Qurish tamoyillari
|
Mazmuni
|
1.Tizimning yaxlitligi
|
Tizim elementlarining yaxlitligi va o‘zaro hamkorligi. Tashqi ta’sirlarga tizim yagona bir butun sifatida javob qaytaradi.Korxonaning avtonom tizim sifatidagi operativ, ishlab chiqarish, moliya, investitsion, innovatsion, strategik faoliyatining yaxlitligi.
|
2.Elementlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro hamkorligi
|
Tizimning tarkibiy qismlari to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqa bilan bog‘langanlar. Masalan ishlab chiqarishning yakuniy mahsuloti mehnat vositalari, mehnat predmetlari, texnologiyalar, tashkil qilishlar, xodimlarning o‘zaro hamkorligi asosida olinadi.
|
3.Vazifalarni asoslanganligi
|
Korxona vazifalari beixtiyor emas, balki ishlab chiqarishning maqsadlari, talabning talablari, resurslarning mavjudligiga muvofiq shakllanadi va o‘zgaradilar.
|
4.Ierarxiklik
|
Tizimning har qanday gorizontal va vertikal darajalarida elementlar (texnologik zanjirchaning bo‘g‘inlari, tarkibiy bo‘linmalar, alohida xodimlar va h.k) o‘rtasidagi ierarxik o‘zaro hamkorlik ta’minlanishi kerak.
|
5.Elementlarning avtonomligi
|
Tizimning har qanday vertikal va gorizontal darajalarida boshqa bo‘linmalar harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan vazifalar aniq chegaralanadilar. Masalan, TNB, xodim, bosh konstruktor xizmatlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari va h.k. bir biriga bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajaradilar, ya’ni avtonom ravishda harakat qiladilar.
|
6.Moslashuvchanlik, sinxronlik, bir tekislik
|
Tizimning barcha bo‘g‘inlari va tarkibiy elementlari vaqtda sinxronlashtirilganlar va qanday va qat’iy belgilangan usullar va yo‘llar (ishlab chiqarish jarayonlarining reglamentlar (ish tartibi), qo‘llanmalar. Texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasining me’yoriy talablari, ekologik me’yorlarga rioya qilish, mehnat jarayonlarining tarifini belgilash)dan foydalanishda tashkilotning asosiy maqsadlari bilan moslashganlar.
|
7.Moslashuvchanlik, egiluvchanlik
|
Tizimni o‘zgarishlarga moslashuvchanligi, masalan, ishlab chiqarish apparatini yangi texnika, texnologiyalarga moslashuvchanligi, xodimlarni innovatsion va tashkiliy o‘zgarishlariga moslashuvi va h.k.
|
8.Boshqaruvchanlik
|
Uskunani ishlashida to‘xtashlar va bekor turishlarni yo‘qligi, ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarining bir tekisligi va sinxronligi, xodimlarning sababsiz ishga kelmasliklari va kelmay qolishlarining yo‘qligi. Axborot va moddiy oqimlarning tartibga solinganligi, boshqaruvchi bo‘g‘inning buyrug‘i bo‘yicha vazifalarni bajarilishining muntazamligi.
|
9.Ko‘p vazifaviylik, ko‘p jihatlik
|
Tizimning qaytadan yo‘lga qo‘yilishga, yangiliklarni tadbiq etilishiga, xodimlar tez qayta o‘qitilishiga, navlarni o‘zgarishi va kengayishiga, qismi yoki to‘liq modernizatsiyalanishga yangilanishga va h.k. qobiliyati.
|
10.Ravshanlik
|
Texnik va ishga doir hujjatlarning yagona atamashunosligi, tizimning barcha bo‘g‘inlariga nisbatan talablarning yagonaligi, jazolar, me’yorlar va tartibga soluvchi bazaning yagona tizimi. Tashqi ta’sirlar ta’siri ostida qaytadan yo‘naltirilishi imkoniyati.
|
11.Muvofiqlik
|
Eng muhim xususiyat-barcha bo‘linmalar harakatlarini muvofiqlashtirish imkoniyati, asosiy vazifalarga qaratilganlik. Barcha yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillarga rioya qilish bilan ta’minlanadi.
|