Aziz o‘quvchilar!



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə58/136
tarix19.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#117486
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136
10-ona-tili-konspekt

51-mashq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar bilan almashtirib ko‘ring, ma’nosini izohlang. Ma’nodagi o‘zgarishlarga e’tibor bering.
1. Qo‘lida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloq tomonga ketishyapti. (Said Ahmad) 2. Bu qutilarda bir kun oldin telefonda berilgan buyurtmaga binoan, qora, qizil ikra, yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti, qog‘oz bankada qaymoq, apelsin, hind choyi, ko‘k choy va qazi kabi noyob yemishliklar bor. (Said Ahmad) 3. Gulnor Nurining o‘z oilasidagi voqealardan, bilgan-eshitganlaridan so‘zladi. (Oybek) 4. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o‘tirardim. (Said Ahmad) 5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni obod qilishni, ilm-u ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar. (P. Qodirov) 6. Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida poyaga suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan bir zumda qizarib-bo‘zarib ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi. (Oybek) 7. Agar u guldastani xotiniga deb olganda odamlarunga ajabsinib emas, havas bilan qarar edi. (Ahmad A’zam)
52-mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlarga qavs ichidagi kelishik shakllarini qo‘shib ko‘ring, ma’noda yuz bergan o‘zgarishlarni izohlang.
1. Yo‘lchiboy aka, qayer (-ga, -dan) qochasiz? (Oybek) 2. Baxtim (-dan, -ga) deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshi ko‘radigan ayol ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Ilmiy ishlaringiz (-da, -ga) muvaffaqiyat! (Erkin A’zam) 4. Chollar (-dan, -ning) biri unga emas, jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. (Said Ahmad) 5. Ot (-ga, -da) juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-ye... (Abdulla Qahhor) 6. Juvon qo‘lidagi olma (-ni, -dan) ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. (Abdulla Qahhor) 7. Shunda u o‘zining hozirgina dala (-ga, -dan) kelganini esladi. (P. Qodirov) 8. Sersoya ayvonda Sattor Oyshaxonning yoni (-ga, -da) o‘tirib mastava ichar ekan, xotinining yuziga qaray olmas, biror joyi unga tegib ketishidan cho‘chir, o‘zini majbur qilib, odob yuzasidan uzuq-yuluq gaplashar edi. (P. Qodirov) 9. In damay konduktorning yoni (-ga, -da, -dan) o‘tib oldim. (O‘. Hoshimov) 10. Rais uka, sizni ko‘rganim (-dan, -ga) xursandman. (O‘. Umarbekov)
53-mashq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma’no dosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma’nodagi o‘zgarishlarni izohlang.
1. «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan ketdi. (Said Ahmad) 2. U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari yo‘naladi. (Erkin A’zam) 3. O‘smir o‘rtoqlari oldida uyalgani uchun ham uydan ketishga ahd qilgan. (Tohir Malik) 4. Anavi g‘it-g‘it mashina bilan To‘laganning adabini beraman. (O‘. Umarbekov) 5. Xatni Sobiraxon olib, ko‘k qalam bilan ostiga chizilgan yerini o‘qidi. (Abdulla Qahhor) 6. Rejissyor uchun bundan ortiq dahshat yo‘q edi. (Sh. Xolmirzayev) 7. Bolam, Shodmon shahardan kelgan, – deya entikdi. (Sh. Xolmirzayev) «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlarini eslab qoling. Ular ishtirokida gaplar tuzing, kelishik qo‘shimchalariga e’tibor bering.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin