Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə105/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136
10-ona-tili-konspekt

Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan gaplardagi qo‘shimcha izoh, qo‘shimcha ma’lumot bildirgan birliklarni aniqlang.
1. Ukamni men o‘zim (uyda kattalardan hech kim yo‘q edi) barvaqt uyg‘otdim. (A. Ahmedov) 2. Men yuvinish xonasi og‘zida qoldirilgan xaltani (og‘irgina ekan) olib, Tavakkalga berdim. (Sh. Xolmirzayev) 3. Oilamizdagi kattalarning (mening ham) shu kunlarda ko‘nglidagi niyat o‘sha tantanani tezroq va hamma havas qilgudek to‘kinroq qilib o‘tkazish edi. (A. Islomov) 4. Etak tomondagi uyning (Omonning uyi) derazalari ochib qo‘yilgan, sarg‘ish darparda osilib turar, ammo ichkarida hech kim yo‘qligi aniq edi. (O‘. Hoshimov) 5. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi deb ataydilar. (Said Ahmad) Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘z lovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini
ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’min laydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. (G‘afur G‘ulom)
Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar. (Abdulla Qodiriy) Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar. (Cho‘lpon) Salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. (Said Ahmad)

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin