1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə72/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1 ,2,3va 4 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni bilan tanishtirish, 5 soni ichida qo`shish va ayirishni o`rgatish.

2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1, 2,3,4,5 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi.

5 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 5 soni doskada yozib ko`rsatiladi.

1,2,3,4,5 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida to`g`ri va teskari sanash tushuntiriladi.

1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga otlarni inson hayotidagi o`rni , uning foydali tomonlari, otning uy hayvoni ekanligi, ularga g`amxo`rlik qilish haqida aytib o`tiladi va og`zaki masala tuziladi.

Yaylovda 2 ta ot o`tlab yurgan edi. Ularga yana 3 ta ot kelib qo`shildi. Otlar nechta bo`ldi. So`ng masaning yechimi topiladi.

2+3=5 yoki 3+2=5

2-masala yordamida biz o`quvchilarga 5 gacha bo`lgan sonlarni to`g`ri va teskari sanashni o`rgatamiz. O`quvchilar avval bo`sh kataklarni to`ldiradilar, so`ng sanaydilar.

1,2,3,4,5 5,4,6,2,1

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 26-sahifasida berilgan 3-masala yordamida 5 soni hosil qilinadi.

Likopchada 3 taqizil va 2 ta sariq olma bor. Likopchaga jami nechta olma bor? 3+2=5

Likopchada 5 ta olma bor edi. Ulardan 2 tasi yeyildi. Likopchada nechta olma qoldi? 5-2=3

4-misolda o`quvchilar aylanma misollarni bajaradilar.

1+3=4 4+1=5 5-3=2 2+1=3 3-2=1 1+3=4

Misollarni ishlash bilan birga o`quvchilar kapalaklarni gulga qo`nishiga yordam berib yuborganlari haqida aytib o`tiladi. Kapalaklar hayoti haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

25-dars


Fan: Matematika

Sana:


Mavzu: 5 soni ichida sodda masallar tuzish.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin