Axmedova fotima



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə1/5
tarix16.04.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#98918
  1   2   3   4   5
Axmedova fotima


AXMEDOVA FOTIMA




2.1. Testologiyaning fan sifatida shakllanishining tarixiy ildizlari
Testologiya ( ing. Test – sinov,yunoncha logos –bilim,ta`limot) – diagnostika metodikalarini yaratish va ularni tavsiflash haqidagi fan. Fan sifatida testologiya 19 sarning oxiri 20 asrning boshlarida yuzaga keldi.
Testologiyaning rivojlanish tarixi-respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo’nalish ekanligi qayd etilib, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini orttirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri, oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni yo’lga qo’yilishi sanaladi. Dastlab jahonning rivojlangan mamlakatlarining bu sohadagi ilg’or tajribalari o’rganildi va 1992-93 o’quv yilida mamlakatimizning 19 ta oliy ta’lim muassasalariga qabul tajriba sifatida test sinovlari asosida qabul qilindi. Mazkur jarayonning samaradorligi yuqori bo’lganligini e’tirof etgan holda 1993/94 o’quv yilida ushbu tajriba barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi. 1996-1997 o’quv yilidan boshlab ko’p variantli test topshiriqlari joriy etildi va ushbu jarayonning samaradorligiga erishildi. Testologiyaning rivojlanishiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi munosib hissa qo’shgan. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni test sinovi orqali qabul qilishni individual tarzda, ya’ni har bir abituriyent uchun alohida test kitobchalarining tavsiya etilishi, olingan natijalarning sifat va miqdor jihatdan tahlil etilishi, asosli xulosalar chiqarilishi, har bir o’quv fani bo’yicha qiyin o’zlashtiriladigan mavzularning aniqlanishi, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatini yaratdi. Testologiyaning prinsiplari va metodlari hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda. Testologiyani qo’llashda umumiy xususiyatlar: testlar tuzish metodikasi, samaradorlik, variativlik, validlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o’ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test topshiriqlarini tuzish metodikasi, test sinovining o’tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o’lchovi ham e’tiborga olinishi lozim.
Testologiya – sifatli va ilmiy asoslangan diagnostik metodikalarni yaratish haqidagi fan. Psixologiyada testologiyaning mazmuni differentsial psixometrika mazmuniga mos keladi.

Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin