Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/24
tarix25.01.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#80628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Buxoro davlat universiteti

Elektron uslubiy qo’llanma - pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish xdmda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarkatish shakli. Elektron uslubiy qo’llanmada pedagogik tajriba mashgulotlarning rakamlashtirilgan video-lavxalari, elektron yoki unga ugirilgan shaklda yaratilgan o’quvchilar ishlarini darslar buyicha rejalashtirilgan shakliDa kursatiladi.

  • Elektron o’quv qo’llanma - fanning o’quv xajmini kisman yoki tulik kamragan va axborotning adaptatsiya blokini uz ichiga olgan bulib, masofaviy ukitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallangan.

  • Elektron ma’ruza - interaktiv elementlar va giperuzatishlarni kullab, o’quv fani ma’ruza materialini namoyish kiluvchi multimedek tizim.

    35. O’quv-megodik majmua (UMM) - davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bulgan bilim, kunikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyixalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustakil bilim olish va urganishni xdmda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirishga yunaltirilgan o’quv -uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, ukitish texnologiyasi, baxolash metodlari va mezonlarini uz ichiga oladi.
    Fanning o’quv-metodik majmuasi komponentlarining mazmuni Davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofik, hamda shaxsga yunaltirilgan, rivojlantiruvchi va mustakil ta’lim olish texnolologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqiladi.


    VI. O’quv adabiyotlariga qo’yiladigan umumiy talablar
    36. Ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qatiy nazar barcha o’quv adabiyotlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
    davlat ta’lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi;
    ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va uqitishning interaktiv uslublarini tadbiq qilishda kumak berishi;
    tegishli o’quv fanining nazariy va amaliy rivojlanishida, uzok va yakin utmishdagi boy intellektual merosimizning urni va axamiyatini kursatishi;
    intellektual insonparvarlik goyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy xayotda uta mas’uliyatliligini anglatishga karatilishi;
    vatanparvarlik va milliy gurur xissini shakllantirishi, mustakil va ijodiy fikrlashga yunaltirishi; ma’naviy-axlokiy sifatlarni shakllantirishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashi;
    bilimlarni ongli ravishda uzlashtirish, qiziqish uygota oladigan va mustakil fikrlashga yunaltira oladigan xususiyatlarga ega bo’lishi;
    bilim oluvchilarning ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirishga karatilishi, mustakil ta’lim olishga qiziqish uygotishi;
    yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (konunlar, ayniyatlar, tasniflar va xokazo) dan tashkil topishi illyustratsiyalarga boy, kurgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jixatdan amaliy faoliyatga karatilgan bo’lishi;
    bilim oluvchilarning yoshi psixo-fiziologik xususiyatlarini xisobga olishi; bilimlarning mutlokligi va nisbiyligini yorkin ifodalashi;
    ta’lim oluvchilarning bilimi, o’quvi va kunikmalarini nazorat kilish imkoniyatiga ega bo’lishi;
    ta’lim va tarbiyani ijtimoiy xayot, unumli mexnat bilan uzviy boglanishiga e’tibor berishi;
    fan va texnika yutukdarining axamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning mantikiy ketma-ketlikda, fanning o’quv dasturiga muvofik bayon etilishi;
    yaxlitlikni idrok kilish xissi shakllanishi uchun barcha ma’lumotlar mantikiy bir tizimda berilishi;
    matn jozibasi shaklda bayon etilishi;
    asosiy tushuncha. va xulosalarning ta’riflari nixoyatda anik va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilittgi^
    37. Sanab utilganlardan tashkari xar bir ta’lim turining o’quv adabiyotlariga uziga xos bulgan talablar qo’yiladi, jumladan:
    o’quv dasturiga tula mos keladigan va undagi mavzularni tulaligicha qamrab oladigan shaklda yozish;
    mavzularning soddadan murakkabga tomon usishini, hamda _uzaro bogdikligini ta’minlash;
    rasmlar, grafiklar, jadvallar, sxema va diagrammalar berilgan ma’lumotlar va tushuntirishlar bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak;
    darslikdagi takrorlanuvchi tushunchalarga va rioya kilinishi kerak bulgan qoidalarga e’tiborni jalb etish maksadida maxsus belgilardan foydalanish zarur. fan, texnika va texnologiyalarning eng sunggi yutuklarini itsobatga olinishi;
    O’zbekistonning turli xududlaridagi o’quvchilarning bilimga bulgan extiyojlarini va milliy xususiyatlar, turli madaniyatlarning xisobga olinishi;
    o’quvchilar yoshi, saviyasi va psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olinishi, ugil va kizlarning qiziqishlarini teng ravishda va tula darajada xisobga olish kabi ongli tarzda tuzilgan misollar va dalillar mavjudligi.
    38. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi o’quv adabiyotlarga kuyidagi qo’shimcha talablar qo’yiladi:
    kasbga qiziqishni kuchaytirish, uni mustaxkam egallashga va zamonaviy bilimlar asosida rakobatbardosh mutaxassislar chikishini ta’minlashi;
    mustaqil va erkin fikr yuritish, mas’uliyatli karorlar kabul kilishga kodir bulgan shaxslarni tarbiyalashi;
    qaysi fanga tegishliligidan katiy nazar nazariy bilimlar amaliyot bilan keng boglikligini ta’minlanishi;
    o’quvchida yaxlitlikni idrok kilish x,issi shakllanishi uchun barcha ma’lumotlar mantiliy bir tizimda berilishi;
    muayyan fan soxasiga xos xususiyatlardan kelib chikib, estetik va dizayn kursatkichlarda ilm-fan yutuklarini tasvirlaydigan kurgazmali ma’lumotlar-kurilma, apparatlar yoki ularning ma’lum kismlari va boshkalar turli rangda berilishiga e’tibor karatilishi.
    matnni tushunarli va mantiqiy usulda tuzish, o’rganish jarayonini osonlashtirish uchun rasmlar, sxemalar va chizmalarni qo’shib joylashtirish;
    darslikda o’rganiladigan mavzu va mashg’ulotlar guruxda o’quvchilarning turlicha qobiliyatli ekanliklarini inobatga olgan xolda berilishi lozim;
    o’quv materialida o’quvchilarni faol bulishga va tankidiy fikrlashga undovchi va ularning qiziqishlarini o’ziga jalb qiladigaq jihatlarning mavjud bo’lishi; fanlararo va fan ichida o’zaro bog’liklikni ta’minlanishi;
    o’quvchilar mustakil ishlari uchun amaliy topshiriklar, mashklar, loyixalar bilan ta’minlanishi:
    matnda atrof-muxit, uning ifloslanish va jamiyat salomatligi muammolari hamda ularni xal kilish yullari aks ettirilishi;
    topshiriklar va vazifalar keng kulamli o’quvchilar bajaradigan amaliy ishlarni juftlikda yoki kichik guruxlarda tashkil etish imkoniyatini berish;
    o’quv materiallarining, dalillardan namunalarga, namunalardan farazga, farazdan- izlanishga, izlanishdan-amaliy kullashga, abstrakt ilmiy bilimdan-anik kasbiy bilimga, bilimdan-amaliy kunikmaga utishga yunaltirilganligi;
    kasbiy xarakterga ega bulgan va mustakil ishlashlari uchun muljallangan muammoli savollar, topshiriklar, mashklar, loyixalar bilan ta’minlanishi.
    39. Oliy talimning bakalavriat va magistratura boskichlaridagi o’quv adabiyotlarga kuyidagi qo’shimcha talablar qo’yiladi:
    o’qitiladigan fanlar va ularga tegishli o’quv adabiyotlarning mazmun-moxiyati nixoyatda chukur ilmiy-uslubiy, yukori sifat kursatkichlarda bo’lishi;
    o’quv adabiyotlardagi xar bir bob yoki mavzuning mazmuni tushunarli, ilmiy goya va tushunchalar moxiyati anik va ravshan bayon etilishi;
    matnni xotirada saqlashni osonlashtirish, mavzular ixcham chizmalar, turli tasviriy ifodalar, jadval hamda rasmlar bilan ta’minlanishi;
    aniq va tabiiy fanlar buyicha ilmiy tushuncha va goyalar, konun va konuniyatlar, tarixiy xodisa va ijtimoiy jarayonlarning xayotiyligi; taxliliy munosabatning etarli darajada bo’lishi;
    muallif va talaba o’rtasida fikrlarning mantikiy bayoni jarayonida uzaro bog’liqk ta’minlanishi;
    mavzularning bir-biriga mantщan boglikligi va ketma-ketligining saklanishi; darslikda amaliy va tajriba mashgulotlarni bajarish hamda maiщlarni echish buyicha uslubiy ko’rsatmapar berilishi, matn, illyustratsiya va grafiklar yordamida bilim olish orkali kengaytirilgan amaliy kunikmalarni shakllantirish imkoniyati bo’lishi lozim.
    o’quv maksadlari va vazifalarining aniq belgilanishi;
    nazariy va amaliy mazmunning uzaro makbul va boglik xolda taksimlanishi;
    fanlararo va fan ichida uzaro bogliklikni ta’minlanishi;
    mazmun juda ishonchli va ^aloxiyat bilan yoritilishi kerakki, unda mualliflarning fan, texnika va texnologiyalar sunggi yutuklaridan foydalanganligi kurinib tursin;
    mazmun dalillardan namunalarga, namunadan-farazga, farazdan-izlanishga, izlanishdan-amaliy kullashga, abstrakt-ilmiy bilimdan-anik kasbiy bilimga, bilimdan-amaliy kunikmaga utishni ta’minlanishi;
    o’quv materialida atrof-muxit, ifloslanish va uni tozalashning xal kilish yullari aks ettirilishi;
    topshiriklar va loyixalar talabalarni individual yoki kichik guruxdarda ishlash imkoniyatini berish;
    tasviriy materiallardan maksimal foydalanish, dinamik jarayonlarni urganishni osonlashtirish maksadida elektron ta’lim vositalarini (multimedia, animatsiya, virtual stendlar va x.k.) darslikka qo’shimcha material sifatida ilova kilish;
    o’quv materiallarida talabalarn^ faol bulish va tankidiy fikrlashga undash va ularning fanga bulgan qiziqishlarini kuchaytiruvchi jixatlarining mavjud bo’lishi;
    talabalarning uz bilim va kunikmalarini tekshirishlari uchun nazorat savollari va testlar bilan ta’minlanishi, ularning dasturlashtirilgan elektron versiyalarini qo’shimcha materiallar tarkibiga kiritish:
    kasbiy xarakterga ega bulgan va talabalar mustakil ishlashlari uchun muljallangan muammoli savollar, topshiriklar, mashklar, loyixalar bilan ta’minlanishi;
    zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining yaratilishi.
    40. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jamiyatning yukori malakali ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlarga bulgan extiyojlarini ta’minlashga karatilgan bulganligini inobatga olib, ushbu ta’lim turidagi o’quv adabiyotlari (oliy ta’limda kullaniladigan adabiyotlar bilan birgalikda davr^y-ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, ilmiy monografiyalar, sharxlar, dayjestlar, tarjima adabiyotlar) kuyidagi talablarga javob berishi kerak:
    ilm-fanning sunggi yutuklari yoritilishi;
    ilmiy tadkikotlarni talab darajasida olib borishga xizmat kilishi;
    tegishli soxa menejmentiga oid strategik vazifalarni uzida aks ettirilishi;
    ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-tarbiyaviy faoliyatni ilmiy asosda olib borishga qaratilishi;
    fanga tegishli sunggi muxim ilmiy natijalarning berilishi; fanga tegishli ilmiy tadkikot metodlarning tavsiya etilishi; tadkikot orkali bilim olishga imkoniyat yaratishi;
    eksperimental tajribalar utkazish va natijalariga matematik ishlov berish uslublari bayon etilishi.

    1. Kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlashda kasbiy bilimlar va kunikmalarni chukurlashtirish, malakal^rni mustaxkamlash va yangilashga muljallangan mazkur ta’lim turida o’quv adabiyotlarga kuyidagi talablar qo’yiladi:

    tegishli soxalar buyicha ma’lumotlarga boy, ensiklopedii xarakterda va kichik adadli maxsus tarkatma material shaklida bo’lishi;
    muayyan soxa buyicha ilm-fanning va ishlab chikarish texnologiyalarining sunggi yutuklari yoritilishi;
    tegishli soxa menejmentiga oid strategik vazifalar yoritilishi; ilmiy-pedagoglik, ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-tarbiyaviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish va olib borishga karatilishi;
    kasbiy maxorat, bilimlar va kunikmaparni oshirish, chuqurlashtirish hamda yangilashga xizmat qilishi.
    O’quv materialining modulli yondashuv yoki muammoli asosida takdim etil inti: zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metod ikal ar dan foydalanish; qo’shimcha elektron manbalarga ega bo’lishi;
    loyixalar, ilmiy va ijodiy xarakterdagi topshiriklar, eksperimental tajribalarga boy bo’lishi.

    1. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratiladigan darsliklar kuyidagi asosiy funksiyalarni ruyobga chikarishga karatilgan bo’lishi kerak:

    Axboriy funksiyasi. Ta’lim oluvchi muayyan fan buyicha egallashi majburiy bulgan bilim va kunikmalar mazmunini qamrab olganligi.
    tizimlovchi funksiyasi. O’quv fani mazmuni tizimlangan shaklda kat’iy ketma- ketlikda va izchillikda oddiydan murakkabga rioya kilingan xolda bayon kilinishini ta’minlashi.
    Muvofiklashtiruvchi funksiyasi. Darslikning bu funksiyasi o’quv materialini loyixapash jarayonida boshka o’quv manbalarida keltirilgan materiallarni urganish, ular orasida uzviylikni ta’minlash, axborot okimini tez uzlashtirish va olgan bilimlarini chukurlashtirish, hamda amaliy faoliyat jarayonida kullash yullarini topishni qamrab oladi.
    Mutaxassislikka yo’naltirilganlik funksiyasi. Darslikning mazmuni o’quvchi- talabaning mutaxassislik buyicha ishlab chikarish jarayonlari, ob’ektlari, texnika va texnologiyalar tugrisidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo’lishini ta’minlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma’lumotlarni mustakil taxlil kilish va uzlashtirish kunikmalarini shakllantirishga karatilishi.
    Didaktik funksiyasi. Ta’lim oluvchining kobiliyati va extiyojiga mos ravishda o’quv materialini mustakil uzlashtirishga hamda asosiy mazmunni ajratish, taxlil kilish, umumlashtirish va xulosalash kunikmalarini shakllantirish uchun xizmat kiladi.
    O’zlashtirgan bilimlarni mustaxkamlash va uz-uzini nazorat kilish funksiyasi. Ta’lim oluvchining ukituvchi raxbarligida yoki mustakil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib uzining bilimini tekshirishi, hamda bilimiga tayangan xolda amaliy mashgulotlarni bajara olishiga karatilgan faoliyatlarga kumaklashishdan iboratdir.
    Talabalarni mustakil ta’lim olishga kiziktirish va ijodkorlikka undovchi funksiyasi. Ta’lim oluvchilarda mustakil tarzda ta’lim olishga bulgan ishtiyok, extiyoj va zaruriyatni uygotishi, etishmaydigan bilimlarni mustakil tarzda to’ldirishga yordam berishga yunaltirilgan. Ushbu funksiya ta’lim oluvchilarga mustakil ravishda bajarishi lozim bulgan loyixdlar, muammoli savollar va topshiriklar berilishi orkali ularda izlanuojlantiruvchi-tarbiyalovchi funksiyasi. O’quv materiallari asosida shaxsning davlat vavchanlik kobiliyatlarini rivojlantirish tarzida amalga oshiriladi.
    Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi funksiyasi. O’quv materiallari asosida shaxsning davlat va xalqiga e’tikodni, ma’naviy-insoniy xislatlarni, vatanparvarlikni, mexnatsevarlik kabi boshka ijobiy xislatlarning faol shakllanishiga kumak berishdan iborat.
    Har bir bilim va ta’lim soxalari xususiyatidan kelib chikib, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan xolda tayanch oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengash karori asosida o’quv adabiyotlariga qo’shimcha maxsus talablar belgilashi mumkin.
    XULOSA
    Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
    Joriy yilning 15 – martida qabul qilingan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tanishib chiqildi. Qarorda ta’lim jarayoni sifatini oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
    Fizika fanidan akademik litsey va kasb hunar kollejlarining o’quv dasturining tarkibi va mazmuni shu davrgacha amal qilib kelgan o‘n bir yillik umumta’lim maktablarining fizika dasturi tarkibi va mazmuniga yaqindir. Bunda 6-9-sinflarda o‘rganilgan fizik bilimlarning akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta’lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e’tibor qaratildi.
    Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo’yilgan talablar va uning mazmuni hamda chop etishga qo’yiladigan talablar bilan tanishib chiqildi.
    II. KASB – HUNAR KOLLEJLARIDAGI MAVJUD DARSLIKLARNI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
    2.1. M.X.O’LMASOVA,, FZIKA” I,II,III KITOBLAR TAHLILI
    Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining kelgusi taraqqiyot yo‘lini— bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lni tanladi. Bozor iqtisodiyotining asosini raqobat tashkil etadi. Bu esa hayotimizning hamma sohalarida tub o'zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar jahon andazalariga mos, raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Bu, o‘z navbatida, kadrlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni chuqur va har tomonlama bilimdon bo'lishini taqozo qiladi. Shu bois respublikamizda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish haqida farmon chiqarildi va u amalga oshirilmoqda. Umumiy ta’lim maktablari akademik litseylar va kasb- hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavr va magistr bosqichlari kadrlar tayyorlash tizimining asosini tashkil qiladi. Tabiiyki, bu bilim dargohlarida o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar butunlay yangi o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Yangi dasturlarda berilajak bilimning bosqichma-bosqich chuqurlashuvi va amaliy tatbiqi o‘z aksini topgan.
    O‘zbekiston Respublikasi 1997 yilda milliy ta’lim konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu dasturda qayd etilishicha, ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu muammo darsliklarni, o‘quv dasturlarini milliy mafkuraga mos holda tuzishni taqozo etadi.
    Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi va „0‘qituvchi“ nashriyoti tomonidan ana shu dasturlar talabiga javob beradigan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi va chop etildi. Jumladan: O.I Axmadjonov, R.B.Bekjonov, SH.M Kamolxo’jayev, H.A.Rizayev “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 1992 yil, N.M. Shaxmayev, S.N. Shaxmayev, D.SH. Shodiyev ,, Fizika” M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.S. No’monxo’jayev, M.A.Fattohov, B. Normatov , N.A. Nurmatov, K.A.Tursunmetov, A.M . Xudoyberganov ,, Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2005 yil va ho kazo.
    Biz bu magistrlik dissertatsiyasi ishida bugungi kunda AL VA KHK larida qo’llanilib lelinayotgan M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil kitoblarini o’rgandik va tahlil qilib chiqdik.
    M.X O’lmasova “Fizika” nomli darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan aniq va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun fizikadan o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib 3 ta kitobdan tashkil topgan. Qo'llanmaning kirish qismida ilmiy qarashning vujudga kelishi va rivojlanishi qisqacha bayon etilib, bunda IX—XIII asrlarda yashab ijod etgan yetuk allomalar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Chag‘miniy kabi buyuk vatandoshlarimizning fizikaga oid ishlari va fikrlari haqida, ulardan bir necha asr keyin shakllangan fizika fanining asosiy qonunlarini va tushunchalarini o’z kuzatuvlarida ilmiy izlanishlaridan kelib chiqib bashorat qila bilganlari haqida gap yuritilgan.
    Shuningdek, O’zbekistonda fizika va texnikaning taraqqiyoti bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy va amaliy ishlar, bunda bir qator o‘zbek akademik olimlarining qo‘shgan va qo‘shayotgan salmoqli hissalari ham qisqacha yoritilgan.
    Qo‘llanmaning ,,Mexanika va molekulyar fizika” nomli I kitobida kinematika, dinamika, statika hamda suyuqlik va gazlar mexanikasi, molekulyar fizika bo‘limining molekulyar- kinetik nazariya asoslari, termodinamika asoslari, suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi, suyuqliklarda sirt taranglik va qattiq jismlar fizikasiga oid bo’lim va mavzular yorib berilgan bo’lib u 430 sahifadan iborat.

    Akademik litseylarning fizikadan o‘quv dasturi o‘rta maktab va oliy ta’limdagi dasturlardan farq qilib, ular orasidagi oraliq holatni egallaydi. Shuning uchun qo’llanmada nazariy qismning bayonida o‘rta maktabda beriladigan fizik tushunchalardan keng foydalanilgan bo‘lsa, ba’zan oliy ta’lim dasturiga kiradigan mavzular o‘quvchilarga tushunarli tarzda soddaroq bayon etilgan.


    Qo’llanmada materialning nazariy qismi tugallanishidan so‘ng shu qismga kirgan har bir mavzuga oid tipik masalalar tanlanib, ularning izohli yechimi berilgan. Bundan tashqari, yechimi ko'rsatilgan har bir tipik masalaga mos bir yoki bir necha masala mustaqil yechish uchun berilgan. Ilovada barcha masalalaming javoblari keltirilgan. Shu bilan birga, o‘quvchilarning o‘z nazariy bilimlarini nazorat qilishlariga imkoniyat yaratuvchi mavzuga doir savollar ham berilgan.
    “Elektrodinamika, tebranishlar va to’lqinlar” nomli II kitob „Mexanika va molekular fizika“ nomli birinchi kitobining davomi bo‘lib, u fizikaning „Elek- trostatika“, ,,O'zgarmas tok“, „Turli muhitlarda elektrtoki“, „Magnit maydon“, „Elektromagnit induksiya“, „Modda!arda magnit maydon“, „Mexanik tebranishlar va toiqinlar“ , „Elektromagnit tebranishlar va ,,0‘zgaruvchan tok“ bo'limlarini o'z ichiga olgan. Shuningdek, kitobning so’zboshi qismida “bu bo‘limlarda o'quv dasturida qayd etilgan, akademik litsey o'quvchilari bilishi, ular haqida ma’lumotga ega bo’lishi maqsadga muvofiq deb topilgan oliy o'quv yurtlarida o'qitiladigan bir qator yangi mavzular o'quvchilarning bilim doirasini hisobga olib soddalashtirilgan holda bayon etilgan. Ostrogradskiy —Gaus teoremasi; segnetoelektrik va pyezoelektriklar; Kirxgof qoidalari; Om qonunining differensial ko'rinishi; termoelektron energetik o'zgartkichlar; integral sxemalar; Bio— Savar— Laplas qonuni; Xoll effekti; dia-, para- va ferromagnetiklar; bir fazali, ikki fazali va uch fazali toklar va boshqalar shular jumlasidan” - deb ko’rsatilgan.
    Har bir mantiqan tugallangan mavzulardan so'ng takrorlash uchun savollar, nazariy bilimlarni mustah- kamlash va amalda qo'llanilishiga yo'naltirilgan ayrim masa- lalarning izohli yechimlari hamda mustaqil yechish uchun masalalar berilgan bo’lib bu ikkinchi kitob 383 betni tashkil qiladi.
    “Optika, atom va yadro fizikasi” nomli III kitob bo’lib, u «Mexanika va molekulyar fizika» 1- kitob va «Fizika. Elektrodinamika asoslari. Tebranishlar va to‘lqinlar» 2- kitobning mantiqiy davomidir. 0‘quv qo'llanmada fizika kursining «Elektromagnit to‘lqinlar», «Fotometriya», «Geometrik optika», «To‘lqin optikasining asoslari», «Nisbiylik nazariyasining element- lari», «Kvant fizikasi», «Atom fizikasi», «Yadro fizikasi» va «Ele- mentar zarralar haqida tushuncha» bo‘limlari mujassamlashgan. Bu qo’llanmada ham, xuddi avvalgilaridagi kabi o'quv dasturida qayd etilgan, akademik litsey o'quvchilari tanishib chiqishi lozim deb topilgan (oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan) bir qator yangi mavzular o'quvchilarga tushunarli tarzda bayon etishga harakat qilingan. Maksvell tenglamalari, Ferma prinsipi, Frenel-Gyuygens prinsipi, Malyus qonuni, Buger-Lambert qonuni, geliotexnika elementlari, kombinatsion prinsip, moddaning to'lqin xossalari, Geyzenbergning noaniqlik munosabatlari, atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlari, spin, Pauli prinsipi, optikada nochiziqiy effektlar, kosmik nurlar kabi mavzular shular jumlasidandir. Shuningdek, lazerlar fizikasi, radioaktiv izotoplar, kosmik nurlar kabi sohalarda O'zbekistonda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar haqida qisqacha ma’lumot berilgan bo’lib ushbu kitob 383 betdan iborat.

      1. A.G. G’ANIYEV ,,FIZIKA” I, II QISMLAR TAHLILI

    A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonovadan iborat mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan „Fizika“ bo'yicha o'quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan 2 ta kitobdan iborat.
    Darslikning I kitobida fizikaning mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari bo'limlari yoritilgan
    Bizga ma’lumki, fizikani o‘qitishdan asosiy maqsad, birinchidan, tabiatning fundamental qonunlarini ilmiy asosda tushuntirish, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarash va falsafiy mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish, texnikada va turmushda foydalanilayot- gan uskunavavositalarning ishlash prinsipini tushuntiruvchi fizik jarayonlar haqida tasawurlarni shakllantirish boisa; ikkinchidan, ta’lim olishni davom ettirish, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va ilmiy izlanishlarini davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratishdan iboratdir.
    Har bir mavzuning boshida uning qisqacha mazmuni, oxirida esa sinov savollari keltirilgan. Har bir mavzu kichik mavzuchalarga ajratilgan bo’lib, ular mavzuning o‘qitilishdan ko'zlangan maqsadni va zaruratni aniqlashtirishga, javobni esa konkretlashtirishga imkon beradi. Darslikning yozilish usuli mashg'ulotlarni model sistemasida o‘tilishiga zamin bo‘la oladi deb hisoblangan.
    Shuningdek, har bir bobdan keyin tegishli mavzularga aloqador mashqlar, qo‘llanma oxirida esa zarur ma’lumotlar keltirilgan bo’lib 367 sahifadan tashlik topgan.
    Darslikning II kitobi Toshkent - 2013 yil “ O’qituvchi” nashriyotida nashr qilingan. Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2010-yil 1-iyuldagi 6/1 va 4/2-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan hamda akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun fizika fanidan uzviylashgan o‘quv dasturi sifatida uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan o'quv dasturiga muvofiq qayta ishlangan. Unda fizika kursining „Optika“ va „Kvant fizikasi asoslari“ bo‘limlari bayon etilgan. Har bir mavzu bo‘yicha sinov savollari, boblarning oxirida masala yechish namunalari, mustaqil yechish uchun masalalar va test savollari keltirilgan bo’lib bu kitobning hajmi 206 sahifani tashkil qiladi.



      1. TAHLIL QILINGAN DARSLIKLARDA UCHRAGAN KAMCHILIKLAR.

    Bugungi kunda akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida qo’llanilib kelinayotgan darslik va qo’llanmalar o’rganilib, tahlil qilish jarayonida ba’zi kamchiliklar aniqlandi. Jumladan M.X. O’lmasova “ Fizika” darsligi fizika chuqurlashtirilgan fan sifatida o’rganiladigan aniq va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchunmo’ljallangan dastur asosida yozilganli bois ko’plab qo’shimcha mavzular darslikka kiritilib yoritib berilgan bo’lsada fizika fanidan akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining o’quv dasturida ko’rsatilgan ba’zi bir mavzularning yetarlicha ochib berilmaganligi yoki umuman kiritilmaganligi aniqlandi. Bu mavzular quyidagilar:
    Kirish qismida:
    1. Markaziy Osiyo buyuk allomalarining kashfiyotlari, fizik qonuniyatlarining fizika fanida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida yetarlicha to‘liq malumotlar bilan boyitilmaganligi;
    2. Bugungi kunda O’zbekistonda fizika va texnika rivojiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan fizik olimlar, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida foliyat yuritayotgan akdemiklar va ularning fizika sohasida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlarning yetarli emasligi;

    1. Kinematika bobida:

    1. Kinematikaning vazifalari haqidagi ma’lumotlarning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi;

    2. Tezliklar nisbiyligi to’g’risidagi ma’lumotlarning yetarlicha mavjud emasligi.

    VIII.Termodinamika asoslari bobida:

    1. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari mavzusidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi

    1. Magnit maydon bobida:

    1. Axborotlarni magnit usulida yozish. Magnit disketalar va ularning qo’llanilishi haqida ma’lumot berilmaganligi.

    XVII. Nisbiylik nazariyasi elementlari bobida:

    1. Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni

    XX. Yadro energetikasi bobida:

    1. Atom elektrostansiyasi,

    2. Yadro energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish istiqbollari va shu kabi bir qancha mavzularning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi aniqlandi

    A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonovadan iborat mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan darslik Kizika fanidan akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining o’quv dasturi asosida yozilishiga qaramasdan boblar va mavzular bo’yicha dasturda keltirilgan ketma – ketlikka mos kelmasligi va ayrim mavzular yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi yoki umuman mavzuning qoldirib ketilganligi adbiyotlar tahlili paytida aniqlandi.
    I. Kinematika bobida:

    1. Tezliklarning nisbiyligi to’g’risida ma’lumot berilmaganligi

    1. Dinamika bobida:

    1. Jismlarning bir necha kuchlar ta’siridagi harakati.

    2. Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish.

    IV.Tebranishlar va to’lqinlar bobida:

    1. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi

    2. To’lqin uzunligining tebranish davri va chastotasiga bog’liqligi

    VIII. Termodinamika asoslari bobida:

    1. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari

    va shu kabi bir qancha mavzularning yetarlicha to’liq ochib berilmaganligi aniqlandi hamda ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishida bu kamchiliklarni bartaraf qilishga e’tibor qaratildi.

    XULOSA
    Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi va „0‘qituvchi“ nashriyoti tomonidan ana shu dasturlar talabiga javob beradigan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi va chop etildi. Jumladan: O.I Axmadjonov, R.B.Bekjonov, SH.M Kamolxo’jayev, H.A.Rizayev “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 1992 yil, N.M. Shaxmayev, S.N. Shaxmayev, D.SH. Shodiyev ,, Fizika” M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2003 yil, A.S. No’monxo’jayev, M.A.Fattohov, B. Normatov , N.A. Nurmatov, K.A.Tursunmetov, A.M . Xudoyberganov ,, Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 2005 yil va ho
    Biz bu magistrlik dissertatsiyasi ishida bugungi kunda AL VA KHK larida qo’llanilib lelinayotgan M.X O’lmasova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil, A.G.G’aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” Toshkent – “ O’qituvchi” nashriyoti – 19923 yil kitoblarini o’rganilib, tahlil qilib chiqildi.

    III. DARSLIK VA QO’LLANMALARDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH
    3.1.TABIATNI O’RGANISH ILMIGA MARKAZIY OSIYO BUYUK ALLOMALARINING QO’SHGAN HISSALARI.
    O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. O‘zbekiston olimlari uzoq o‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol o‘rganib, o‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.








    Yüklə 1,44 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin