1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə56/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
она тилидан қулланма

1. Birinchi guruh tuslovchilar
Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo‘shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so‘ng va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:

SHaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozdim, yozsam, yozgan edim


zdik, yozsak, yozgan edik

II



yozding, yozsang, yozgan eding


yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz

III



yozdi, yozsa, yozgan edi


yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(-lar)



2. Ikkinchi guruh tuslovchilar
Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo‘shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni birinchi xil ko‘rinishda –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, -yotib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko‘plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko‘rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), -digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to‘liqsiz fe’llari bilan birga qo‘llansa, III shaxsda shaxs ko‘rsatkichi shakllanmaydi (nol ko‘rsatkichli shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko‘rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:
«A» ko‘rinishi



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozib-man, yozayotib-man, yoza-man yozyap-man


yozib-miz, yozayotib-miz, yoza-miz, yozyap –miz

II



yozib-san, yozayotib-san, yoza-san, yozyap -san


yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-siz, yozyap –siz

III



yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozyap -ti


yozibdilar, zayotibdilar, yozadilar, yozyaptilar

«B» ko‘rinishi



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozgan-man, yozar-man, yozadigan-man, yozmoqda-man, yozmoqchi-man


yozgan-miz, yozar-miz, yozadigan-miz, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz

II



yozgan-san, yozar-san, yozadigan-san, yozmoqda-san, yozmoqchi-san


yozgan-siz, yozar-siz, yozadigan-siz, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz

III



yozgan, yozar, yozadigan, yozmoqda, yozmoqchi


yozgan-lar, yozar-lar, yozadigan-lar, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar



3. Uchinchi guruh tuslovchilar
Bular buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi.
Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:

SHaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozay, yozayin, o‘qiy, o‘qiyin


yozaylik, o‘qiylik

II



yoz, yozgin, o‘qi, o‘qigin


yozingiz, o‘qingiz,

III



yozsin, o‘qisin


yozsinlar, o‘qisinlar,



17-mavzu: FE’LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI
Fe’lning gapda ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga mos bo‘lgan shakli uning funktsional1 formasi deyiladi. Fe’lning funktsional formalari gapda kesim, hol, aniqlovchi, ega va to‘ldiruvchi vazifalarida keladi.
O‘zbek tilida fe’lning funktsional formalariga 1) sof fe’l, 2) ravishdosh, 3) sifatdosh, 4) harakat nomi kiradi.


1. Sof fe’l
Fe’lning tuslangan formada qo‘llanib, kesim vazifasini bajarishga mos fe’l shakliga sof fe’l deyiladi. Sof fe’l har uch zamon shaklida qo‘llangan aniqlik, buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe’llarni o‘z ichiga oladi. Masalan: To‘g‘ ri so‘z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat nurlarini tarqatadi (U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o‘rgatadi. (Tafakkur gulshani). Aqlni beaqldan o‘rgan (Maqol).


2. Ravishdosh
Harakatning belgisini (harakat tarzidagi belgi) anglatadigan, gapda ko‘pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga mos bo‘lgan fe’l shakli ravishdosh shakli deyiladi. Masalan: Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham boribo‘rganinglar (Pedagogika tarixi). CHoyga fotiha o‘qilgach, hamma o‘rnidan turdi (S.Ahmad). Bu misollarning birinchisida borib ravishdoshi hol vazifasini, ikkinchi misoldagi o‘qilgach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasini bajargan.
Ravishdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l o‘zak-negiziga unlidan so‘ng –b, undoshdan so‘ng –ib affiksini qo‘shish bilan: o‘qib, borib;
2) fe’l o‘zak-negiziga unlidan so‘ng –y, undashdan so‘ng –a affiksini qo‘shish bilan: o‘qiy-o‘qiy, bora-bora.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda qo‘llanadi;
-b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo‘shma fe’l (sof fe’l) tarkibida etakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o‘qib chiqdi kabi.
3) –gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o‘qigani, aytgani kabi;
4) –gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o‘qigach, borgach kabi;
5) –guncha (-kuncha, -quncha) affikslari bilan: o‘qiguncha, borguncha kabi.
Fe’l o‘zak-negizi k yoki g undoshi bilan tugasa, -kani, -kach, -kuncha tarzida, q yoki g‘ undoshi bilan tugasa, -qani, -qach, -quncha tarzida qo‘shiladi: ekkani, ekkach, ekkani, ekkuncha; chiqqani, chiqqach, chiqquncha kabi.
Fe’lning ravishdosh shakli fe’l singari harakat tushunchasini anglatib, fe’lga xos quyidagi morfologik belgilarga ega, ya’ni:
a) o‘timli-o‘timsizlik ma’nosini ifodalaydi: eslab - o‘timli, kulib - o‘timsiz ravishdosh;
b) bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosiga ega: ko‘rib – bo‘lishli, ko‘rmay, ko‘rmasdan – bo‘lishsiz ravishdosh; kelguncha – bo‘lishli, kelmaguncha – bo‘lishsiz ravishdosh; o‘tgach – bo‘lishli, o‘tmagach – bo‘lishsiz ravishdosh.
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo‘lishsizlik shakli yo‘q (-ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasini olmaydi).
v) nisbat ma’nosini anglatadi: yasab - aniq nisbat, yasanib - o‘zlik nisbat, yasalib - majhullik nisbati, yasashib – birgalik nisbat, yasatib – orttirma nisbat;
g) ravishdoshlar tuslovchi qo‘shimchalarni olish-olmaslik xususiyatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: tuslanadigan ravishdoshlar va tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlarga fe’l negiziga –b (-ib), -a, -y affikslarni qo‘shish bilan shakllangan ravishdoshlar kiradi.
Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslangan holda sof fe’lga aylanadi. Masalan: Kechaning tili qorasida yulduzlar yorqin yonadi (O). Oyoq ostimizda munchoq-munchoq oq, sariq gullar sochilib yotibdi (B.Jahongirov).
Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo‘llana oladi. Masalan: Vohid ho‘l sochlarini taray-taray boqqa sho‘ng‘idi (O.YOqubov). Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad).
Ravishdoshlarning –gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (-kuncha, -quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan ravishdoshlar sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; etguncha, ekkuncha, chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki go‘dakning qo‘ynini puch yong‘ oqqa to‘ldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, qorong‘i yo‘lakka chiqqach, Unsin to‘xtadi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim (B.Rahmonov).
d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi nisbiy zamon sanaladi. CHunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe’lning zamoniga nisbatan belgilanadi.
Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko‘ra uchga bo‘linadi: o‘tgan zamon ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi.
O‘tgan zamon ravishdoshlari fe’l o‘zak-negiziga –b (-ib), -gach (-kach, -qach) affikslarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: qolib, o‘qib, qolgach, o‘qigach kabi.
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakatdan ilgari bo‘lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek ko‘rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan: Zulfiya javob so‘rab keldi gapida javob so‘rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi harakatidan) oldin ro‘y bergan harakatni bildirsa, u kulib gapirmoqda gapida esa kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz beradigan harakatni anglatadi.
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o‘tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi.
Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo‘shish bilan yasalgan ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo‘lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko‘rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to‘rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo‘lidan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy).
Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o‘zak-negiziga –a, -y affikslarini qo‘shish bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat bilan bir vaqtda ro‘y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini ko‘rsatadi. Masalan: Toma-toma ko‘l bo‘lur, hech tommasa cho‘l bo‘lur (Maqol). Tog‘ oralig‘idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g‘ or bo‘lib qolibdi (S.Anorboev).
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so‘z shaklida qo‘llanadi. YAkka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o‘tilganlik ma’nosi hosil bo‘ladi. Masalan: Sultonmurod kela o‘qishga kirishdi.
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.).
Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: o‘qigani, tinchiguncha kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga –gani (-kani, -qani) qo‘shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan so‘ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: Men bugun yuragimni ochib gapirgani keldim (U.).
Fe’l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo‘shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o‘lchovi sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yo‘lchi so‘zlaguncha, Tantiboyvachcha qorong‘ida yo‘qoldi (O.).
SHu bilan birga ravishdosh o‘ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni:
a) gap tarkibida boshqa so‘zlarni boshqarib kela oladi;
b) tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va –b (-ib) affiksi bilan yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida kaltagina qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to‘la patnis qo‘yildi (O.).
SHuningdek, tuslanadigan ravishdoshlar o‘zlariga tobe bo‘lgan so‘zlar bilan sostavli hol sifatida, ravishdosh o‘ram tarzida ajratilgan hol vazifasini ham bajaradi: Bozor darvozasi yoniga kelishganida bir to‘da odamni ko‘rib to‘xtab qolishdi (O‘.Hoshimov). Aprel oqshomlaridan birida Farida ikkovlari shahar aylanib yurib stadionga kirib qolishdi (O‘.Hoshimov). Keng, baland, serhasham chodirda oltin shamdonlarni qo‘yib, Navoiy yaqin beklari bilan suhbatlashib o‘tirardi (O.).
v) tuslanmaydigan ravishdoshlar gapda hol, ajratilgan ikkinchi darajali bo‘lak va ergash gapning kesimi vazifasini bajarib keladi: Oradan uch oy o‘tib hash-pash deguncha issiq kunlar etib keldi (S.A.). U oltinsoyliklarni kanal va buloq qazigani boshlab ketdi (SH.R.). SHartning nozik va qaltisligi ko‘z oldiga kelgach, yuragi orqasiga tortib ketdi (H.N.). Asalxon karvon o‘tib ketguncha, yo‘l yoqasida qo‘l siltab turdi (H.G‘ .).
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdosh gapda faqat hol vazifasini bajaradi.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin