Qalay birikmalarda ikki va to'rt valentli bo'ladi. Qalay tuzi eritmalari rangsiz. Qalay ionlariga cho'ktirish va qaytarish reaksiyalari ko'proq xosdir.
1. O'yuvchi ishqorlar va ammiak Sn2+ ioni bilan ta'sirlashganda, kislotalar va ortiqcha ishqorlarda eriydigan oq rangli amfoter birikma Sn(OH)2cho'kmasini hosil qiladi:
Sn2+ + 2OH- →Sn(OH)2↓
3. Sn2+ ta'siridan qaytarish reaksiyalariasosida hosil bo'lgan mahsulotlar yordamida qalay (II) ionni topish mumkin. Ma'lumki, Sn4+/Sn2+ juftning normal potensiali (Eo=0,15 B) uning kuchli qaytaruvchi ekanligidan dalolat beradi.
Reaksiyani bajarish uchun probirkaga 2-3 tomchi NaAsO2 eritmasidan solib, unga biroz qattiq NaHCO3 qo'shib, so'ngra yodning spirtli eritmasidan bir tomchi tomizing.