Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə50/205
tarix21.10.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#158325
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   205
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) – o‘z xohishicha Xudoning ismini fikrida yod qilib turish va butun qalbni u bilan to‘ldirish. Shunday qilganda, pastkashlik, hasad, ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razillik va riyokorlik ko‘ngilga yo‘l topa olmaydi.


  • Tavajjux ilal-loh - butun ichki mohiyatini Xudoga qaratish, unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan boshqa narsa borligini his etmaslikdir. O‘z vujudini yo‘qotish, Haqning abadiy va azaliy vujudini boshqa bilim bilan ko‘ra bilishdir.


  • Sabr – o‘z ixtiyori bilan nafs doirasidan mashaqqatlar chekib bo‘lsa ham, o‘zini olib qochishdir. Maqbul bo‘lgan to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun, kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad shundaki, dil kuduratlardan poklanishi, ruh esa, agar nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topishi zarur.


  • Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) – erishilgan darajada mushohada yuritish, qalbni arzimas his-tuyg‘ulardan holi qilib tozalash va xotirjamlikka erishish. Kurash, riyozat chekish yo‘li bilan hosil qilingan yo‘l haqqoniy tuhfa etilgan tabiiy amal bo‘lib, yaratilish haqiqatining g‘alabasi sifatida paydo bo‘ladi va shuning uchun ham rivojlanib boradi.


  • Rizo - shaxsning nafs erkinligidan chiqib, Xudo xushnudligiga kirishi va azaldan nimaga ishongan bo‘lsa, o‘щani o‘z bo‘yniga olishidir. O‘z irodasicha, toabad qoladigan narsaga voqyeylik sifatida qaytib, o‘limga o‘xshash o‘tkinchi narsaga e'tiroz bildirishdir.

    Kubro Al-Bag‘dodiyning «xushyorlik maktabi» ta'limotiga tayanadigan 12 bosh bo‘g‘indagi birodarlik firqasidan biri bo‘lgan kubraviya tariqatiga asos soldi. U sufiylikning Markaziy Osiyodagi maktabi bo‘lib, sunnaviylikka asoslanar edi. XV asrga kelib, kubraviyadan ikki mustaqil shialik birodarligi – Zahobiya va Nurbaxshiya tariqatlari ajrab chiqdi.


    Tashkiliy jihatdan Kubraviya xonaqohlarda o‘z-o‘zini boshqaradigan ozod anjuman bo‘lib, uning boshida xalifa turar edi. Dastlab bu birodarlik tariqati jamoa bo‘lib zikr tushish paytida jahriy zikrni (baland ovoz chiqarish) qo‘llar ediki, Markaziy Osiyo tasavvufi an'analariga zid edi. Keyinchalik kubraviyaning ba'zi shahobchalari va guruhlari bu amaliyotdan voz kechib, faqat sekin yoki shaxsiy zikr bilan qanoatlana boshladilar, ammo Soktariy (Buxoro yaqinidagi) qishlog‘idagi kubraviy xonaqohida XVIII asrning oxirlarigacha har ikki xildagi zikrdan foydalana boshladilar.
    Kubraviya maktabi bir qator mustaqil shahobchalar vujudga kelishiga sabab bo‘ldiki, ular musulmon dunyosi Sharqida keng tarmoq otdilar. Bular quyidagilar edi:

    Firdavsiya – Sayfiddin Boharziy shogirdining xalifasi bo‘lgan, 1300 yillarda vafot etgan Najibuddin Muhammad tomonidan tashkil etilgan va Hindistonda (Dehli, Bihar) tarqalgan.

    Nuriya – 1317 yilda vafot etgan Abdurahmon al-Isfaroiniy tomonidan asos solingan bo‘lib, Kubraviyaning Bag‘dod shahobchasi hisoblanadi.

    Rukniya – o‘z kelib chiqishini 1261-1336 yillarda yashagan Rukniddin as-Simnoniydan olgan «vahdat ash-shuhud» ta'limotidagi birodarlik tariqati.

    Xamadoniyai oliya
    – Kashmirda islomni yoyishda faollik ko‘rsatgan Sayyid Ali ibn Shahobiddin Hamadoniy (1314-1385) asos solgan, rukniyadan ajrab chiqqan birodarlik tariqati bo‘lib, Kubraviya tariqati silsilasining boshqa shahobchalariga qaraganda eng mashhuridir.

    Ig‘tishoshiya – Hamadoniyai oliyaning Xuroson shahobchasi bo‘lib, Is’hoq al-Xuttaloniy (1433-yilda o‘ldirilgan) tomonidan asos solingan. Uning shogirdlari esa, ikki mustaqil shia tariqatiga asos solishgan.

    Zahobiya – asoschisi XV asr o‘rtalarida vafot etgan Abdulloh Barzishobodiy Mashhadiy.

    Nurbaxshiya – asoschisi Nurbaxsh (1392-1466) laqabli Sayyid Muhammad ibn Muhammad.
    Kubraviya tariqatida rangli-nurli ramzlar tizimi puxta ishlab chiqilgan ediki, undagi har bir rang Xudoni bilish yo‘lida solik erishgan muayyan bosqichni anglatar edi. Oq rangni ko‘rish islomni, sariq rang – imonni, qora-ko‘k rang – ilohiy rahmat (ehson)ni, zangor rang – turg‘un xotirjamlik (etminon)ni, havo rang – haqiqiy ishonch (iqon)ni, qizil rang – ichki tuyg‘uga asoslangan bilim (irfon)ni, qora rang – Xudoga cheksiz muhabbatni va jazava holatidagi iztirob (hayronlik)ni ifodalaydi. O‘n asosiy qoida kabi rangli ramzlar ham, ko‘rgan narsalarini va tushlarini ustoz-pirga aytish shartining bir qator qoidalari bilan birgalikda keyinchalik boshqa birodarlik tariqatlari (qodiriya, naqshbandiya, xilvatiya) va ularning shahobchalari tomonidan o‘zlashtirildi.
    Bahovuddin Muhammad Burhoniddin Muhammad al-Buhoriy Naqshband (1318-1389) – XIV asr Markaziy Osiyo tasavvufining eng yirik vakili edi. Naqshbandiya tariqatining ma'naviy asoschisi Xoja Yusuf al-Xamadoniy (vaf. 1140) hisoblanadi. Naqshband Buxoro yaqinida tug‘ildi. U vafotidan keyin muqaddas shaxs hisoblanib, Xudo oldida vositachi, karomat ko‘rsatuvchi va Buxoroning homiysi sifatlariga ega bo‘ldi. Qabri ustiga o‘rnatilgan maqbara ziyorat qilinadigan joyga aylandi.
    Naqshband o‘z ta'limotida tasavvufning ikki maktabi – Ahmad Yassaviy va Abdulholiq al-G‘ijduvoniy (vaf. 1180) qoidalarini bir-birlariga qo‘shdi. Naqshband ta'limoti Markaziy Osiyoning turkiy qabilalari orasida islomning sunniy oqimini yoydi va mustahkamladi.
    Naqshband haqiqiy soliqni chalg‘ituvchi zohiriy taqvodorlik va marosimchilikni rad qildi: 40 kunlik ro‘za tutish, daydilik, gadoylik, ko‘pchilik oldida musiqa, ashula va raqs ijro etishni, baland ovoz bilan zikr aytishni ma'qullamadi. U silot al-barakaning («sharofat zanjiri»), ya'ni go‘yo muqaddaslik sharofati tariqatning rahbariga uning asoschisi tomonidan berilishini foydasiz, deb hisobladi. Chunki baraka har qanday solikka bevosita Xudo tomonidan beriladi. Shuning uchun u jazava vaqtida «pirni ko‘rish» (mushohada) zarurligini ham rad etdi. Ruhiy poklik, manfaatparastlikdan yuz o‘girish, ko‘ngilli ravishda faqirlikda yashash, hokimiyat vakillari bilan hyech qanday aloqada bo‘lmaslik va honaqohda yashash – uning asosiy talablari edi. Al-G‘ijduvoniyning tariqat qoidalariga (qotimati qudsiya) u yana uch qoidani qo‘shdi:



    1. Yüklə 1,43 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   205




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin