Ayollar milliy ko‘ylagi uchun tanlangan model eskizi



Yüklə 1,55 Mb.
tarix04.05.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#107334
gulhayo 34-19


\




2-Model.

Tanlangan modelim yoz mavsumiga mo‘ljallangan. Modelim adras va krepdeshin matosi uyg‘unligida tikilgan. Modelning old va orqa bo‘lagi bo‘yin o‘miziga bezak sifatida krepdeshin matosidan Burma bilan ishlov berilgan. Modelimning yeng qismi o‘tkazmali kalta yeng, bezak sifatida yeng qismiga ham krepdeshin matosidan burma qilib tikilgan. Modelning koketkasiga bezak qilib, tugmadan foydalanilgan. Old va o‘rta qismiga krepdeshin matosidan kengaytma berib bezatilgan. Ko‘ylak qopi trapetsiyasimon shaklda. Ko‘ylakning lozimi shtapel matosidan tikilgan bo‘lib, pocha qismi biroz toraygan shaklda;


Ayollar milliy ko‘ylagi uchun tanlangan model eskizi
2-rasm
Asosiy model
Tanlagan modelim bahor-yoz fasllarida uy sharoitiga, ko‘cha-ko‘yga kiyish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, adras matosidan tikilgan. Adras matosi pushti, sariq, och ko‘k ranglar uyg‘unligida yurakcha gul bilan to‘qilgan. Model yoqa qismi adip qaytarma yoqa qilib, yoqasi ag‘darma chok yordamida tikib olinadi, so‘ngra bo‘yin o‘miziga biriktirma chok bilan biriktirilgan. o‘miziga, yengi o‘tkazma bichimli kalta yeng. Ko‘krak qismidan yuqorisi old va orqa bo‘lak koketkali, koketkadan pastki qismi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. Etak qismi 3sm ichki qismiga bostirma chok bilan tikilgan. Ko‘ylakning lozimi ham adras matosidan tikilgan bo‘lib, uning pocha qismi toraygan shaklda.
Ayollar milliy ko‘ylagi uchun tanlangan asosiy model eskizi
3-rasm

1-Model

Ayollar milliy ko‘ylagi adras matosidan. Ushbu milliy kiyim yoz fasli uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan kiyimlar qatoriga kiradi. Bo‘yin o‘mizi yarim aylana shaklida va yeng turi o‘tkazma yeng. Ko‘krak qismidan yuqorisi kaketkali va koketkadan past qismi ya’ni qopi burmali. Yeng uchiga va koketka pastigabezak sifatida tasmadan foydalanilgan.


Orqa bo‘lak ham koketkali bo‘lib, qop qismi koketkaga burmalar bilan biriktirilgan. Ko‘ylakning lozimi ham adras matosidan tikilgan bo‘lib, pocha qismi biroz toraygan. Hamda pocha qismiga bezak uchun tasma bostirma chok bilan tikilgan;
1-rasm
Ayollar milliy ko‘ylagi uchun tanlangan model eskizi
2.AYOLLAR MILLIY KO‘YLAGI UCHUN MODEL TANLASH VA ASOSLASH
Tanlangan model ayollar milliy ko‘ylak eskiz modelni tayyorlash, loyihalash vazifalari bo‘yicha ishlab chiqishga tavsiya etishdan iborat. Ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylak, ko‘ylak-xalat, ko‘ylak-palto, ko‘ylak-kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzka-jenfer, bluzka-bantik, jilet, jaket, ko‘ylak kombinzon, kombinzon, shimli kostyum, shim, yubka, yubka shimlar kiradi.
Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi.Ular yaxlit, bel qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishi yengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz holatda uchrashi mumkin. Ko‘ylak kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar, taxlamalar va boshqa xil bezaklar bilan bezatishi mumkin. Ularni turli xil: ip tolali, shoyi, jun, zig‘ir tolali hamda sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashda kiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda faslga qarab e’tibor berish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekanligini unutilmaslik lozim,
Uy kiyimlar arzon ip tolali gazlamalardan tikilgani ma‘qul bo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me‘yorida ishlatilishi kerak.
Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil, yupqa gazlamalardan yorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muofiq.
Qish oylarida esa yumshoq zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘a yoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzun yengli yoqali yoki, bo‘yin o‘yindisi yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin.
Bashang kiyimlar chiroyli zarli, guli yoki sidirg‘a gazlamalardan tayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar ,mayda taxlamalar, sun’iy gullar, belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylak fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatlariga, odam gavdasining tuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi.
Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin