Ayollarga nisbatan qo'llaniladigan ozodlikdan mahrum qilish



Yüklə 23,75 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü23,75 Kb.
#92830
ayollarga nisbatan qo\'llaniladigan ozodlikdan mahrum qilish


ayollarga nisbatan qo'llaniladigan ozodlikdan mahrum qilish
Jazoni ijro etish koloniyalari – manzil koloniyalar, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo`linadi. 
Tarbiya koloniyalari umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga bo`linadi, hamda voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo`ljallangan.
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash mo`ljallangan. 
Manzil koloniyalar quyidagilarga bo`linadi:
Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil koloniyalari;
Umumiy va tartibli koloniyalardan shuningdek, tarbiya koloniyalaridan o`tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil koloniyalar.
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo`linadi:
qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marotaba ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar;
Og`ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar;
Ilgari qasddan sodir etgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun yana sudlangan ayollar saqlanadigan koloniyalar, JIK ning 48-moddasida ko`rsatilgan ayollar bundan mustasno.
qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo`linadi:
O`ta og`ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan koloniyalar;
Ilgari qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
Ilgari qasddan sodir etgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasida jazoni o`tagan va o`ta og`ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek, o`ta xavfli retsedivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar.
Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan o`taxavfli retsedivist deb topilgan erkaklarni saqlash uchun mo`ljallangan. Maxsus tartibli koloniyalarda o`lim jazosi avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
Umumiy tartibli tarbiya koloniyalari quyidagilarga bo`linadi:
Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun oz. max. qilish tariqasidagi jazoni o`tagan va o`ta og`ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o`ta havfli retsedivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalari. 
D) M.T.Klar quydagilari oz. max. qil. hukm qilingan o`ta xavfli retsedivist deb topilgan erkaklarni saqlash uchun mo`ljallangan. Maxsus tartibli koloniyalarda o`lim jazosi avf etish tartibida oz. maxir. qilish jazosi bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi. 
YE) Umumiy tartibli tarbiya koloniyalari quyidigilarga bo`linadi:
Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan voyaga yetmagan shaxslar saqlanadigan koloniyalar: 
qasddan uncha og`ir bo`lmagan va og`ir jinoyat sodir etmaganlik uchun birinchi marta oz. max. etishga hukum qilingan voyaga yetmagan shaxslar saqlanadigan koloniyalar;
O`ta og`ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta oz. max.etishga hukum qilingan voyaga yetmagan shaxslar saqlanadigan koloniyalar;
Ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun oz. max. qilish tariqasidagi jazoni o`tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayol jinsiga mansub voyaga yetmagan saqlanadigan koloniyalar.
YO) Kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyalari ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o`tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkak jinsiga mansub voyaga yetmagan shaxslarni saqlab turishga mo`ljallangan.
Mahkumlarni tergov xibsxonasi va turmada qoldirish. qasddan sodir etilgan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyat uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda mahkumning yozma roziligi bo`lgan taqdirda muassasa boshlig`ining qaroriga binoan xo`jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov xibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin.
Xo`jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo`yilmaydigan umumiy kameralarda boshqa shaxslardan batamom ajratilgan xolda JIKni 18 bobida nazarda tutilgan sharoitda o`taydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berish imkoniyati bo`lmasa bitta uzoq muddatli uchrashuv o`rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. 
Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar shuningdek sudlar va huquq tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq hodimlariga mansub mahkumlar xo`jalik xizmatiga oid ishlarni bajarishga qoldirilmaydi.
Ozodlikdan maxrum qilishga hukm qilingan shaxslar tergov xibsxonasi ma`muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to`g`risida sud habarnomasini olgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida jazoni o`tash uchun jo`natiladi. 
Tergov hibsxonasining ma`muriyati mahkum jazoni o`tash uchun jo`nab ketganligi to`g`risida uningoilasiga uch kunlik muddat ichida habar yuborilishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasining ma`muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uchkunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni habardor qilishi, shuningdek mahkumgning oilasiga muassasa manzilini ko`rsatib hamda mahkumni yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo`qlov, banderollar olish, telefon orqali so`zlashish huquqlarini tushuntirib habarnoma yuborishi shart.
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish muassasa ma`muriyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi IIV belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Muassasaga yetib kelgan mahkumlar, ularning shaxsini o`rganish va sharoitga moslashib olishlari uchun 15 sutkagacha muddatga odatda qabul bo`limiga joylashtiriladi. Manzil koloniyaga kelgan hamda xo`jalik hizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov xibsxonasi turmalarida qoldirilgan shaxslar bundan mustasno.
Muassasalariga yetib kelganlaridan so`ng mahkumlarga jazoni o`tash tartibi va shartlari to`g`risidagi kerakli axborot beriladi va uning xuquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini odatda bitta muassasada o`taydi.
Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o`tashni davom ettirish uchun o`tkazishga uning xavfsizligini ta`minlash va uning roziligini olgan holda, mahkumning mazkur muassasada qolishga to`sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo`l qo`yiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muasasadan boshqasiga o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi IIV tomonidan belgilanadi.
Jazoni ijro etuvchi muassasada erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan maxrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini o`tagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilgan holda saqlanadi:
o`ta xavfli retsidivistlar;
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi avf etish tartibida uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar.
Sud va huquq tartibotni muxofaza qiluvchi organlarning sobiq hodimlari;
Turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar.

Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga ko`chirish JIK ning 58-moddasi talablariga rioya etilgan holda olib boriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar qamoq jazosiga hukm qilingan va tergov qilinayotgan shaxslardan alohida ko`chiriladi.
Homilasi 24 xaftalikdan oshgan yoki 3 yoshgacha to`lmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan aloxida ko`chiriladi. Mahkum bemorlar xomilador ayollar va bolasi bemor ayollar zarrur bo`lganda tibbiy xodimlar kuzatuvida ko`chiriladi.
Mahkumlarni xavfsizliini ta`minlash maqsadida ularni boshqa xollarda xam ajratilgan tarzda ko`chirishga yo`l qo`yiladi.
Ko`chirish chog`ida mahkumlar zarur moddiy – maishiy va sanitariya gigiyena shartlari bilan ta`minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va payavzal belgilangan norma bo`yicha beriladi.
Jazoni o`tash davrida ozodlikdan maxrum qilishga hukm qilingan shaxslarni saqlpash sharoitini bir muassasa doirasida yoki boshqa muassasaga o`tkazish yo`li bilan yengillashtirilishi yohud og`irlashtirilishi mumkin.
Muassasa boshlig`ining qaroriga binoan J.I.K.ni 102 va 104 moddalariga muvofiq sud tomonidan J.P.K.ning 537 moddasiga muvofiq mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha og`irlashtirilishi mumkin
Yüklə 23,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin