Ijtimoiy pedagogika mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlarining qiyosiy jadvali
Pedagogika
Ijtimoiy pedagogika
O’zlashtirilgan
Asl
O’zlashtirilgan
Asl
Ta’lim o’qitish tarbiya
Ta’lim o’qitish tarbiya
Ijtimoiy
O’qitish. Ijtimoiy
Tarbiya.
Bolalar (bola) shaxs rivojlanish, faoliyat
Pedagogik faoliyat
Bola (bolalar) shaxs
rivojlanish, faoliyat
Ijtimoiy
pedagogik
faoliyat
Ijtimoiylashuv
Jamiyat, sotsium ijtimoiy institut ijtimoiylashuv, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy tiklanish
2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat Pedagogik faoliyat – ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani berishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga «kirishi») yordam ko’rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo’lishi mumkin ijtimoiy pedagogik faoliyat turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalarida ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.