39
3-bob. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN
TA’MINLASH
3.1. Marketingda axborotni o‘rni. Axborot tizimi
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra
dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing
faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish
uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmoqda.
Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar
tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish,
muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing
axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. Quyidagi
rasmda marketingda axborotning roli ko‘rsatib o‘tilgan.
3.1-rasm. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida marketing
axborotini roli
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish
uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga
solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul
qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti
tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini
tashkil etadi.
Marketingning axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik
ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi
axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari;
ma’lumotlar to‘plamlari; sud qarorlari; partiyalar tashviqotlari; e’lonlar,
Tashqi sohani kuzatish
Raqobatbardoshlikka
erishish
Strategiyani
muvofiqlashtirish
Dostları ilə paylaş: