1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1, 2,3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 4 soni haqidagi bilimlarini mustahkamlsh uning hosil bo`lishini o`rganish. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1, 2,3,4 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi. 4 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 4 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1,2,3,4 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 4 soni ichida qo`shish tushuntiriladi. 1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi.O`quvchilarga naqqoshlik hunari haqida, o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini unumli va mazmunli o`tkazishlari va o`zlari uchun foydali bo`lgan hunar sirlarini organishga undaladi. So`ng masalaning yechimi topiladi. 3+1=4 Og`zaki masa tuzdiriladi. 2-misol predmetlar yordamida tushuntiriladi. 4-2=2 4-3=1 Ayirish bu sonlarning kamayishiga olib kelishi tushuntiriladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 23-sahifasida berilgan 3-misol predmetlar yordamida ishlanadi. 2+2=4 4-2=2 1+3=4 4-3=1 4-masaladagi rasmlar kuzatiladi, og`zaki masala tuzdiriladi. Shu o`rinda hayvonlarga g`amho`rlik qilishi tushuntiriladi. 4 ta quyon o`ynayotgan edi. 1 tasi qochib ketdi. Nechta quyon qoldi? 4-1=3 4 ta quyon o`ynayotgan edi. Ulardan 3 tasi yashirinib oldi. Nechta quyon qoldi? 4-3=1
V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 23-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |