sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida
kasbga doir faoliyat bilan
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga
boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib
kelmaydigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast
yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga
boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni
hisobga
olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har
oyda to‘lanadi.
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor bo‘lgan mayiblik yoki uning
sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida
bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga to‘g‘ri keladigan
qismi va boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya o‘rtasidagi farq
tarzidagi
kompensatsiya har oyda, majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga
olmagan holda to‘lanadi.
Sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yo‘q
qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni
sudyaga yoki uning oila
a’zolariga to‘laligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning
ikkinchi — beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan zararning o‘rnini qoplash
bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor
shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
Dostları ilə paylaş: