1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarni o`n ichida qo`shishn va ayirih yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, qo`shish va ayirishning o`zaro bog`liqligi haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish, jamoaviylik, mehnatsevarlikni, estetik didni shakllantirish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Msutahkamlash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Qiziqarli hisob” o`yini oynatiladi.
Bunda 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ko`rsatilgan. Ikki o`quvchi muobaqalashadi. O`quvvhilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni to`g`ri va tartib bilan ko`rsatib o`qishlari kerak. Kim birinchi o`qib bersa shu o`quvchi g`olib bo`ladi. O`tilgan mavzuni yangi mavzu bilan bog`lashmaqsadida 7,8,9,10 sonlarining tarkibi eslanadi va xotiraga mustahkamlanadi. O`rganilgan mavzuni mustahkamlash. O`rganilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash darsini o`tish u8chun darslikning 64-sahifasidagi misol va masallar bajariladi. 6-masala tushuntiriladi. 6+4=10 4+6=10 10-4=6 10-6=4 4<6 6>4 7-misol bajariladi va daftarlariga yoiziladi. 4+2=6 4+3=7 1+2=3 6-2=4 7-4=3 3-2=1 6-4=2 7-3=4 3-1=2 8-masalada o`quvchilar o`qituvchi hamkorligida og`zaki masala tuzadilar va yechimi topiladi. Bog`da 4 ta lola va 6 ta gunafsha ochilgan. Bog`da jami nechta gul ochilgan. 4+6=10 10-4=6 Shu o`rinda o`quvchilarga gullarni sevishga ularni parvarish qilish haqidagi tushunchalarni kengaytiradi. 9-misol daftarda va doskada bajariladi. 5+4=9 6-3=3 4+6=10 3+3=6 9-4=5 5+2=7 5+5=10 8-7=2 10-masala geometrik shakllar yordamida tushuntiriladi va yechimi topiladi. 7+2=9 9-7=2 9-2=7 Jismoniy daqiqa o`tkaziladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi, o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 64-dars
6> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |