113 YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 3-SON (YOʻPA) ijtimoiy-maishiy turmush bilan chambarchas bog‘liq. To‘g‘ri, yozuvchi badiiy shartlilik
talabiga muvofiq biroz oshirib yuborgan yoki biroz kamaytirib tasvirlagan bo‘lishi mumkin.
Nima bo‘lganda ham, yozuvchi badiiylik mezonlaridan kelib chiqib, shaxsan o‘zi ko‘rgan-
kuzatgan voqealar va kishilar taqdiri, muammolarini professional yozuvchilik qalami bilan
tarixga muhrladi.
Abdulla Qahhor hayotda ham, badiiy ijodda ham oʻz haqiqatlarini topgan, shu
haqiqatlar uchun sabot bilan kurashgan sanʼatkordir. Bu haqiqatlar uni qattiq qiynagan,
qalbida ogʻir-ogʻir tebranish va tortishuvlar paydo qilgan. Ammo u ongli hayoti va isteʼdod
quvvatini aynan shu haqiqatlarga bagʻishlagan. Koʻnglini nurafshon aylagan shu haqiqatlarga
suyanib, Abdulla Qahhor maʼnan ulgʻaygan, maʼnan ulgʻaygan sayin esa shu haqiqatlarning
boqiyligidan ilhomlangan. Abdulla Qahhorning choʻng mehnat va zargarlik bilan yaratilgan
har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Abdulla Qahhorning ijodiy shaxsiyati
behad boy va favqulodda saxovatli. Shuning uchun, rus olimasi I. Barolina toʻgʻri qayd
etganidek, “Abdulla Qahhor ijodiga qiziqish uning shaxsiyatiga, insoniy mohiyatiga qiziqish
bilan bevosita bogʻlangan. Uning shaxsiy fazilatlari – fikrlash tarzi, xarakteri, gʻayrat-shijoati,
maʼnaviy dunyosi asarlarida shu qadar yorqin aks etganki, yozuvchi Abdulla Qahhor bilan
uning shaxsi ichdan ajralmas aloqada boʻlib koʻrinadi”. Bu hammaga nasib etadigan va hamma
yozuvchidan talab qilsa boʻladigan xususiyat emas. Barcha buyuk yozuvchilardek, Abdulla
Qahhorning ham shaxsi – ijodiga, ijodi – shaxsiga bir koʻzgudir. Adib ijodini sevganlar albatta
uning shaxsiga maftun boʻladi, shaxsini bilganlar esa – uning ijodidan ayri yashayolmaydi.
Olamning oʻzgarishi – odamning oʻzgarishiga bogʻliq. Odamning ongi, fikr-qarashlari
yangilanmas ekan, hech qachon olam yangilanmaydi. Abdulla Qahhor mustabid xonlar,
sultonlar hukmronlik qilgan eski zamon insonning qoʻl-oyogʻi bilan birga ongi, aqli va qalbini
ham kishanlab tashlaganini bolaligidayoq koʻrgan, oʻsha chirkin qullik muhitida yashab
ulgʻaygan edi. Abdulla Qahhorning oʻnlab asarlari, xususan, “Oʻtmishdan ertaklar” qissasida
tasvirlangan voqea-hodisa va ijtimoiy manzaralar – asrlar mobaynida xalqni yanchib, taʼqib
etib kelgan musibat, gʻam-anduh va fojialarning oʻziga xos haqqoniy talqinidir.
Abdulla Qahhor odamning Odam boʻlib kun kechirishini, inson oʻz ahvolini bilishda
adashmasligini, tosh chaynasa ham haqiqatga xiyonat qilmasligini istagan. Agar oʻtmishda
qullik, qaramlik, zabunlik hukm surgan boʻlsa, kelajakda erkinlik, tenglik, baxtiyorlik qaror
topadi, deb umid qilgan Abdulla Qahhor. Agar moziyda mehnatkash xalq koʻzidan qonli
yoshlar oqib, ajdodlarimizning boshi musibat va kulfatdan chiqmagan boʻlsa, shoʻro zamonida
yigʻi – shodlikka, kulfat – quvonch va xotirjamlikka oʻrin boʻshatar deb ishongan Abdulla
Qahhor. Vaqt oʻtishi bilan buyuk adib bu ishonch aslida ulkan adashish, aldanish ekanini
bilgan, shirin orzu va umidlar bagʻridan umidsizlik va dilni choʻktirguvchi ishtibohlar
ulgʻayayotganiga iqror boʻlgan. Abdulla Qahhorning oʻttizinchi yillarda yozilgan “Bemor”,
“Oʻgʻri”, “Anor”, “Millatchilar” kabi hikoyalari menga yoqqan. Ularni oʻqib, “Xayriyat,
shafqatsiz, adolatsiz, oʻsha tengsizlik zamonlari barham topgan. Xayriyat, xalqimiz oʻsha
kulfat, musibat, son-sanoqsiz baxtsizliklardan xalos boʻlgan”, deb oʻylaganman. Ammo bir kun
kelib, “Nainki, hoʻkizidan ayrilgan musibatdiyda bir moʻysafidga hech kim rahm qilmasa, axir
amaldor ham odam-ku!.. Nainki, bemor xotinga goʻdakning saharlari qiladigan duosidan
boshqa davo topilmasa; nainki, sogʻ-salomat yigit boshqorongʻi xotiniga ikki donagina anor
olib berolmasa…” qabilidagi eʼtirozlar menda ham paydo boʻlishini oʻylamaganman. Ammo
shunda ham negadir Qahhorni oʻqishdan oʻzimni toʻxtatolmaganman. Abdulla Qahhor oʻtmish