84.C5H11 tarkibli radikalning asosiy zanjirida 4 ta uglerod tutgan izomerlar sonini aniqlang.
A) 6 B) 3 C) 5 D) 4
85. 2,2,5,5-tetrametilgeksan molekulasida nechta sp3 gibridlangan orbital mavjud?
A) 20 B) 6 C) 10 D) 40
86.3-etilpentanning dixlorli izomerlariga Mg metali ta’sir ettirib jami necha xil sikloalkan olish mumkin?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
87. 3-brom- 2,2-dimetilpentanga Na metalli ta’sir ettirib olingan alkan tarkibidagi ikkilamchi C atom(lar)i sonini aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 3 D) 1
88. 2-brom- 2-metilbutanga Na metalli ta’sir ettirib olingan alkan tarkibidagi to’rtlamchi C atom(lar)i sonini aniqlang.
A) 1 B) 4 C)2 D) 3
89. Qaysi alkenning kislotali muhitda KMnO4 bilan oksidlanishidan chumoli kislota va butanon hosil bo’ladi?
A) buten-2 B) 2-metilbuten-1
C) buten-1 D) 2-metilbuten-2
90. Qaysi alkenning kislotali muhitda KMnO4 bilan oksidlanishidan faqat sirka kislota hosil bo’ladi?
A) 2-metilbuten-2 B) buten-2
C) 2-metilbuten-1 D) buten-1
91. C5H10 tarkibli uglevodorod Vagner reaksiyasi bo’yicha diol (glikol) hosil qilmaydi, kuchli oksidlovchilar ta’sirida esa ikki asosli karbon kislota hosil qilsa, uglevodorodlar tuzilishini aniqlang.
1) siklopentan; 2) penten-2; 3) metilsiklobutan;
4) 2-metilbuten-2; 5) 2-metilbuten-1;
6) etilsiklopropan
A) 2,3,6 B) 1,4,5 C) 1,3,6 D) 2,4,5
92. C4H8 tarkibli uglevodorod Vagner reaksiyasi bo’yicha diol (glikol) hosil qilmaydi, kuchli oksidlovchilar ta’sirida ikki asosli karbon kislota hosil qilsa, uglevodorod(lar) tuzilishini aniqlang.
1) siklobutan; 2) buten-2; 3) metilsiklopropan;
4) 2-metilpropen; 5) buten-1
A) 4 B) 1,3 C) 4,5 D) 2,5
93. Etilen, metilsiklopropan va kisloroddan iborat 30 litr aralashma o’zaro to’liq ta’sirlashtirilgan so’ng suv bug’lari va CO2 dan iborat 32 litr aralashma hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashma tarkibidagi oddiy moddaning hajmiy ulushini aniqlang. ( Barcha hajmlar bir xil sharoitda olingan.)
A) 1/4 B) 4/5 C) 1/6 D) 2/15
94. Propan va propindan iborat aralashma bromli suv eritmasiga yuttirilganda 0,2 mol 1,1,2,2-tetrabrompropan hosil bo’ldi. Xuddu shunday aralashmani to’liq yondirish uchun 1,8 mol kislorod sarflansa, dastlabki aralashmadagi propanning miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,2 B) 0,4 C) 0,3 D) 0,1
95. Tarkibida 20 ml noma’lum uglevodorod bo’lgan uglevodorod va kisloroddan iborat 200 ml gazlar aralashmasi yondirildi va hosil bo’lgan suv bug’I kondensatlangandan keyin qolgan gazlar aralashmasi 150 ml bo’ldi. Shu aralashmaga mo’l miqdordagi kaliy gidroksid bilan ishlov berilganda gazlar hajmi 70 ml gacha kamaydi. Noma’lum uglevodorodni aniqlang.
A) 2-metilpropan B) buten-2
C) vinilatsetilen D) siklobuten
96. Etan, propen va divinildan iborat 3,9 g aralashmani (aralashmaning o’rtacha molyar massasi 39 g/mol) yondirish uchun necha gramm kislorod zarur?
A) 16,0 B) 9,6 C) 13,6 D) 19,2
Dostları ilə paylaş: |