Axmadqulov Zokirjon Farxodjon-o’g’li



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə15/19
tarix31.01.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#82035
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

IV. Mehnat muhofazasi
Prezident I. A Karimov Fuqaro muxofazasini dolzarbligini e’tiborga olib, o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarlarida “Siyosatimizning asl moxiyati axoli xavfsizligini taminlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan ximoya qilishdir” deb taokidlab o’tadilar. Shunday ekan, favqulotda vaziyatlarni oldindan aniqlash va axolini bo’lishi mumkin bo’lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar o’tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor xarakat qilish, insonlarning qurbon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy zararni kam bo’lishini, xavfsizlikni o’z vaqtida taominlash bular xammasi asosiy masalalardan biridir. 1994 yil 4‑martda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining FV vazirligining tashkil etilishi to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, shu o’tgan davr ichida bir necha ommaviy noroziliklar va qurolli to’qnashuvlar sodir bo’ldi. 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi 31 moddadan iborat O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Ishlab chiqarish korxonalarida fuqarolarni, ya’ni ishchilarni favqulotda vaziyatlardan ximoyalash uchun fuqaro muxofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob’ektni xavfli deb xisoblangan nuqtalarni kuzatish va nazorat qilishdan iborat.
1) Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimining boshqaruvchi kuchi "inson" ekanligini hisobga olib, uning ishlab chiqarishdagi faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim faktor-omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korhonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoitini yahshilash, jarohatlanish, kasb kasalliklarini kelib chiqarish manbalarini yo’qotish, charchash, toliqish bo’lmasligiga taalluqli chora-tadbirlarini qo’llashga bog’liqdir.
Korxonada mehnatni muhofaza qilishni ahamiyati ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan bahsiz hodisalarni oldini olish, ogohlantirish, mehnat sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarining havf-hatarsiz o’tishini ta’minlash va havfsizlik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu tadbir-choralar tehnika va tehnologiyaning to’htovsiz rivojlanayotganligini hisobga olgan holda olib boriladi.
2) Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari (gaz, tutun, chang va b.k.)ga qarab SN 245-71 ga asosan besh sinfga bo’linadi. Loyihadagi korhona chiqindi chiqarish bo’yicha 5- sinfga kiradi.
1)-1000m, 2)-500m, 3)-300m, 4)-100m, 5)-50m tanlab aniqlanib olinadi.
3) Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda ishlab chiqarish turini tanlash, homashyo va materiallarni agregat holati, jarayonni fizik kimyoviy shartlari, jarayonni davri, uskunalarni yig’ish va sozlash, isitish va sovutish turlari, texnologik reglamentga rioya etish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek jarayonni havfsizligini ta’minlashda ishchilarni kasb bo’yicha tanlash va ularni o’qitish, shahsiy muhofaza vositalarini qo’llash zarur deb hisoblanadi.
Texnologik reglament - texnologik jarayonlar havfsizligini ta’minlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Texnologik reglament yuqori tashkilot yoki korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona rahbari zamonaviy texnik nazorat va avtomatik to’g’rilash, boshqarish vositalarini qo’llab jaroyonlar havfsizligini ta’minlash maqsadida texnologik reglamentga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Texnologik reglament tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat:
1. Ishlab chiqarish umumiy tavsiyanomasi,
2. Tayyorlanadigan mahsulot tavsiyanomasi,
3. Xomashyo, materiallar tavsiyanomasi,
4. Texnologik jarayon mazmuni,
5. Texnologik rejim normalari,
6. Xomashyo va energiyani bir yilga sarflash normalari,
7. Ishlab chiqarish normalari,
8. Jarayon bajarilishidagi havfsizlik qoidalari,
9. Moddiy balans,
10. Ishlab chiqarish chiqindilari, oqava suvlar, atmosferaga moddalar tashlash,
11. Ishlab chiqarish texnologik chizmasi,
12. Mumkin bo’lgan nosozliklar, ularni sabablari va yo’q qilish usullari,
13. Asosiy tehnologik uskuna jihozlar ta’rifi.
Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda muhandis-texnikaviy vositalar qo’llaniladi, ya’ni to’siqlovchi va himoyalovchi moslamalar ishlatiladi. To’siqlovchi moslamalar vaqtincha, doimiy, ko’chiriladigan, harakatlanmaydigan, yaxlit, to’rsimon, ochiladigan holatda mavjud.
Ximoyalovchi moslamalar texnologik uskunalarni ishdan chiqish va avariya xolatidan ogoxlantirish uchun qo’llaniladi. Ular mexanik, elektrik va aralash turda mavjud.
Sanoatda qo’llanadigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo’llashda umumiy havfsizlik yullanmasi sifatida unifikatsiya, jadallashtirish, kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilikni oshirish omillari hisobga olinadi shuningdek, uskunalarga inson hususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, pishofiziologik, psixologik, gigienik talablar qo’yiladi. Talablar GOST 12.2.03-91 va QMQ 3-05-05-98 ga asoslanadi.
Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimi qo’llaniladi. Isitish esa bug’, suv va havo yordamida uyushtirilishi mumkin. Lekin ishkoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binolarda suv va suv bug’i bilan isitishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usuli qo’llaniladi.
Issiq suv yoki bug’ bilan qizdiriladigan kaloriferlar orqali havo puflanib, so’ngra binoga beriladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. Kaloriferni havfsiz va unumli ishlashi uchun shamollatgich va kalorifer tarkibi ogohlantiruvchi-daraklovchi moslamalar bilan bog’langan bo’lishi kerak.
"Elektr qurilmalarini tuzilishi va ishlatilishi" qoidasiga asosan portlashga havfliligi jihatidan A,B kategoriyaga mansub korhonalar binolari 6 zonaga, shu jumladan, yong’inga havfliligi buyicha V kategoriyaga mansub binolar 4 zonaga-sinfga taqsimlangan.
Binolarni portlash va yong’inga havfliligi zonasini-sinfini belgilashda mahsus harf va rakamlar qo`llanadi. Loyihadagi korhona B sinfiga kiradi.
Yong’in havfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo’llari o’tga chidamli materiallardan tayyorlanishi, harakat yo’lida begona to’siqlar bo’lmasligi kerak. Har bir xona va binodan chiqish-evakuatsiya yo’li kammida ikkita bo’lishi kerak. Ular orasidagi masofa L>1,5VP tenglama bilan topiladi (bu erda R- bino perimetri). Chiqish yo’li kengligi kamida 0,8-1,0m bo’lishi talab qilinadi. CHiqish yo’li orasidagi masofa SNiP-2.09.02-85 ga asosan binoni hajmi, o’tga chidamdiligi darajasi, yong’in havfliligi kategoriyasiga metr hisobida belgilangan.
Yong’inni o’chirish uchun suv, suvni kimyoviy eritmalari, ko’pik, inert gazlar, gaz tarkibli kukunsimon moddalar, turli aralashmalar ishlatiladi. Yonuvchi qattiq, suyuq, gaz holdagi moddalarni, materiallarni yong’inini o’chirishda arzon va keng tarqalgan suv ishlatilinadi.Suv yuqori issiqlik sig’imiga (bug’ hosil qilish issiqlik 2258 Dj/kg), yuqori termik chidamlilikga (17000C yuqori), bug’ hosil bo’lishida hajm kengayishiga (1 kg suv bug’lanib 1700l bug’ hosil bo’ladi) ega. Suv yuqori elektr o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo’lganligi uchun kuchlanish ostidagi elektr uskuna, jihozlar yong’inini o’chirishda qo’llanmaydi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin