1-rasm. Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi 1-eng o’miziga burma uchun bahyaqator yuritish va yeng qirqimlariga ishlov berish; 2-qaytarma manjetni o’ngini ag’darish va dazmollash; 3-manjetni chok haqini yeng tomonga bostirib tikish; 4-elka va yon qirqimlariga ishlov berish.
KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
tikuv mashinalari 1022 kl, PFAFF ZINGER, 51 kl;
bichilgan va old, ort bo’laklari tikilgan ko’ylak bo’laklari;
dazmol;
ko’ylak bo’laklaridan tikma namunalar;
Bitta o’quvchi uchun:
texnologik xarita;
qo’l ishlari asboblarining 1 ta to’plami;
W40 W80-iplardan 1 ta g’altak;
turli raqamli ignalardan 1 to’plam, qaychi;
santimetr lenta 1 ta, bo’r, dukcha 1 ta;
yoqa, yeng, manjet uchun yordamchi andoza.
«AYOLLAR KO’YLAGI YOQA VA YENGIGA ISHLOV BERISH. OLD VA ORT BO’LAK YELKA, YON QIRQIMLARINI BIRIKTIRIB TIKISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA