1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida asosiy tushunchalar. Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini hamda bu qonunlarning texnikaning turli soxalariga tatbiq etilishini o’rganuvchi fan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə11/31
tarix04.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60624
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
1-Ma`ruza. Gidravlika fanining predmeti. Suyuqliklar to’g’risida

Nosilindrik trubalar uchun gidravlik radius tushunchasidan foydalanib, ekvivalent diametr kiritiladi. Ekvivalent diametr gidravlik radiusning to’rtga ko’paytirilganiga teng:

Elementar oqimcha uchun uzluksizlik tenglamasi


Yuqorida aytib o’tilganidek, gidravlikada suyuqliklar tutash muhitlar deb ataladi (ya`ni harakat fazosining istalgan nuqtasida suyuqlik zarrachasini topish mumkin). Elementar oqimcha va oqim uchun uzluksizlik tenglamasi suyuqlik tutash oqimining matematik ifodasi bo’lib xizmat qiladi. Suyuqlikning barqaror harakatini ko’rib chiqamiz.

4 - rasm. Tezlik epyurasi (punktir chiziq) va o’rtacha tezlik (tutash chiziq): a- trubalarda, b- kanallarda.
Elementar oqimcha uchun uzluksizlik tenglamasini chiqaramiz. Oqimda harakat o’qi bo’lgan elementar oqimchani olib, uning 1-1 va 2-2 kesimlar orasidagi bo’lagini tekshiramiz (5 - rasm). 1-1 kesimning yuzasi ning tezligi , 2-2 kesimning yuzasi ning tezligi bo’lsin va bu kesimlarda tegishli elementar sarflar ga teng bo’lsin.



5 - rasm. Uzilmaslik tenglamasiga doir chizma.
Bu holda 1-1 va 2-2 kesimlar orqali o’tuvchi bu elementar sarflar
(4)
bo’ladi. Buni isbotlash uchun quyidagi ikki holni ko’ramiz:
1. bo’lsin. Bu holda 1-1 va 2-2 kesimlar o’rtasida suyuqlik to’planishi yoki elementar oqimcha devorlari orqali tashqariga chiqishi mumkin degan xulosa chiqadi. Yuqorida aytilganidek, elementar oqimcha devoridan suyuqlik o’tmaydi va elementar oqimchaning ko’ndalang kesimlari o’zgarmasdir. Demak, bu taxmin notug’ri ekanligi ko’rinib turibdi.
2. bo’lsin. Bu holda 1-1 va 2-2 kesimlar orasiga qayerdandir suyuqlik qo’shilib turishi yoki elementar oqimcha devori orqali ichqariga o’tib turishi kerak. Yuqoridagiga asosan bunday taxmin ham noto’g’ri ekanligi ko’rinadi. Shunday qilib (4) tenglik to’g’ri ekanligi isbotlandi.
Elementar sarflar tengligidan
(5)
ekanligi kelib chiqadi.

    1. va 2-2 kesimlar ixtiyoriy tanlab olinganligi uchun elementar oqimchaning xoxlagan kesimi uchun elementar sarf teng bo’ladi, ya`ni

(5) tenglama elementar oqimcha uchun uzluksizlik tenglamasi deb ataladi. Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, elementar oqimchaning barcha kesimlarida elementar sarf bir xildir. (5) tenglamani quyidagicha yozish mumkin:


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin