• Основные стратегические варианты


Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi
- 1) marketing 
faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob 
beruvchi nisbatan ko‘p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari 
bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining 
(natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing 
faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida 
aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) 
resurslarga nisbati yordamida baholanadi. 
Marketing xarajatlari
-tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror 
ishlab chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chiqimlar yig‘indisi. Marketing 
xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing 
bo‘limi xodimlari maoshi, amortizaцion ajratmalar, marketing bo‘limining 
normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar 
siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat 
uchun sarflanuvchi xarajatlar. 
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi
- 1) 
marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning 
uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing 
majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat 
shaklida o‘lchanadi. 
Marketingda tarmoq yondashuvi
- marketing tizimi subyektlarining 
nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama 
o‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na 
sotuvchilar va na xaridorlar o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni 
almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o‘zgarganda ularning bir-biriga 
qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga 
suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida resurslar ayirboshlash 
“qaramlik” va “xoqimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmog‘i uchta 
o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va 


169 
faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni 
ierarxik nazorat qilishni talab qiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin