu bilan bog‘liqki, ikkilik raqamlar bilan ishlovchi hisoblash texnikasi uchun, raqamlarni ikkinchi darajasi ko‘rinishida taqdim etish qulayroq va shuning uchun ushbu mezondan kelib chiqib hisoblasak, haqiqatda 1Kbayt 210 bayt (1024 bayt)ga teng bo‘ladi. Kilobaytlarda ma’lumotlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan hajmlari o‘lchanadi. Mashinkada bosilgan, formatlashtirilmagan bir bet matn 2 Kbaytga yaqinni tashkil qiladi deb shartli ravishda hisoblash mumkin.
Ancha yirikroq o‘lchov birliklari peta-ekza-zetta perfikslari qo‘shib hosil qilinadi. Bunday kattaroq birliklarga hozircha amaliy ehtiyoj yo‘q.
1 bayt (b) 8 bit 23=8 bit =1 bayt (b)
1 kilobayt (Kb) 1024 bayt 210 = 1024 b
1 megabayt (Mb) 1024 kilobayt 220 = 1 048 576 b
1 gigabayt (Gb) 1024 megabayt 230 = 1 073 741 824 b
1 terabayt (Tb) 1024 gigabayt 240 = 1 099 511 627 776 b
1 petabayt (Pb) 1024 terabayt 250 = 1 125 899 906 842 624 b
1 eksabayt (Eb) 1024 petabayt 260 = 1 152 921 504 606 846 976 b
1 zettabayt (Zb) 1024 eksabayt 270 = 1 180 591 620 717 411 303 424 b
1 yottabayt (Yb) 1024 zettabayt 280 = 1 208 925 819 614 629 174 706 176 b
Nazorat savollari
1. Axborotni olish jarayonini tushuntirib bering?
2. Axbоrоtning ifоdalanish shakllari?
3. Axbоrоtning turlari?
4. Axbоrtning adekvatligi?
5. Analоg-raqamli o’zgartirish?
6. Xabar haqida ma’lumot bering?
7. Axborotni uzatish vositalari haqida ma’lumot bering?

8. Axborot texnologiyasi haqida ma’lumot bering?



9. Axborotlarning o‘lchov birliklari haqida ma’lumot bering?
http://hozir.org
Yüklə 10,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin