Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org
Ma'rifatparvarlik. Meydzi inkilobidan keyin Yaponiyaning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkurida yangi bosqich boshlandi. Meydzi davarining boshlang‘iya zamoni «maorif davri» nomini oldi. 1873 yilda ma'rifiy jamiyat bo‘lgan «Meydzining oltinchi yili jamiyati» Meyrrokusya tuzildi. Yapon ma'rifatparvarlari o‘z oldilariga xalqni g‘arb liberalizmi g‘oyalari ruhida yuqoridan turib maorifga jalb kilishni maqsad qilib qo‘ydilar. Maorif «sivilizatsiyaga ko‘shilish» shiori ostida tadbik qilina boshladi. Shunday umidvorlik bor ediki yevropa va Amerika g‘oyalarini yoyish asosida jamiyat taraqqiyoti uchun zamin hozirlanadi. Ijtimoiy fanlarga oid G‘arbda bosib chiqarilgan kitoblar tarjima qilindi, hatto lotin alefbosiga o‘tishga chaqiriqlar ham yangradi.
«Meyrokusya» mafkurasining nazariyotchilari so‘z, matbuot, savdo erkinligi uchun kurashdilar, tan jazosi berishni ta'qiqlashga chaqirdilar. Ammo liberalizm sof ma'rifatparvarlik xususiyatiga ega edi. Masalan, parlamentarizm va qonuniy tuzum g‘oyalarini tashviqot kilishda shu narsa ta'kidlandiki, ularni amalga oshirish uchun xalq xali yetarli darajada ma'rifatli emas. Maorif mafkurasi «Ozodlik va inson huquqlari harakati» asosida yotar edi264.
Fukudzava Yukiti (1837-1901) o‘sha davrning eng yirik ma'rifatparvari edi. o‘zining asarlarida olim o‘quvchilarni G‘arb bilan tanishtiradi va o‘zini «amaliy fanlar» tarafdori sifatida ko‘rsatadi. «G‘arbiy yevropa mamlakatlarida, -deb yozadi u, - uzo davrlaridan buyon fan voqyeylikdagi moddiy tabiatning qonunlarini ochib kelmoqda. Buning natijasida ishlab chiqarish, trnasport va aloqada, odamlarning kundalik maishiy turmushidagi mayda-chuydalarni ham qo‘shib hisoblaganda hunarmandchilik va savdo-sotiqda ko‘zga ko‘rinarli darajada yutuqlarga erishildi»265. Mutafakkir an'anaviy mafkurani mutaassiblik, eskiparastlik va konservatizm uchun tanqid ostiga oladi. U shunday yozadi: «o‘zining fikriy mulohazalaridan hyech qanday qiyinchiliklarsiz qutilib, qadimgi davrlarni kullarcha ruhda qo‘msash, hozirgi dunyoda yashab turib, o‘tmishni sharaflash bularning hammasi shunga olib keladiki, zo‘rlik bilan bo‘lsa ham hozirgi yashayotganlarni kadimgi davr odamlariga buysundirishdek holatni vujudga keltirib, turgunlik tamoyilini singdiradi»266.
Borliq masalasida Fukidzava Yukiti ateist sifatida namoyon bo‘ladi, biroq dinni jaholatda qolgan omma orasida axloqni qo‘llab-quvatlovchi vosita sifatida zarur, deb hisoblaydi. Xristianlikni salbiy baholab, uni chetdan kelgan din bulganligidan G‘arbga ko‘r-ko‘rona ergashishni tug‘diradi va davlat mustaqilligiga ziyon yetkazadi, deb bilib, mamlakatda xristianlikni yoyuvchilarni mahkum etadi. Olim buddaviylikni eng yaxshi din hisoblaydi va buddaviy mazhablarni markazlashtirishni targ‘ib kiladi.
Faylasuf hukumatni konfutsiychilikning hukmdorlarni o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishi mumkinligi haqidagi g‘oyalariga tayanib, siyosatni axloq bilan qorishtirishga bo‘lgan intilishini tanqid qiladi. Buni tashqi siyosatda, hamda iqtisodiy va texnik sohalarda mutlaqo qo‘llab bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
U kokugaku maktabini «imperatorni izzat-hurmat qilish, xalqdan jirkanish» nazariyasi uchun tanqid ostiga oladi. Shuningdek u samuraylik ruhini, inson huquqlarini nazar-pisand qilmaslikni, «tadbirkor kishilarga» nafrat bilan qarashni tanqid qiladi. Liberalizmni tashviq qilishda ma'rifatparvar Yukiti ingliz qonunchiligi va ingliz siyosiy iqtisodiga tayanadi.
XX asrning 80-yillarida ma'rifatparvarlik yagona va bosh g‘oyaviy oqim sifatidagi maqomini to‘xtatadi. Bunga hukumat tomonidan qabul qilingan liberalizm va demokratizmga qarama-qarshi qaratilgan bir qator tadbirlar sabab bo‘ldi. O‘quv yurtlarida konfutsiychilikdagi o‘z-o‘zini tarbiyalash, Tokio universitetida – konfutsiychilik falsafasi kursi kiritildi; buddaviylik yordami bilan davlat tuzumini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vatanni himoya qilish Assotsiatsiyasi (Gokoku Kyokay) tuzildi. Saltanatni uzil-kesil joriy etilishi bilan «Ozodlik va xalq huquqi uchun harakat» amalan birham topdi.
Eng yangi davrdagi yapon falsafiy tafakkurining asosiy yo‘nalishlari – Akademik va Kioto maktablari, «yaponizm» turidagi millatchilikka asoslangan maktablar, ilmiy-tabiiy moddiyunchilik va marksizm orqali ifoda qilinar edi.