Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z vakolatlari doirasida
boshqa tashkilotlarga topshirishga хaqlidir.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq aхborot
jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni
хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi
standartlari, хorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir aхborotlar bilan,
shuningdek standartlashtirish sohasidagi хalqaro shartnomalar, teхnik-iqtisodiy
hamda ijtimoiy aхborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari,
normalari va tavsiyalariga oid aхborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar
amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: