63 - DARS. STRUKTURALAR VA KO’RSATKICHLAR.
Strukturaga ko’rsatkichlar oddiy ko’rsatkichlar kabi tasvirlanadi:
Complex *cc,*ss; struct goods *p_goods;
Strukturaga ko’rsatkich ta'riflanganda initsializatsiya qilinishi mumkin. Misol uchun ekrandagi rangli nuktani tasvirlovchi qo’yidagi strukturali tip va strukturalar massivi kiritiladi. Strukturaga ko’rsatkich qiymatlari initsializatsiya va qiymat berish orqali aniqlanadi:
Struct point
{int color;
int x,y;
} a,b;
struct point *pa=&a,pb; pb=&b;
Ko’rsatkich orqali struktura elementlariga ikki usulda murojaat qilish mumkin. Birinchi usul adres bo’yicha qiymat olish amaliga asoslangan bo’lib qo’yidagi shaklda qo’llaniladi:
(* strukturaga ko’rsatkich).element nomi;
Ikkinchi usul mahsus strelka (->) amaliga asoslangan bo’lib qo’yidagi ko’rinishga ega:
strukturaga ko’rsatkich->element nomi
Struktura elementlariga qo’yidagi murojaatlar o’zaro tengdir:
(*pa).color==a.color==pa->color
Struktura elementlari qiymatlarini ko’rsatkichlar yordamida qo’yidagicha o’zgartirish mumkin:
(*pa).color=red;
pa->x=125;
pa->y=300;
Dasturda nuqtaviy jismni tasvirlovchi particle strukturali tipga tegishli m_point strukturasi aniqlangan bo’lsin. Shu strukturaga pinta ko’rsatkichini kiritamiz:
Struct particle * pinta=&m_point;
Bu holda m_point struktura elementlarini qo’yidagicha o’zgartirish mumkin:
Pinta->mass=18.4;
For (I=0;I<3;I++)
Pinta->coord[I]=0.1*I;
Dostları ilə paylaş: |