Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə50/62
tarix29.04.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#104855
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Abdullayev N. San’at tarixi.
2.Abdurahmonov M., N.Rahmonov. Madaniyatshunoslik. О‘quv qо‘llanma. 2011 yil.
3.Istoriya Zarubejnogo teatra. M.Prosvesheniye.1971.
4.Yо‘ldoshev S., va boshqalar. Yangi va eng yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi. Toshkent. Sharq. 2002 yil.
5. Sulaymonova F. Shekspir О‘zbekistonda. – T.: Fan, 1978.
6. Shekspir. Tanlangan asarlar. Besh jildlik. 1-jild. – T., 2008.
7.Ergashev SH.Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil,
8.Qayumov O.Chet el adabiyoti tarixi. Toshkent. О‘qituvchi. 1987 yil.

Nazorat uchun savollar.
1.XV asr oxiriga kelib G‘arbiy Yevropaliklar tafakkurida qanday о‘zgarishlar vujudga keldi?
2.Uyg‘onish davrining boshqa davrlardan qaydan farqli jihatlari mavjud?
3.“Uyg‘onish” davrlari madaniyatiga xos bо‘lgan umum mushtarak tomonlari qaysi jihatlari bilan farqlanib turadi?
4.Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlari asosiy e’tiborlarini nimalarga qaratganlar?
5.Renessans atamasini birinchi marta kim tomonidan muomalaga kiritgan va nimani nazarda tutgan?
6.Uyg‘onish davri madaniyatining vatani Italiyada jamiyat hayotida nimalar о‘zgara boshlagan?
7.Uyg‘onish davri boshqa darlar madaniyatidan nimasi bilan farqlanib turadi?
8.Uyg‘onish davri iutafakkirari nima uchun e’tiborlarini gumanizmga qaratadilar?
9.Uyg‘onish davrida qanday faoliyatga erkinlik huquqi berildi?
10.Yevropa Uyg‘onish davri adabiyotida qaysi mavzu erkin ijod mavzusiga aylandi?
11.Dantening “Ilohiy komediya”si nima maqsadda yozilgan?
12.Uyg‘onish davriga kelib san’atning qaysi sohalarida tub о‘zgarishlar sodir bо‘la boshladi?


24-mavzu. XVII-XIX asrlar Yevropa xalqlari madaniyati va
san’ati. (2-soat)
Reja:
1.Yevropa ma’rifatparvarlik harakati va uning Yevropa xalqlari madaniy taraqqiyotidagi о‘rni.
2.Ilm-fan taraqqiyoti va uning sanoat ishlab chiqarishiga kо‘rsatgan
ta’siri.
3.XVII-XIX asrlar Yevropa arxitekturasi uslublari.
4.XVII-XIX asrlar Yevropa xalqlari san’ati.
XVII asrga kelib barcha ilmiy tafakkur egalarining intilishlari va qiziqishlari, iqtidorli va salohiyati ijtimoiy tuzum muammolarini о‘rganishga emas, balki tabiat hodislarini, uning qonuniyatlari va о‘zaro munosabatlari masalasini о‘rganishga qaratildi. Galilio Galiliy, Frensis Bekon, Rene Dekart va ayniqsa, Isaak Nyutonlarning ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga yordam bergan kashfiyotlari Yevropa ma’naviy hayotiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Ularning kashfiyotlari keng jamoatchilikning diqqatini о‘ziga tortadi. Turli xil tortishuvlar, yangidan-yangi farazlar, tushuncha va tasavvurlarni vujudga keltiradi.
XVII asr oxirida tabiiy fanlar, shu jumladan mamematikaning rivojlanishi tabiat va uning qonuniyatlari tо‘g‘risidagi materialistik dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi. Mazkur dunyoqarashning shakllanishiga Galileyning ilmiy mexanikaga asoslangan kashfiyotlari va Isaak Nyutonning ,,Natur filosofiyaning matematik asoslari” nomli asari kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Tajribada orttirilgan bilimgina haqiqatga erishishning birdan-bir yо‘li ekanligini asoslab berdi. Fransuz filosofi R.Dekart esa tabiatshunoslik fanlari, shu jumladan, matematika fanini о‘rganish va rivojlantirish orqali aql-idrok, mantiqiy tafakkur obyektiv voqelikni bilishda muhim rol о‘ynashini, naturfilosof sifatida esa olamning tuzilishining mexanik-materialistik konsensiyasi (tushunchalar) sistemasini ilgari suradi.
I. Nyuton va nemis olimi, filosofi Leybnitslarning differensial va integral hisoblashni kashf etishlari matematika fanining yanada rivojlanishiga olib keladi.
Yevropa ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat kо‘rsata boshlagan tabiat hodisalarining mohiyatini о‘rganishda ilmiy bilish metodiga asoslangan nazariyasi tarafdorlari muhim hissa qо‘shadilar. Ular ilmiy metod asoslari asosida falsafa, fizika, matematika, mexanika, fiziologiya kabi fanlarni rivojlantira-dilar. Mazkur metod asoschilaridan biri, fransuz filosofi, matematigi, fizik va fiziologi R.Dekard (1596-1650) Kosmogoniyada fan uchun yangilik bо‘lgan Quyosh sistemasining tabiiy rivojlanishi g‘oyasini yanada rivojlan-tiradi. Kosmik material zarralarining uyurmali harakatini olamning tuzilishiga va osmon jismlarining kelib chiqishiga sabab bо‘lgan, deb hisoblaydi va mazkur harakatni harakatning asosiy kо‘rinishi, deb ta’kid-laydi. Uning bu farazi keyinchalik tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Uning falsafiy qarashlarida dialektik qarashlar ham yaqqol kо‘zga tashlanib turadi. Dekartning fikricha, harakatning asosiy sababchisi-xudodir. Materiyaning harakat va tinch holatda turishini xudo yaratgan. Xudo materiyada harakat va osoyishtalikning ayni bir miqdorini saqlab turadi. Uning inson haqidagi ta’limotida ham dualistik qarashlar sezilib turadi. Uning fikricha, jonning mohiyati tafakkurdadir.
Fransuz matematigi va fizigi, ehtimollar nazariyasining asoschilaridan biri Paskal Blez (1623-1662)ning falsafiy qarashlarida zidma-zid tasavvurlar uchraydi. Uning falsafiy qarashlarida ratsionalizm (aqliy) va skeptitsizm (dunyoni bilishga shubha bilan qarash) tо‘g‘risidagi tasavvurlar bir xil tarzda uchraydi. U dinni aqldan ustun qо‘yishga moyillik qiladi. U о‘zining “Fikrlar” nomli asarida ilmiy bilish usullaridan induksiya (ayrimlikdan umumiylik tomon fikr qilish) va deduksiya (umumiy fikrdan ayrimlikka tomon borish) usullari orqali tafakkur qilish hamda ishonchli bilimlarning turlari tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tadi. Shuningdek, u о‘zining mazkur asarida borliqning sirlarini ochish va insonni umidsizlikdan qutqarish dinning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlaydi. “Provinsiyalik kishiga xatlar” nomli asari bilan farnsuz klassik prozasi rivojiga munosib ulush qо‘shadi.
Ingliz fizigi, klassik mexanikaning yaratuvchilaridan biri bо‘lgan Isaak Nyuton (1643-1727) butun olam tortilish qonuni asoslab berib, Yevropa ilmiy-falsafiy tafakkuri rivojiga ulkan hicca qо‘shadi. U о‘zining „Natural filosofiyaning matematik asoslari” nomli asarida harakatning uch qonunini (inersiya, kuch va tezlanishning proporsionalligi hamda ta’sir va qarshi ta’sirning tengligi qonunlari) bayon etib, absolyut harakat, fazo
va absolbt tushunchalarni isbotlab beradi. Butun olam tortilish qonuni, quyosh sistemasi haqidagi geleotsentrik nazariyani ta’kidlab, koinotda sodir bо‘layotgan kо‘pdan-kо‘p fizikaviy va ximiyavii jarayonlarni ilmiy jihatdan asoslab beradi
Umuman olganda, XVII asrda yashab ijod etgan Yevropalik faylasuflar
о‘sha davrda shakllanib kelayotgan yangi ishlab chiqarish munosabatlarining jamiyat hayotidan mustahkam о‘rin egallashlarini anglab yeta boshlagan edilar. Shuningdek fanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi rolini chuqur anglab yetadilar, ma’rifatparlikni insonning baxt-saodatga erishuvi va farovon hayotining birdan-bir manbai ekanligini ta’kidlaydilar, ilmiy tafakkurning insonga noma’lum bо‘lgan tabiat qonunlarini ochib berishning birdan bir yо‘li ekanligini kо‘rsatib beradilar, olamning tuzilishini ilmiy falsafiy nuqtai nazardan turib isbotlaydilar.
Xullas, olimlarning izlanishlar, eksperiment, abstrak tafakkur sohasidagi kashfiyotlari yangi ishlab chiqarish munosabatlari va g‘oyaviy mafkuraviy ta’sir tizimiga qarshi kurash boshlagan ma’rifatchilik harakati vujudga keladi.
XVIII asrga kelib Yevropaning kо‘pgina mamlakatlarida jamiyat ma’naviy-madaniy hayotida saqlanib kelinayotgan о‘rta asrchilik tartibotlari va g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir tizimiga qarshi kurash boshlagan ma’rifatchilik harakati vujudga keladi .
Ma’rifatchilik harakati о‘z mohiyati bilan ma’naviy- inqilobiy xususiyatga ega bо‘lib, ijtimoiy yо‘nalishi bо‘yicha feodal jamiyatga, siyosiy xarakteri bilan bilan esa absolyut hokimiyatga qarshi edi.
Ma’rifatparvarlik harakati feodal jamiyatga qarshi kurashda о‘z davrida yuksala boshlagan ilmiy fanlar, falsafiy tafakkur va progressiv siyosiy qarashlarning yutuqlaridan foydalanadi.
Ma’rifatparvarlik harakati, birinchidan, xalqni bilimli va ma’rifatli qilishga intilgan bо‘lsa, ikkinchi tomondan feodal jamiyatga qarshi kurashda aqliy harakat sifatida namoyon bо‘ladi, ya’ni g‘oyaviy qurol vazifasini bajaradi.
Ma’rifatparvarlik harakati, ayniqsa, Angliyada yaqqolroq namoyon bо‘lgan. Angliya ma’rifatparvarligi о‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy ideallarining, ya’ni inson omili va insonni aqliy kamol toptirish tо‘g‘risidagi qarashlari mamlakatda vujudga kelgan burjua mafkurasi va ma’naviyatiga tо‘g‘ri kelmasligini anglab yetadilar. Bu nomutanosiblik ma’rifatchilik mafkurasining falsafiy asoslarida ham yaqqol kо‘zga tashlanadi. Masalan ma’rifatchilik harakatining kо‘zga kо‘ringan mutaffakkiri, mashhur faylasuf Tomas Gobss о‘zining davlat va huquq tо‘g‘risidagi ta’limotida ijtimoiy shartnoma nazariyasini himoya qiladi Uningcha, davlat va jamiyat vujudga kelmasdan burun, ya’ni anarxiya (hokimiyatsizlik) davrida hamma-hammaga qarshi urush e’lon qilgan davrda rohat-farog‘at erkinligi mavjud bо‘lgan. Kishilar о‘z xavsizligini, xususiy mulkni va boshqa shaxsiy huquqlarni ta’minlash uchun о‘zlarinig erkinliklaridan ixtiyoriy ravishda voz kechganlar Uning bu nazariyasi endigina shakllanib kelayotgan burjua jamiyati hukmronligini mafkuraviy asoslash edi. U davlat hokimiyatining cheklanmasligi tarafdori edi.
Uningcha, jamiyat nihoyatda ulkan bir mexnaizmga о‘xshaydi. Inson esa bu mexanizmning kichik bir qismidir. U о‘z-о‘zini saqlash hissi bilan harakatga keluvchi egoistdir. Davlat esa ilohiy emas, balki sof tabiiy jarayondir. Davlat odamlar tomonidan yaratilgan. Uningcha, insonlarning dastlabki tabiiy holatida, ya’ni fuqarolikkacha bо‘lgan holatida cheksiz egoizm (manfaatdorlik), dushmanlik va yovuzlik hukm suradi. Har bir odam о‘ziga yо‘l ochish uchun boshqa odamni yо‘q qilishga harakat qiladi. Gobss о‘zining ana shu fikrlari bilan ma’lum darajada yangi jamiyatga xos bо‘lgan xususiyatlarni, ya’ni raqobatni, anarxiyani, urushlarni, kishini kishi tomonidan ezishni aks ettiradi.
Gobssning davlat va huquqqa oid qarashlariga Angliya ma’rifatpar-
lik harakatining vakili, filosof, ekonomist va yozuvchi Jon Lokk qarshi chiqadi. U erkinlik va mehnat natijasida orttirilgan mulkni saqlash davlatning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlaydi. Uning‘cha, muayyan ijtimoiy tartibot sharoitida shaxs zarur bо‘lgan darajada tarbiya va kamo-lotga ega bо‘lishi, aks holda ularning о‘zlari mavjud tartibni о‘zgartirish-lari lozim. Vaqti kelib Lokkning ijtimoiy-falsafii fikrlari nafaqat Yevropa ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojiga, balki Shimoliy Amerika ijtimoiy-siyosiy qarashlari taraqqiyotiga ham kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
Angliyada vujudga kelgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi Fransiyada о‘zining yorqin ifodasini topadi, ya’ni klassik darajaga kо‘tariladi va butun Yevropa qit’asi madaniyatiga chuqur ta’sir kо‘rsatadi. Sharl Lui Monteske, Fransua Volter, Jan Jak Rucco va ensiklopedistlar (,,Fan, san’at va hunarmandlarning izohli lug‘atini tuzuvchilar)ning siyosiy konsensiyalarida jamiyatdagi barcha baxtsizliklar va adolatsizliklarning asosiy sababi bilimsizliklarning natijasi ekanligi g‘oyasi ilgari suriladi.
Shuninggdek, ma’rifatparvarlik dunyoqarashida demokratik fikrlar
va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qila oladigan shaxsni tarbiyalash masalala- riga ham e’tibor beriladi. Ayniqsa, Russo boshqa ma’rifatparvarlarga nisbatan bola shaxsini hurmat qilish tarbiyada tarbiyalanuvchiningyosh jihatlarini hisobga olish, mehnat tarbiyasi, ta’limning faol usullaridan foydalanishga asoslangan pedagogik nuqtai nazarni ilgari suradi. Russo о‘zining pedagogik qarashlarini aholining barcha qatlamlariga tadbiq qilishga qaratgan edi.
Angliyada vujudga kelgan sanoat inqilobi tabiiy fanlar bilan ishlab chiqarish о‘rtasidagi tо‘siqni olib tashlaydi. Tabiiy fanlar va ishlab chiqarish о‘rtasidagi о‘ziga xos hamkorlik paydo bо‘ladi. Bug‘ mashinasining ishlab chiqarishga chuqur kirib borishi mazkur hamkorlikni yanada chuqurlash-tiradi. Inson tafakkuri orqali nafaqat tabiat qonunlarini bilish mum-kinligini, balki ishlab chiqarish samaradorligiga erishishda ham inson tafakkuri yordam berishi oshkor bо‘lib qoldi.
Shuningdek, tabiatshunoslik fanlari erishgan yutuqlar. masalan, fransuz Pyer Laplasning astronomiya sohasidagi “Osmon mexanikasi haqida traktat” asari, fizika sohasida niderlandiyalik fizik Xristian Gyugenning yorug‘likning tо‘lqin nazariyasi, AQSH fizigi Veniamin Franklinning atmosferadagi elektr nazariyasi, ximiya sohasida fransuz ximigi Antuan Lavuazyening yonish, metallarni toblash va nafas olishda kislorodning roli, vodorod, karbonat angidrid gazi, oksidlanish tо‘g‘ri-sidagi nazariyalari, geologiya sohasida fransuz Jorj Byufonning „Tabiiy tarix” asarida ilgari surilgan Yer shari va uning yuzasi taraqqiyoti hamda organik dunyo tuzilishi haqidagi fikrlari, tabiatshunoslar - Karl Linney va Abram Vernerlarning biologik turlar hamda minerallar tо‘g‘risidagi fikrlari Yevropaliklarning obyektiv dunyoga bо‘lgan tasavvurlarining о‘zgarishiga olib keldi.
Shuningdek XVIII asr ijtimoiy tafakkurida ham bir qator chuqur о‘zgarishlar rо‘y bera boshladi. Masalan, Glazgolik (shotland) professor Adam Smit Angliyada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishini tahlil qilish natijasida о‘zining siyosiy iqtisod nazariyasini ilgari suradi. U mehnat qiymati nazariyasini ilgari surish orqali kapitalistik ishlab chiqarishning mohiyatini ochib beradi. Qiymat nazariyasiga oid eng muhim kategoriya - kapitalistning foydani ishchilar mehnati natijasi - mahsulotdan chegirib qolishni isbotladi.
XVIII asr ma’rifatparvarlari nafaqat falsafa, tarix va sotsiologiya fanlari sohasida faoliyat kо‘rsatdilar, balki ular san’at nazariyasining bilimdonlari ham bо‘lganlar. Masalan, Volter, Didro, Lessing va Gyotelar falsafa tarixi, fan va san’at nazariyasi bо‘yicha birdek faoliyat kо‘rsatadilar.
Dramaturgiya va teatr san’ati bо‘yicha ma’rifatpavarlik harakati va absolyutizm yо‘nalishlari о‘rtasida ayovsiz kurash ketadi. Bu davr badiiy madaniyatdagi barcha jarayonlar klassitsizm ta’siri ostida rо‘y beradi.
Ma’lumki, eski ishlab chiqarish munosabatlaridan yangisiga о‘tishda, ishlab chiqarish kuchlariga о‘z munosabatlarini о‘rnatayotgan ijtimoiy
guruhlar demokratik jarayonlarga, ijod, sо‘z va fikr erkinligiga yо‘l ochib beradi. Mazkur tamoyilga amal qilgan Yevropa burjuaziyasi ma’rifatpar-varlik harakatining feodal absolyutizmga qarshi kurash uchun bir qadar imkoniyaglar yaratib beradi. Shu boisdan, san’at va adabiyotda turli xil ijodiy uslublar paydo bо‘ladi. Ma’rifatparvarlik realizmi bu davr demokratik badiiy madaniyatining asosiy yо‘nalishiga aylanadi. Ma’rifatparvarlik realizmi, ayniqsa, ishlab chiqarish tо‘ntarishi rо‘y berayotgan Angliyada keng yoyiladi. Burjuaziyaning badiiy tafakkuri esa sentimentalizm (ortiq darajada hissiyotga berilish) ruhidagi asarlarda о‘zining yorqin ifodasini topadi.
Sentimentalizm, ayniqsa, adabiyot va san’atda kо‘zga yaqqol tashlanib turgan. Mazkur uslub fransuz rassomi Jan Batist Gryoz hamda angliyalik rassom Tomas Geynsboraning portret va manzara asarlarida yaqqol namoyon bо‘lgan.
Albatta burjua va demokratik madaniyatning ma’naviyatdagi chegara-sini falsafa yoki ijgimoiy tafakkurdagidek aniq kо‘rsatib bо‘lmaydi.
XVIII asrning birinchi yarmida ham mutlaq feodal hokimiyati va cherkovning ta’siri Yevropa badiiy madaniyagiga kuchli ta’sir kо‘rsatib turgan. Hukmron kuch davlat apparati va cherkov yordami bilan ilmiy, publitsistik, ijtimoiy-siyosiy va badiiy asarlar ustidan о‘z senzurasini о‘rnatgan edi.
Ishlab chiqarish kuchlarini о‘z qо‘lida saqlab turgan feodallar XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelibgina о‘zining mafkuraviy ustunligini yо‘qota boshlaydi. Feodallarning ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy - axloqiy dunyoqara-shi tub о‘zgarish yо‘liga kira boshlagan jamiyatning zamonaviy turmush tarziga, ishlab chiqarish kuchlari darajasiga, ma’naviy-badiiy ideallari va qadriyaglariga javob bermay qoladi. Xо‘sh, XVII-XVIII asrlarda Yevropa badiiy madaniyati qay yо‘sinda taraqqiy etdi va qanday ijodiy uslublar asosida rivojlandi?
XVII-XVIII asrlarda Yevropa madaniyatida ikki asosiy yо‘nalish - barokko va klassitsizm uslublari ta’siri kuchayib ketadi. Barokko uslubi arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san’atda о‘ta serhasham bezakka boyligi bilan, poeziya va prozada balandparvoz sо‘zlardan va g‘alati о‘xshatishlardan foydalanganligi bilan ajralib turgan.
Barokko kо‘proq dvoryanlarning didini, ideali va qadriyatlari tizimini ifodalovchi vosiga hisoblangan. Barokko xalqaro ijodiy uslub sifatida turli milliy madaniyatlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini aks ettirib bergan. Barokko uslubida yaratilgan haykallar kо‘proq kishini hayratga soladigan, fantastik ruhiy holatlarni vujudga keltiruvchi elementlar bilan boyitilgan. Masalan, klassitsizm uslubida yaratilgan haykallarda xudolar inson taxlit qilib kо‘rsatilgan bо‘lsa, barokko uslubidagi haykallarda xudo haykali fantastik holatda, oddiy odamlardan farqlanib turuvchi noreal elementlarga boy bо‘lgan. Barokko uslubidagi me’morchilik ansambllarida о‘ta hashamdor, serjilvali, naqshlardan keng foydalanilgan. Xullas, barokko uslubida xalqchillik elementlari yetarli emas edi.
Olamning tuzulishi tо‘g‘risidagi diniy tasavvurlarning ilm-fan yutuqlari tomonidan yо‘qqa chiqarila boshlaganligi musiqa asarlaridagi tushkun ruhiy kayfiyatlarning vujudga kelishiga olib keldi.
Kompozitorlar, yozuvchilar va shoirlarning ijodida kо‘proq yuqori tabaqa vakillari manfaatlarini himoya qilish saqlanib qolgan edi.
Barokko oqimi ta’siri natijasida Italiyada musiqaning yangi janri opera san’ati paydo bо‘ldi. Opera san’ati qisqa muddat ichida Yevropaning boshqa mamlakatlariga tez tarqaladi. Dastlab opera teatrlari dramagik teatrlar singari saroylar qoshida vujudga kelgan bо‘lsa, birmuncha keyinroq Venetsiya, Milan, Rim kabi shaharlarda maxsus teatr binolari quriladi.
Aslida birinchi opera asarlari XVI asr oxirida Florensiyalik kompozitorlar Y. Peri va M. Kachchini tomonidan yaratiladi. XVII asrning boshlarida Italiyada opera teatrlari vujudga keladi. Kompozitorlar
K. Monteverdi va D. Skarlattilar opera san’atining о‘ziga xos janri - opera seria (jiddiy opera)ni yaratadilar. Bu operada asosiy personajlar xudolar va qahramonlar bо‘lgan antik davr mifologiyasidan foydalanadilar. Bu janr tezlikda Yevropaning turli mamlakatlariga yoyiladi.
XVII asrning о‘rtalariga kelib Yevropa tasviriy san’ati, haykaltaroshligi va arxitekturasi taraqqiyoti kо‘zga yaqqol tashlana boshlaydi. Mazkur san’atlarning taraqqiyotiga, ayniqsa, 1634 yilda olimlarni о‘zida birlashtirgan Fransuz akademiyasining tashkil etilishi, kо‘p vaqt о‘tmasdan rang tasvir va haykaltaroshlik qirollik akademiyasi, arxitektura akademiyasi, 1666 yilda esa fanlar Akademiyasi ta’sis etilganligi kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Mazkur akademiyalar lug‘atlar tuzish, fransuz tilining grammatikasini yaratish bilan shug‘ullanadi. Bu esa о‘z navbatida mamlakatning siyosiy yakdilligiga, fransuz millatining shakllanishiga yordam beradi.
San’at va adabiyot sohasiga aloqador bо‘lgan barcha akademiyalar faoliyati va badiiy ijod jarayonlariga hokimiyat tomonidan ,,birdan-bir tо‘g‘ri yо‘l” deb tan olingan klassitsizm ijodiy uslubi hukmronlik qila boshlaydi.
XVII asrning birinchi yarmiga kelib Fransiya san’atida klassitsizm (fr. „klassikus” sо‘zidan olingan bо‘lib, „namuna” ma’nosini anglatadi) ijodiy uslubi vujudga keladi.
Klassitsizm uslubi sun’iy gо‘zallikka chorlovchi barokko uslubi hamda jamiyat ma’naviy hayotida reforma (islohot) lar о‘tkazishga qarshi bо‘lgan boshqa oqimlar va mafkuraga qarshi kurashda shakllanadi.
Klassitsizm antik davr san’at asarlari va badiiy adabiyotini namuna sifatida qabul qilib unga zamonaviy progressiv tendensiya va falsafiy tafakkurni singdiradi. Klassitsizm antik dunyo san’ati va adabiyotini qizg‘in о‘rganish najasida, shuningdek, о‘z zamonasining ijtimoiy-estetik talablariga javob tariqasida vujudga keladi. Klassitsizm antik danyoning, ayniqsa, Aristotelning ilmii asarlari va Goratsiy she’riyatini klassik darajaga kо‘taradi.
Klassitsizm nazariyotchilari san’at va adabiyotdan insoniy va ijti-
moiy gо‘zallikni istashadi. Shu bilana birga ularning qarashlari-da bir-biriga qarama-qarshi jihatlar mavjud ediki, bu tushunchalar, birinchidan, insonni absolyut tartib-qoidalarga bо‘ysundirish ruhini shakllantirishni ilgari suradilar. Shuning uchun ham ularni ma’rifat-parvarlik harakati vakillari ham, romantiklar ham, realistlar xam tanqid qiladilar. Ikkinchidan, ular boshqa kishilar bilan yonma-yon yashaydigan, о‘zini tuta oladigan, insoniy axloqiy gо‘zallikni mujassamlashtirgan ijtimoiy insonni tarbiyalash fikrini ilgari suradilar.
Shuningdek, klassitsizm nazariyotchilari badiiy asarlarni yaratishni hukmron tabaqalar, ayniqsa, qirollarning manfaatlariga bog‘lab kо‘rsatadilar. Natnjada ma’navny boyliklarni yaratuvchi asosiy obyekt – xalq bilan san’at о‘rtasiga rahna sola boshlaydilar.Bu esa hayotni izchil haqqoniyat bilan emas, balki “tozalab” ma’lum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashga olib keladi. San’atga bunday qarashlar adabiyotda izchil realizmning paydo bо‘lishiga, ijodning keng va erkin rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Klassitsizm ta’limoti badiiy ijodda jinslar va turlar barobar qiymatga ega emas, deb ta’kidlaydilar. Epos, drama va tragediyani “oliy san’at”, komediyani esa, “past san’at”, deb e’lon qiladilar.
Bu nuqtai nazarga kо‘ra, oliy san’at turlari faqat buyuk tarixiy shaxslar va podshohlarning hayoti hamda taqdirini tasvirlashi, voqea bir joyda va mumkin qadar qisqa muddat ichida rо‘y berishi kerak. Klassitsizm asarlarida tarixiy aniqlik yetishmagan zamonaviy qahramonlar antik dunyo qahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektakllar о‘zining tantanavorligi, qat’iy shakli va mezanssenalarning simmetrik tuzilishi bilan ajralib turgan. Tasviriy san’atda klassitsizm uslubi о‘zining jozibadorligi, ulug‘vor va tantanavorligi, obrazlarning hashamatli qiyofa va shakllarda ifodalanishi bilan ajralib turgan.
Mazkur intilishlar san’at va adabiyotdagi klassitsizm uslubining, falsafadagi progressiv oqimlar hamda tabiiy fanlar taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ,,ilmiy metod" tarafdorlari kuchining bir joyga tо‘planishiga olib keladi.
Fransiya san’atidagi badiiy did nafaqat klassitsizm uslubida yaratilgan asarlarda, balki rakoko uslubidagi arxitektura va naqshinkorlik san’atida ham о‘z ifodasini topdi.
Rakoko uslubi XVIII asrning birinchi yarmida Fransiyada absolyutizm uslubining inqirozi tufayli vujudga keladi. Rakoko tarafdorlari hayotni real aks attirishdan uzoqlashib, fantaziya olamiga, teatrlashtirilgan tomoshalar, afsonalar va ideallashtirilgai hayot va erotika lavhalariga alohida e’tibor beradilar. Rakoko san’atida nafis jimjimador naqsh yetakchi rol о‘ynaydi. Haykaltaroshlik va tasviriy san’atda yuzaki va hayotdan uzoqlashtirib ishlangan nafis bezaklar yetakchilik qiladi. Bezak san’ati esa о‘zining nafisligi va jozibadorligi bilan XVIII asr san’atining eng yuksak chо‘qqisiga kо‘tariladi.
XVII-XIX asrlar Yevropa xalqlari falsafiy tafakkuri dastlab nemis klassik falsafasi vakillari, sо‘ngra, sof materialistik falsafiy tafakkuri shaklida kо‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Nemis klassik falsafasining vakillari I.Kant, I.G. Fixte, F.R. Shelling, G.V. Gegel, L.Feyerbaxlar о‘zlarining falsafiy qarashlarini XVII-XVIII asrlarda vujudga kelgan va rivojlangan tabiatning о‘zgarishi tо‘g‘risidagi ilmiy nazariyalarga asoslangan holda yaratadilar.
Nemis klassik falsafasining asosichisi I.Kant harakat va sokinlikning nisbiyligi tо‘g‘risidagi ta’limotni asoslab, Dekart va Galileyning g‘oyalarini yanada rivojlantiradi. U о‘zining falsafiy qarashlarida tabiiy-ilmiy qarashlarni diniy qarashlar bilan qо‘shib talqin qiladi, ya’ni tabiatdagi qonuniyatlar xudoga bog‘liq holda mavjud bо‘ladi. tabiatdagi hodisa va voqealarning о‘z-о‘zicha mavjudligi - ,,narsa о‘zida" haqidagi ta’limot I.Kant falsafasining asosini tashkil qiladi. Uningcha, “Narsa о‘zida” obyektiv reallik bо‘lib, u inson sezgilariga ta’sir qiladi. Lekin inson sezgilari „narsa о‘zida"ni tо‘g‘ri talqin qila olmaydi. Shu bosidan inson „narsa о‘zida"ni bila olmaydi. I.Kant о‘zining bu fikri bilan agnostik qarashning (yunon. ,,a"-,,yо‘q”, ,,gnosos"-,,bilish" ) vakiliga, ya’ni bilishni inkor qiluvchiga aylanadi. Uningcha bilish uchga: a) hissiy bilish; b) idrok; v) aqlga bо‘linadi. Aql idrokni boshqaradi, uning oldiga
muayyan maqsad qо‘yadi. Inson aqli bilish mumkin bо‘lmagan . “narsa о‘zida” tо‘g‘risida hukm chiqarishga intilib, hal qilib bо‘lmaydigan qarama-qarshilikka uchraydi. I.Kant о‘zining bu fikrini dialektika deb ataydi.
Nemis klassik falsafasining eng kо‘zga kо‘ringan vakili Georg Vilgelm Gegel (1770-1831) dialektika taraqqiyotiga muhim hissa qо‘shadi. Uning fikricha bilimdagi asosiy narsa ziddiyatdir. Gegel ta’limotiga kо‘ra dialektika taraqqiyog nazariyasi sifatida olib qaraladi va uning asosini qarama-qarshiliklar birligi va kurashi tashkil etadi. Tafakkur esa insonga bog‘liq bо‘lmagan mohiyat, barcha mavjudotlarning bosh asosi va birinchi manbaidir. Gegel obyektiv mavjud bо‘lmagan tafakkurni “mutlaq g‘oya”, “dunyoviy aql”, deb ataydi. Mutlaq g‘oya mangu tabiat va jamiyatdagi barcha hodisa va voqealarning harakatlantiruvchi kuchidir.
Gegel о‘zining “Mantiq fani” nomli asarida dialektikaning mohiyat va hodisa, shakl va mazmun, zaruriyat va tasodif, zaruriyat va erkinlik kabi kategoriyalari hamda miqdor о‘zgarishlaridan sifat о‘zgarishlariga о‘tish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor kabi qonunlarini ta’riflab beradi.(Qarang: Yо‘ldoshev S va boshqalar. Yangi va eng yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi. Toshkent. Sharq. 2002 yil,136-bet. )
Nemis klassik falsafasining sо‘nggi vakili L. Feyerbax (1704-1772) olamning tabiatdan iboratligi va uning hech qanday ilohiy kuchga muhtoj emasligini, tabiat yorug‘lik, elektr, magnitizm, havo, suv, olov, hayvon, о‘simlik va insonlardan iboratligini ta’kidlab о‘tadi. Inson о‘zini qurshab turgan olamni bila oladi, bilimlar esa о‘zgaruvchan. Antropologiya (inson tо‘g‘risidagi ta’limot) falsafaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Falsafiy tafakkurning barcha kategoriya va qonunlari inson va uning mohiyatini ochib berishga qaratilmog‘i zarur. Chunki, tabiat о‘zini faqat inson orqaligina payqaydi. Insongina tashqi tabiatga faol ta’sir kо‘rsata oladi.
Umuman olganda, nemis klassik falsafasi, birinchidan falsafadagi dialektik ta’limotning yuksalishiga ta’sir kо‘rsatgan bо‘lsa, ikkinchidan, keyingi davr Yevropa falsafiy tafakkuri, shu jumladan marksistik falsafaning nazariy manbaiga aylanadi.
XIX asrda jtimoiy hayotni insoniylashtirishga qaratilgan turli falasafi qarashlar vujudga kela boshlaydi. Tenglik, adolat, erk va birdamlikka asoslangan jamiyat qurish g‘oyasi vujudga keladi.
Albatta muayyan ta’limotga baho berilganda uning qanday izhor etilishi yoki talqin qilinishiga emas, balki bu ta’limotlarning (nazariyalar) amaliy hayotga qanday ta’sir kо‘rsatganligi, amaliyotda nima berganligiga qarab baho berish haqiqatga ancha yaqin.
XIX asr arxitekturasida gotika, va ayniqsa, klassitsizm uslublari qorishig‘idan iborat bо‘lgan yangi uslublar: amper (salmoqdor, ulug‘vor, hashamdor bezaklardan foydalanish); abstraksionizm (real narsa va hodisalarni aks ettirishni rad etish, mavhumlashtirish), imperissionizm (real borliqni juda tabiiy, jonli va о‘zgaruvchan qilib ifodalash, bir lahzalik taassurot); modern (texnik-konstruktiv vositalardan foydalanish); modernizm (kubizm va dadaizm, syurrealizm, futurizm, ekspressionizm va abstraksionizmning umumiy nomi); syurrealizm (g‘ayrishuuriy obrazlar yaratish); funksionalizm (arxitekturada bino va inshootlarni ishlab chiqarish hamda turar joylarga moslab qurish) kabi kо‘plab ijodiy uslublar vujudga kelgan.
San’at asarlari burjuaning dabdabali hayotini tasvirlab berish vazifasini bajara boshlaydi. Tarixiy va mifologik syujetga boy asarlar qadrlana boshlaydi. Tasviriy san’atda “akademizm” (ideallashtirilgan shartli obrazlar, g‘ayri tabiiy syujetlar, mavhum gо‘zallik meyorlariga amal qilish) uslubi adabiyot, teatr va musiqa san’atlarida g‘oyaviylikka nisbatan tomoshaviylik xususiyatlari ustunlikka ega bо‘la boradi. Voqelikni realistik tasvirlashdan kо‘ra, bо‘rttirib kо‘rsatish ma’qulroq bо‘lgan. Teatrda yengil-yelpi komediyalar, shо‘x operettalar kо‘rsatilgan. Xullas, burjua madaniyati azaliy an’analarga boy bо‘lgan, oddiy xalqning ideallari va intilishlarini ifodalovchi san’atga qarshi turgan.
XIX asrning birinchi choragiga kelib, inson erkinligi va qudrati mavzulari buyuk nemis kompozitori Lyudvig Van Betxoven asarlarining asosiy mavzusiga aylanadi. Buyuk ispan rassomi Goyya esa о‘z asarlarida kо‘proq oddiy ispan xalqi vakillari, ayniqsa, oddiy ispan ayollarining jismoniy va axloqiy gо‘zalligini tasvirlab beradi. Betxoven va Goyya asarlarida о‘sha davrning hukmron uslubi – romantizm ruhi ufurib turgan. San’atdagi romantizm XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida klassitsizmga qarshi kurash jarayonida vujudga keladi. Bu uslub tarafdorlari ijtimoiiy taraqqiyotga umid bog‘lashib, u insoniyatga ozodlik olib keladi, deb ishonganlar. Taraqqiyparvar romantizm vakillari ijod va san’at erkinligini himoya qiladilar. Oddiy insonning his-tuyg‘ularini, kuchli ehtiroslarini tarannum etadilar. Milliylikka alohida e’tibor beradilar.Syujetlarni о‘zi mansub bо‘lgan xalq va millat tarixidan oladilar
Fransiyada romantizm tetar san’atidagi klassitsizmning “uch birlik” qoidasiga qarshi kurash jarayonida vujudga keladi. Buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo asarlari klassitsizmning ana shu “uch birlik” qoidasiga qarshi kurash natijasida badiiy madaniy jarayondan mustahkam о‘rini egallaydi. Gyugo dramalaridagi qahramonlar oliyjanob qaroqchilar va oddiy fuqaro orasidan yetishib chiqqan kishilardir. Yoki daniyalik Xans Xristian Andersen ertaklarida oddiy xalqning ezgu niyatlari va axloqiy qarashlari kuylanadi.
Avstriyalik kopozitor Frans Shubert va nemis. kompozito Robert Shuman asarlarida xalqning quvonch va qayg‘usi, mehr va muhabbati, tabiatga munosabatini kuylovchi xalq raqslari va qо‘shiqlari asos qilib olingan.
Umuman olganda romantizm о‘sha davr yevropa san’atida muhim rol о‘ynagan ijodiy uslub hisoblanadi.
Bu davr san’ati va adabiyotidagi yana bir xususiyat - realizm ijodiy uslubining shakllana borganligidir. Ayrim buyuk ijodkorlar, masalan, ingliz shoiri Jorj Bayron va polyak Adam Miskevich va boshqalar о‘z asarlarida asta-sekinlik bilan romantizmdan realizmga о‘ta boshlaydilar. Buyuk nemis shoiri Xenrix Heynening ,.Qо‘shiqlar kitobi” realizm uslubida yozilgan eng mashhur asar hisoblanadi. Uning qо‘shiqlarida inson muxabba-ti va his-tuyg‘ulari haqqoniy ravishda kuylanadi. Uning‘ she’rlarida xalq yо‘lidagi ohang ufurib turadi.
XIX asriing 40 yillariga kelib Yevropa san’atida tannqidiy realizm ijodi shakllana boradi. Ijodkorlar о‘z asarlarida jamiyat hayotidan mustahkamlanib borayotgan burjuaziyaning noinsonparvarlik xususiyatini kо‘rsatib bera boshlaydilar.
Agar romantizm adabiyotida poema, ballada, lirik she’rlar, ma’lum darajada dramatik asarlar asosiy janrlar sifatina ustunlikka ega bо‘lgan bо‘lsa, tanqidiy realizmda roman janri ustunlikka ega bо‘lgan. Aynan roman janri xalqning turli; qatlamlari hayotini keng kо‘lamda aks ettira olgan. Romanda qahramonning ruhiy holatlari, qarashlari, ichki dunyoyei, tafakkuri va tasavvurini atroflicha yoritish imkoniyati katta bо‘lgan.
Tanqidiy realizm ruhi, ayniqsa, buyuk fransuz yozuvchiyei Onore- de Balzak romanlarida о‘z ifodasini topgan. О‘zini „ijtimoiy fanlar doktori” deb hisoblagan Balzakning ulkan epopeyasi ,,Inson komediyasi” da ikki mingdan ortiq personajlar qatnashadi.,,Inson komediyasi”ning aksariyat asarlarida pul, boylik va tillalar asosiy mavzu bо‘lib, bu boyliklar ularning hayotida mash’um rol о‘ynaydi. Boyliklar kishi xarakterini, psixologiyasini о‘zgartiruvchi, yemiruvchi, izdan chiqaruvchi salbiy kuch sifatida tasvirlanadi. U odamlar о‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazadi, er-xotin orasidagi sevgi-muhabbatni, otalar bilan bolalar о‘rtasidagi hurmat-izzatni belgilab beruvchi eng qabih о‘lchovga aylanadi.
Xullas, Balzak turli xil qatlamlarning vakillari hisoblangan tirik insonlarning xarakterini ifodalab beruvchi buyuk ijodkor edi.
XIX asrning oxiriga kelib Yevropada texnikadagi yangiliklarni ommaviylashtirish imkonini beruvchi ishlab chiqarish taraqqiyotad yuksaladi. Dunyo miqyosida, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishida texnika sohasida, fanda buyuk kashfiyotlar amalga oshirila boshlanadi. Sanoat ishlab chiqarishning taraqqiyotiga energitika sohasida amalga oshirilgan kashfiyotlar chuqur ta’sir kо‘rsatadi. Issiqlik va gidravlik energiya hosil qilish amalga oshiriladi. 1882 yilda amerikalik mashhur ixtirochi Tomas Endison dunyoda birinchi bо‘lib, issiqlik zlektr stansiyasini quradi. 1896 yilda esa Niagarada eng yirik elektr stansiyasi energiya bera boshlaydi. E.Gramm va F.Grafner-Alteneklar tomonidan ixtiro qilingan elektrodvigatellar dastlab sanoatda ishlatila boshlanadi. Sо‘ngra tramvaylar va boshqa transportlarni harakatga keltirishda foydalaniladi.
Sanoat, metallurgiya, elektrotexnika va boshqa sohalarning yuksala borishi yangi kasb sohasi - texnika ziyolilari - injenerlar ijtimoiy qatlamlarining paydo bо‘lishiga olib keladi. Bu kasb sohasining paydo bо‘lishi ma’naviy ishlab chiqarishning moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasiga kо‘chishiga olib keladi. Natijada fanning yangi sohalari - metallografiya, metallshunoslik, tog‘ injeneriyasi, metallar qarshiligi, elektroximiya kabi sohalarda dunyoga dovrug‘ taratgan olimlar paydo bо‘ladilar.
Elektrotransportning rivojlanishi shahar atrofida yashovchi aholining shahar markazida joylashgan madaniyat muassasalari faoliyati bilan, markazda joylashgan arxitektura ansambllari, haykaltaroshlik san’ati bilan tanishuvlariga imkoniyat yaratib beradi. Umuman olganda, XIX asr oxirida rivojlanish bosqichiga kirgan texnika inqilobi inson tafakkuri qudratini namoyish qila boshlaydi. Elektr tramoqlari, telefon, radioaloqa kengayib, kino san’ati va aviamobilsozlik rivojlanadi. Aviatsiyaga asos solindi.
1889 yilda mashhur fransuz injeneri Eyfel tomonidan qurilgan balandligi 300 metrlik pо‘lat minoraning umumjahon kо‘rgazmasida namoyish qilinishi nafaqat Yevropada zamonaviy inshootlar qurilishiga, balki AQSH arxitekturasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Asosi pо‘lat konstruksiyalardan iborat bо‘lgan zamonaviy kо‘priklar, osmon о‘par binolar, metro stansiyalari va boshqalarni qurish avj oladi. Ayniqsa, shaharlarning va fabrikalashgan sanoatning о‘sishi bilan yangi xil binolar -fabrika va zavodlar, banklar, savdo idoralari, rastalar, bozorlar, unversal magazinlar, vokzallar, yirik mehmonxonalar va boshqalar paydo bо‘ladi.
Qurilish ishida sement katta ahamiyatga ega bо‘ladi. О‘sha davrda yangi qurilish materiali - temir-beton paydo bо‘ladi. Temir- betonni fransuz bog‘boni Mone ixtiro etgan deb hisoblanadi Mone dastlab yirik gultu-vaklar tayyorlagan.
Texnika taraqqiyoti natijasida dastlab shaharlararo, sо‘ngra davlatlararo transport aloqasi keng rivojlanadi. Suv va temir yо‘lda dastlab bug‘ mashinalaridan, sо‘ngra ichki yonuv dvigatelidan foydalanila boshlanadi. Temir yо‘l transporti gez rivojlanadi. 10 yil ichida temir yо‘l tarmoqlarining uzunligi 2260 km.ga yetadi. Shundan 1138 km Germaniya hissasiga tо‘gri keladi. Ayni paytda temir yо‘llarni elektrlashtirish masalalari bilan ham shug‘ullaniladi.
1901 yildan boshlab Parijning shahar atrofiga boradigan temir yо‘l liniyalarida elektrdan foydalaniladi. Italiya va Shveysariyada tog‘dagi temir yо‘llarni elektrlashtirish sohasida dastlabki tajribalar о‘tkazi-ladi. Temir yо‘l tunellarini ochish va kо‘priklar qurish texnikasi tubdan о‘zgara boshlaydi. 1880 yipda Alp tog‘laridagi mashhur Sen-Gotard dovoni ostida 15 km lik tunnel quriladi. Bu tunnel Italiya va Shvetsariyani bir-biri bilan bog‘laydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida paroxodlar takomillashtiriladi. Kemalar qurilishida pо‘latdan keng kо‘lamda foydalanila boshlanadi. 1890 yilda yirik kemalar - uzunligi 200 metr. suv sig‘imi 20 miig tonnagacha keladigan kemalar paydo bо‘ladi. Passajir kemalarining tezligi 20 uzelgacha, ya’ni 40 kilometrgacha yetkaziladi.
XIX asrning о‘rtalariga kelib, aloqa vositalari takomillashti-riladi. Qadim zamonlardan buyon foydalanib kelinayotgan optik telegraf (mash’ala signallari) о‘rnini elektrsimon telegraf egallay boshlaydi. Morze alifbosi ixtiro qilinadi. Quruqlikdagi telegraf liniyalaridan tashqari suv osti kabellari ham yotqizila boshlanadi. Masalan, XIX asrning 60 yillari oxirida Angliyadan Amerikaga Atlantika okeani orqali telegraf kabeli yotqizilib chiqiladi.
Shotlandiyada tug‘ilib. Amerikada yashagan ixtirochi A.Bell 1876 yilda telefon apparatini kashf etadi. Qisqa muddat ichida shaharlarni telefon- lashtirish amalga oshirila boshlanadi. Telefonni takomillashtirish bо‘yicha tinmasdan ishlar olib boriladi. Natijada 1873 yilda bir-biridan mustaqil ravishda ingliz ixtirochisi D.Yuz va amerikalik ixtirochi T.Edisonlar telefonni takomillashtiradilar. Dastlabki shahar telefon stansiyalari qurila boshlanadi.
Eng dastalbki telefon stansiyalari 1878 yilda AQShdagi Nyu- Gavanada. 1879 yilda Parijda, 1881 yilda esa Berlinda ishga tushiriladi. 1877 yilda amerikalik ixtirochi T. Edison ovozni yozib olish va qayta eshigtirish apparati - fonografni kashf qilgandan sо‘ng, bu apparatga bо‘lgan ehtiyojlar ham nihoyatda keng tarqala boshlaydi.
XVII asrdan boshlab ilmiy-tabiiy fanlarda erishilgan yutuqlar va texnika taraqqyoti nafaqat sanoat ishlab chiqarishi, aloqa va transporg sohasi rivojiga, balki meditsina sohasida ham kо‘plab ilmiy kashfiyotlarning amalga oshuviga ta’sir kо‘rsatadi.
XVII asrda gollandiyalik olim A.Levenguk 300 marta katta qilib kо‘rsatadigan mikroskop yaratadi. Bu esa inson tanasi, о‘simliklar va hayvonot olami tuzilishini batafsil о‘rganish hamda juda mayda organizmlar - bakteriyalarni aniqlash imkoni ham beradi. Natijada kо‘pgina kasalikklarni ana shu mayda bakteriyalar keltirib chiqarishini aniqlash imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, mikroskop orqali jonli tо‘qima jonli xujayralardan iborat ekanligini aniqladi.
XVIII asrda ingliz vrachi E.Jenner chechakka qarshi emlash usulini ishlab chiqdi. Natijada millionlab kishilarning hayoti saqlab qolinadi.
1895 yilda nemis fizigi V.Rentgen elektromagnit nurlarini kashf egib, ularni ,,x”-nurlar deb atadi. Kо‘p о‘tmay Rentgen nurlari uzunligi juda qisqa elektromagnit tо‘lqinlari ekanligi isbotlandi. Bu nurlarning kashf etilishi amaliy jihatdan, jumladan, meditsina uchun ham katta ahamiyatga ega bо‘ldi. XIX asrning 90 iillariga kelib meditsinada kasalliklarni aniq topish uchun, keyinroq ularni davolash uchun rentgen nurlaridan foydalani- la boshlandi.
Yuqumpi kasalliklar tug‘diruvchi mikroblarning kashf etilishi mikrobilologiya fanining paydo bо‘lishiga sabab bо‘ldi.
1875 yilda rus olimi F.A.Lyosh amyoba dizenteriyasini tug‘diruvchi mikrobni kashf etadi va tekshiradi. 1880 yilda nemis olimi K.Eber ich terlama tug‘diruvchi mikrobni, 1882 yilda nemis olimi R. Kox sil hamda vabo tug‘diruvchi mikroblarni, 1884 yilda F. Lyofler bо‘g‘ma tug‘diruvchi mikroblarni kashf etishadi. Xuddi shu davrda qoqshol, zahm va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar ham topiladi. 1881 yilda mashhur fransuz olimi L. Paster kuydirgiga qarshi, 1885 yilda esa qutirishga qarshi emlashni taklif etadi. Uning kashfiyotlari meditsina taraqqiyotiga yangi bosqich ochib beradi. Kо‘p о‘tmasdan boshqa kasalliklarga qarshi kurash yо‘llari ham aniqlana boshlaydi.
Informatsiya (axborot) tarqatish kо‘lami kengaya boradi. Natijada dunyoda bо‘layotgan voqealardan tez xabardor bо‘lishga erishila boshlanadi. Informatsiya tezligi inson tafakkurining kengayishi va uning turli xil axborotlar qabul qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Texnika taraqqiyoti badiiy ijodning rivojita, xalqlar о‘rtasida madaniy aloqalar-ning kengayishiga, gurli xalqlar ma’nakiy madaniyati bilan tanishishlarga yordam beradi.
XIX asrning oxirlariga kelib nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasida. balki ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishda ham texnika taraqqiyotidan keng kо‘lamda foydalanila boshlanadi. Teatr san’atida texnikadan foydalanila boshlash uchun uning ta’sirchanligini oshirishga olib keladi.
XIX asr oxiri, aniqrog‘i 1895 yilda texnika va san’atning sintezla-shuvi natijasida san’atning yangi sohasi- kinematografiyaga asos solinadi.
Aka-uka Lui va Ogyust Lyumyerlar 1895 yil 28 dekabr kuni Parij- ning mashhur “Grand kafe” binosi yertо‘lasi (podvali)da о‘zlari ixtiro qilgan kinematografiya - harakatlanuvchi suratlarni kо‘rsatuvchi apparatni namoyish qiladilar. Natijada bu san’at turi juda tezlik bilan jahonning kо‘pgina mamlakatlariga tarqalib ketadi. 1896 yillarda Germaniya, AngliY. AQSH kabi mamlakatlarda birinchi kinoteatrlar ishlay boshlaydi.
Xullas, kino san’atining ixtiro qilinishi, kino-apparaturalarning takomillashuvi. studiyalar, suratga olish pavilonlarining tashkil etilishi harakatlarni sekinlashtirish, katta planda tushirish, yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish, ya’ni kino san’atining badiiy imkoniyatlarining kentayishi umuminsoniyat madaniyatiningbuyuk yutug‘i edi. Kino san’atini ilmiy dunyoqarash, ma’naniy-axloqiy meyorlarning, turli xil diniy e’tiqodlarning va milliy qadriyatlarning umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aylanishiga yordam berdi.
Madaniyat tarixida jamiyagning turli qatlamlarining ma’lumotli-lik darajasi muhim о‘rnini egallaydi. Kishilarnish ta’lim jarayoniga jalb qilinganligini, о‘qimishliligi jamiyag ma’naviy hayotini belgilab beradi. Shuningdek. xalq ta’limi ilg‘or g‘oyalar, ilmiy kashfiyotlar. badiiy-estetik tafakkurni kishilar ongiga singdirishning ent ta’sirchan vosita-siga aylanadi. Ta’dimning barcha shakllari jamiyag ma’naviy hayotining barcha sohalarini bir-biri bilan bog‘lab turadi. Ta’lim sistemasi orqali ajdodlardan meros: bо‘lib, qolgan ishlab chiqarish tajribalari, malaka va kо‘nikmalar. manaviy qadriyatlar. odob va axloq normalari, turli xil qarashlar va e’tiqodlar keyingi avlodlarga yetkazib beriladi. Ta’lim jarayonida yangi avlod о‘tmish ajdodlar tomonidan tо‘plangan hayotiy tajribalar bilan tanishib, о‘z hayot yо‘llarini tanlaydilar. Bir sо‘z bilan aytganda. ta’lim jarayoni individning ijtimoiylashuvi, shaxc sifatida shakllanishining asosiy omilidir. Albatta ta’lim tizimining holati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganligiga bog‘liqdir.
Umuman olganda, XVII asrdan Yevropaning kо‘pgina mamlakatlarida boshlangan madaniy yuksalish, ya’ni moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasida ham, manaviy hayotdagi rivojlanish ham uch asr mobaynida Yevropa xalqlarining minglab yillar davomida qо‘lga kiritgan yutuqlaridan bir necha yuz barobar tub о‘zgarishga olib keldi. Ayniqsa, ilmiy tafakkur taraqqiyotining yuksak darajaga kо‘tarilishi Yevropaning umum qiyofasini butunlay о‘zgartirib yubordi. Fan, san’at va adabiyot sohasida umumin-soniyatning manaviy boyligiga aylangan buyuk ijod iamunalari yaratildi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin