Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma


IV. O’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/24
tarix25.01.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#80628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Buxoro davlat universiteti

IV. O’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo’yiladigan talablar



  1. O’quv adabiyotlari respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, demokratik uzgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy va boshka sohalardagi islohotlarning ustivor masalalari qamrab olinishi lozim. Shu bilan birga soxa bo’yicha fan, texnika va texnologiyaning so’nggi yutuqlari, ilg’or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendensiyalari xisobga olinishi shart.

  2. O’quv adabiyotlarini yaratishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari (o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, bakalavriat va magistratura) o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, fanlarda mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka utib borishga xdmda mavzularning takrorlanmasligiga aloxida e’tibor karatilishi lozim. SHuningdek, yaratiladigan o’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlaridan mustakil izlab topish kunikmalarini shakllantirishga yunaltirilgan bo’lishi kerak.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofik uzluksiz ta’lim tizimida o’quv adabiyotlari ta’lim turlari uchun tasdiklangan davlat ta’lim standartlari (yoki davlat talablari) va fanlar buyicha uzviy boglangan o’quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o’quv adabiyotlari mazkur ta’lim turida ukitiladigan boshka fanlar bilan boglikpigini va boshka ta’lim turlarida ushbu fanning o’quv dasturlaridagi uzviylikni ta’minlashi lozim.

  4. Xar bir ta’lim turi uchun yaratilayotgan o’quv adabiyotlariga pedagogik-psixologik uslubiy-didaktik, sanitariya-gigienik va boshka talablar aloxida belgilab qo’yiladi.

  5. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun fundamental bilimlar buyicha o’quv adabiyotlari asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.

  6. Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chukurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga muljallangan bulib, kuprok chukurlashtirib ukitiladigan fanlar buyicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez uzgaruvchan, chukurlashtirib ukitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar buyicha elektron o’quv adabiyotlari tayyorlanadi.

  7. O’quv adabiyotlarning mazmuni bilim oluvchilarda mustakil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni boskichma-boskich boyitish, mukammallashtirib bopish, mustakil ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish kunikmalarini xosil kilishni ta’minlashi kerak.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin