1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va qo`shish hadlari haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga, uy hayvonlarini parvarishlashga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.sinf 3 guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida misollar ustuni yozilgan bo`ladi. Har bir guruhdan navbatma-navbat o`quvchilar chiqib misollarni pastdan yuqoriga ishlab chiqadilar. Kim birinchi shoxsupaga chiqsa shu guruh g`olib sanaladi. O`yin vaqtida tartib-intizomga ham alohida e`tibor beriladi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi. Qo`rada 3 ta qora qo`y bor edi. Yana 3 ta oq qoy sotib olindi. Jami nechta qo`y bo`ldi? 3+2=5 (ta) Qo`shish amalida qatnashgan har bir sonning o`z nomlari bor. Bu qo`shish hadlari hisoblanadi. 2-qo`shiluvchi 3- qo`shiluvchi 5- yig`indi. 3 va 2 ning yig`indisi 5 ga teng. Shu o`rinda uy hayvonlari, ularning insonlar haotidagi o`rni, ularni parvarishlash haqida ham tushuncha berib o`tiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 68-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misol doskada va daftarlarda bajaruiladi. Har bir misoldagi qo`shish hadlari o`quvchilarga ayttiriladi va mustahkamlanadi. 5+2=7 3+5=8 1+7=8 7+2=9 3+2=5 1+3=4 4+3=7 5+4=9 3-masala rasm asosida masala tuziladiva yechimi topiladi. Milliy kiyimlar haqida ma`lumotlar beriladi.Bosh kiyimni yerga tashlamaslik, uni asrab-avaylash haqida tushuncha beriladi. Do`ppido`z bir kunda 6 ta erkaklar do`ppisini va 2 ta ayollar do`ppisini tikdi. Bir kunda jami nechta do`ppi tikilgan? 6+2=8 8*-6=2 4-masala. Rasm asosida o`gzaki masala tuziladi va yechiladi. Bir kunda 2 ta “Neksiya” va 4 ta “Tiko” avtomobillari sotildi. Jami nechta yengil avtomonil sotilgan? 2+4=6 ta avtomobil sotilgan. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 67-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |