1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi



Yüklə 81,42 Kb.
səhifə36/91
tarix02.01.2022
ölçüsü81,42 Kb.
#38415
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
1-dars Sana Mavzu Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu “Gulzor. Xona o`simliklari” mavzusi e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan kirish suhbati o`tkaziladi.O`simliklar deganda nimani tushunasiz? Ularning qanday turlarini bilamiz? O`quvchilarning javoblari eshitiladi, yangi mavzuga kirish suhbati tashkil etiladi. O`simliklar olami xilma-xildir. Gullar, o`tlar, butalar, daraxtlar, mevali va manzarali o`simliklar.

O`simliklar 3 turga bo`linadi. Tarmoqlash orqali tushuntiriladi.

Daraxtlar: (mevali, manzarali). O`tlar ( maysalar, beda, yantoq, o`t-o`lan), Butalar ( na`matak, anoq, anjir, nastarin)

So`ng o`simliklarning o`tlar turiga mansubi gullar ham borligi, gullar hayotimizni bezab turishi, turli xil tadbirlarda gullarning o`rni alohida ekanligi o`quvchilarga tushuntiriladi. Gullar manzarali o`simliklarga misol bo`la oladi. Biz gullarni ko`rishimiz bilan kayfiyatimiz ko`tarilib ketadi. Demak guzllar inson umrini uzaytiruvchi o`simlik ham sanalar ekan. Biz gullarni gulzorlarda ekib parvarishlaymiz. Hovlimizning bir burchagini har doim gullar uchun ajratamiz va erta bahordan u yerga turli xil gullarni: rayxon, gulxayri, gultojixo`rioz, gulbeor. Qo`qongul, astra, romashka, atirgullarni ekamiz. Ularga vaqti-vaqti bilan suv quyamiz, tagini yumshatamiz. Turli xil tadbirlarda esa ulardan gildasta yasab uylarimizni bazatamiz.

Ko`p qavatli uylarda bunday gullarni yetishtirish biroz mushkul, shuning uchun ko`p qavatli uylarda xona o`simliklarini ekishimiz mumkin. Xona o`simliklari turli usullar bilan ko`paytiriladi. Ularning shoxidan ildiz ottirib, bargidan, piyozidan ko`paytirishimiz mumkin. Uarni maxsus gul tuvaklariga ekamiz va har doim parvarishlab turamiz. Yaproqlarining changini artamiz, tagini yumshatamiz, suz quyib turamiz.




Yüklə 81,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin