1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moliya qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə10/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

34. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moliya qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi?
Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo’ladi. Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi.


35. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladimi? Nega?
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al qatlam-larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda majbu-riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi mumkin.


36. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farq-lanishi qanday sabablar bilan belgilanadi?
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosa-batlari birbiridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi:
 har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
 har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning maqsadlari va vazifalariga bo’ysunadi;
 ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabat-larining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallj; tuzumlarga natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
 agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;
 faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.

Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin